Aholi daromadlarining shakllanishi va tarkibi Aholini daromadlari va xarajatlari balansi Aholi turmush darajasi ko’rsatkichlari tizimi



Download 101,81 Kb.
bet2/7
Sana06.04.2022
Hajmi101,81 Kb.
#532229
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-мавзу. Ахоли статистикаси - маъруза (2)

Brutto ish haqi – bu yalpi, ya’ni ishlovchi hisobiga yozilgan ish haqidir. Netto ish haqi esa yalpi ish haqidan turli to’lovlar chegirib tashlangandan so’ng qoladigan ish haqidir. U quyidagicha hisoblanadi:
SIH = YaIH-(DS + IST + JAM)
Bu erda: YaIH – yalpi ish haqi; SIH – sof ish haqi; DS – daromad solig’i; IST – ijtimoiy sug’urta solig’i; JAM – jamg’armaga ajratilgan mablag’.
Bajarilgan ishni o’lchash mezoniga qarab vaqtbay va ishbay (donabay) ish haqlari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi ma’lum malaka va ish tajribasiga ega bo’lgan xodimning ishlagan vaqtiga, ya’ni necha kun yoki soat ishlaganiga, vaqt sarfiga qarab to’lanadi. Ishbay ish haqi muayyan malakali ishchi yaratgan sifatli tovar va ko’rsatgan xizmat miqdori yoki bajarilgan ish hajmi uchun oladigan haqdir. Uning miqdori mehnat unumdorligiga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi.
Foyda – bu tadbirkorning pul sarflab tavakkaliga ish qilib, xavf- xatarni zimmasiga olgan holda topgan pul daromadidir. Tadbirkorning foydaga ega bo’lishi yoki zarar ko’rishi boshlagan ishining natijasiga bog’liq. Ish yurishib ketsa, yaxshi foyda ko’riladi, agar ish o’ngidan kelmasa, foyda o’rniga zarar ko’rishi mumkin. Tabiatan foyda kafolatlanmagan daromad bo’lib, u tez - tez o’zgarib turadi. Aholi daromadlari tarkibida foydaning hissasi katta bo’lmaydi. Chunki tadbirkorlik bilan g’oyat ozchilik shug’ullanadi. Masalan, AQShda foydaning aholi daromadlaridagi hissasi taxminan 15 - 18 foizni tashkil etadi.
Foyda quyidagicha aniqlanadi:
F = YaQQ-(IH + IChS + IUT)
Bu erda: YaQQ – yalpi qo’shilgan qiymat; IH – ish haqi; IChS – ishlab chiqarishga soliq; IUT – import uchun to’lovlar.
Dividend – bu foydaning aktsiyadorlarga ulush sifatida tegadigan qismi. Dividend aktsiya chiqargan korxonaning rentabel ishlashiga bog’liq. Shu sababdan turli firmalarning aktsiyasiga har xil divident beriladi. Aktsiyalar oddiy va imtiyozli bo’lishi mumkin. Oddiy aktsiyaga tegadigan divident kafolatlanmaydi. Korxona (firma) foyda ko’rsa dividend beriladi, zarar ko’rsa dividend to’lanmaydi. Imtiyozli aktsiyalarga beriladigan dividend kafolatlanadi. Uning miqdori oldindan belgilanadi va korxonaning ish natijasiga bog’liq bo’lmaydi. Ammo imtiyozli aktsiyalar oz bo’lganidan kafolatli dividendni hamma ham olavermaydi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan sari dividendning daromaddagi hissasi ortib boradi, chunki aholining tobora ko’proq qismi aktsiyadorlarga aylanadi. Aktsiyadan olinadigan nominal daromad (And) quyidagicha aniqlanadi:

Bu erda: D – dividend; Ab – aktsiya qiymati.


Aktsiyadan olinadigan real daromadni hisoblash uchun inflyatsiyaning ta’siri inobatga olinadi:
Ard = And. Jp
Bu erda: Jp – baho indeksi.


Foiz – bu pul egasi o’z pulini o’zgalarga qarzga bergani uchun oladigan daromadi. Foiz darajasi kreditga (qarzga) bo’lgan talabga va uning taklifiga bog’liq bo’ladi. Kreditga talab oshsa foiz ko’payadi, taklif oshsa, kamayadi. Foiz qarzga berilgan pul summasiga nisbatan ulush darajasida belgilanadi, ya’ni foiz stavkasi aniqlanadi:


;

KD = QS • Fs


Bu erda: Fnsnominal foiz stavkasi; KD – ko’zlangan daromad (foiz); QS – qarz summasi.
Agar qarzga berilgan 1000 so’m uchun bir oydan so’ng 1100 so’m olinsa, qo’shimcha daromad 100 so’mni, foiz stavkasi esa – oylik daromadning 10 foizini tashkil etadi. Foizning yalpi miqdori:

  • nominal foiz stavkasiga;

  • qarzga berilgan pul miqdoriga;

  • ssuda berish muddatiga;

  • inflyatsiya darajasiga bog’liq bo’ladi.

Muddat qancha katta bo’lsa, tavakkal qilish darajasi shuncha yuqori va kredit beruvchining kapitaldan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun imkoniyatlari shuncha oz bo’ladi. Shu sababli bunday hollarda ssuda foizining stavkasi ham yuqori bo’ladi.
Nominal foiz stavkasiga inflyatsiya ham kuchli ta’sir etadi. Shu sababli uning real miqdori aniqlanadi:
Frs = Fns. Jp
Bu erda: Frs – real foiz stavkasi; Jp – baho indeksi.
Foizning real stavkasi qarz berish yoki bermaslik masalasini hal qilishga qodir. Kutiladigan daromad real foiz stavkasini qoplabgina emas, balki undan oshgan taqdirdagina qarz bersa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 101,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish