Aholi daromadlarining shakllanishi va tarkibi Aholini daromadlari va xarajatlari balansi Aholi turmush darajasi ko’rsatkichlari tizimi


Axolining umumiy, pirovard va real daromadlarini



Download 101,81 Kb.
bet5/7
Sana06.04.2022
Hajmi101,81 Kb.
#532229
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-мавзу. Ахоли статистикаси - маъруза (2)

Axolining umumiy, pirovard va real daromadlarini
hisoblash tartibi (mln so’m)



T/r

Ko’rsatkichlar

Bazis
davr

Joriy
davr

1.

Pul daromadlari shu jumladan:
a) ish haqi
b) pensiya, stipendiya, turli nafaqalar
v) renta, foiz, foyda va dividendlar

100,0
84,3
10,0
0,7

109,0
97,6
10,4
1,0

2.

Shaxsiy yordamchi xo’jalikdan tushgan daromadlar

3,8

3,5

3.

Nobozor daromadlar

8,2

9,0

4.

Aholining umumiy daromadi
(1q+2q+3q)

112,0

121,5

5.

Umumiy (nominal) daromaddan chegirib tashlanadigan har xil to’lovlar – jami shu jumladan:
a) soliqlar va moliya tizimiga to’lanadigan har xil zaruriy to’lovlar
b) maishiy xizmatlar uchun to’lovlar

14,0
6,0

8,0


14,5
6,3

8,2


6.

Real daromad, haqiqiy baholarda (4q - 5q)

98,0

107,0

7.

O’rtacha baho indeksi (Jp)

1,0

1,10

8.

Real daromad taqqoslama baholarda (6q:7q)

98,0

97,4

Demak, real daromad joriy davrda bazis davrga nisbatan 0,8 punktga kamaygan. Shu davr ichida narx esa 10 foizga oshgan. Narx o’zgarmagan yoki pasaygan sharoitda pul daromadi ko’paysa, real daromad ham ko’payadi. Agar pul daromadi o’zgarmay turib narx oshsa, real daromad pasayadi, narx pasaysa, aksincha ortadi. Pul daromadi va narxlar real daromadga qarama - qarshi yo’nalishda ta’sir etadi.


Funktsional” va “vertikal” daromadlar va “Transfert to’lovlar”


Ishlab chiqarish harajatlarini shu ishlab chiqarish omillariga egalik qiluvchi shaxs qoplaydi. Shu sababli barcha daromad ularning qo’lida mujassamlashadi. Aynan shu daromadlar birlamchi daromadlar bo’lib, ular “funktsional” daromadlar deb yuritiladi. Bu daromadlarga quyidagilar kiradi:

  • bozor sektoriga yollangan ishchilarning ish haqi;

  • davlat sektoridagi xizmatchilarning daromadi;

  • yirik kompaniyalar va tadbirkorlar foydasi;

  • kichik mulkdor daromadi (foyda, renta, foiz va dividendlar majmui).

Birlamchi daromadlarni aholining ayrim guruhlari miqyosida taqsimlash “vertikal” daromad tushunchasini keltirib chiqaradi. Bu daromadning “funktsional” daromaddan tub farq shundaki, uning taqsimotida bevosita davlat qatnashadi. Shu sababli taqsimot natijasida bevosita shu daromadni yaratishga qatnashmagan kishilar (masalan, mehnatga layoqatsizlar yoki ishsizlar) ham daromadga ega bo’ladilar.
Davlat “funktsional” taqsimotidan “vertikal” taqsimotga o’tishni quyidagi usullar yordamida amalga oshiradi:

  • “transfert to’lovlar”ni, ya’ni kam ta’minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalar va boquvdagi kishilarga hamda ishsizlarga nafaqalarni to’lash;

  • zarur bo’lgan oziq - ovqat mahsulotlarining narxlarini tartibga solib turish;

  • inflyatsiyani inobatga olgan holda daromadlarni va transfert to’lovlarni indeksatsiya qilib turish;

  • zaruriy minimal ish haqini kuzatib borish;

  • nominal ish haqi o’sishi bilan soliq stavkasi ham oshib boruvchi “progressiv soliq” stavkasini o’rnatib borish.

Daromadlarning tengsizligi ularga ta’sir etuvchi quyidagi omillar kuchining har xilligi bilan izohlanadi:



  • kishilardagi turlicha tug’ma qobiliyat, kuch - quvvat, aql - idrok, salohiyat va zakovat. Jismonan baquvvat va aql - zakovatli inson unumli, aksincha, shu jihatlardan zaif kishi unumsiz ishlashi turgan gap;

  • kishilardagi mavjud salohiyatni ishga solishdagi imkoniyati. Bilim olish, kasb egallash, malakani oshirish imkoniyatlari bo’lgan va ish topiladigan joyda daromad ko’p bo’lsa, bunday sharoitlar yo’q joyda daromad oz bo’ladi;

  • oila tarkibining har xil bo’lishi. Agar oila tarkibida pultoparlar ko’p bo’lib, boqimandalar oz bo’lsa, uning jami daromadi ko’p bo’ladi, va aksincha;

  • tadbirkorlik xatari va tadbirkorlik omadi. Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu narx tasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi.

Daromadlar tengsizligining ikki tomoni bor. Birinchisi – bozor mexanizmiga hos taqsimot orqali qo’lga tekkan daromad tengsizligi. Bu erda taqsimlash bozor tan olgan ish natijasiga ko’ra amalga oshirilib, u qo’lga tekkan daromad bilan o’lchanadi. Ikkinchisi – taqsimotning nobozor usullari tufayli hosil bo’lgan bepul ovqatlanish, dam olish, bepul yoki imtiyozli tarzda xizmatlardan bahramandlik har xil darajada bo’ladi. Ammo taqsimlashning nobozor usuli muayyan dam olish, davolanish yoki imtiyozli kvartira haqi, gaz, elektr energiyasi uchun to’lovlarni belgilash iste’molchilarning hammasi uchun bir xil tarzda bepul bo’lganidan, ular taqsimoti tenglikni hosil etadi.
Umuman daromadlardagi tengsizlik tabiiy bir hol bo’lib, daromadi ozlarni yaxshi ishlab pul topishga undaydi.
Kambag’allik shunday holatki, bunday vaziyatda inson o’zining asosiy ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega bo’lmaydi. Aholi va oilalarning bu qatlami pul mablag’lari, mulk va boshqa resurslar bilan nisbatan kam ta’minlanganligi sababli ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari past darajada qondirilgan bo’ladi.
Statistika amaliyotida kambag’allikni tavsiflash maqsadida quyidagi usullar qo’llaniladi:

  • statistik usul, ya’ni daromad darajasi bo’yicha aholining taqsimotini aniqlash;

  • normativ usul, ya’ni me’yordagi iste’mol savatchasini hisoblab chiqish.

Birinchi usulda tegishli hukumat tashkilotlari mamlakat bo’yicha har bir kishi va oilaning o’rtacha daromadlarini aniqlab chiqadi. Aynan shu o’rtacha daromad kambag’allik chegarasi deb yuritilib, daromad darajasi undan past bo’lganlar kambag’allar, yuqorilari esa nisbatan boylar deb yuritiladi. Masalan, ayrim davlatlarda kambag’allik chegarasi mazkur mamlakat bo’yicha o’rtacha daromaddan ikki baravar kam bo’lgan daromad deb taxmin qilinsa, boshqalarida esa u o’rtacha daromadning 2/3 qismiga teng kelishi lozim, deb hisoblanadi. Biroq, aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda ham boshqa - normativ usul qabul qilingan.
Normativ usulda kambag’allik darajasi tarkibi eng zarur bo’lgan oziq-ovqatlar, iste’mol buyumlari va xizmatlar to’plamidan iborat bo’lgan eng kam “iste’mol savati” qiymati asosida aniqlanadi. U quyidagicha hisoblanadi: dastlab oziq - ovqat mahsulotlari to’plamining qiymati, so’ngra oila byudjeti ma’lumotlari asosida kam ta’minlangan oilalarning umumiy xarajatlarida nooziq - ovqat mahsulotlar va xizmatlarning salmog’i aniqlanadi. Bu salmog’ eng arzon narxlarda eng kam iste’mol savati qiymatida hisoblanib boshlang’ich hisob - kitoblarga qo’shiladi.
Iste’mol savatining qiymat ifodasi eng kam iste’mol byudjeti deb ataladi. Eng kam iste’mol byudjetiga yoki ko’pincha uning ma’lum bir qismiga (masalan 50 foizga) mos keluvchi daromad kambag’allik chegarasi (KCh) hisoblanadi. Davlat kambag’allik chegarasidan past darajada yashovchi aholiga ma’lum miqdorda moddiy yordam ko’rsatadi. Aslida ham ijtimoiy himoyalashning barcha asosiy choralari aholining aynan shu toifasiga, shuningdek, ish haqi, nafaqalar, pensiyalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini belgilashga qaratilgan.
Kambag’allikning vaqt bo’yicha o’zgarishi qator indekslarni hisoblash yordamida aniqlanadi:

  • kambag’allik indeksi;

  • kambag’allikning chuqurlashuvi yoki sayozlashuv indeksi;

  • kambag’allikning keskinlashuv indeksi.

Kambag’allik indeksi (Jk) joriy davrdagi kambag’allik koeffitsienti (Kk)ni bazis davrdagi kambag’allik koeffitsienti (Kk)ga bo’lish yordamida hisoblanadi.

Bu erda: va – kambag’allik chegarasidan past daromadga ega bo’lgan aholi soni (bazis va joriy davrlarda); A0 va A1 – bazis va joriy davrlarda aholining o’rtcha soni.
Agar Jk >1 bo’lsa, u holda kambmg’allik darajasi o’sish tomonga, Jk<1 bo’lsa, pasayish tomonga moyil bo’lgan. Agar Jk =1 bo’lsa, u holda kambag’allik darajasi o’zgarmagan bo’ladi.
Daromadlar tengsizligi bor joyda kambag’allik muammosi hamisha mavjud bo’ladi. Agar aholini kambag’allik chegarasiga qarab tabaqalasak, u holda ularning har xil qatlamlari paydo bo’ladi. Bu qatlamlarni shartli ravishda quyidagi ijtimoiy guruhlarga bo’lish mumkin:

  • o’ta boylar (O’B);

  • boylar (B);

  • o’rtahollar (O’H);

  • kabag’allar (K);

  • o’ta kambag’allar (O’K).

Kambag’allikni chuqurlashib yoki sayozlashib borayotganini tavsiflovchi indeksni hisoblash uchun dastlab mazkur guruhlar bo’yicha bazis va joriy davrlar uchun tarkibiy nisbiy miqdorlar hisoblanadi.So’ngra bu nisbiy miqdorlar bir - biri bilan taqqoslanadi (34- jadval).

2 – jadval



Download 101,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish