Inson manfaatlari ustun qo'yilishi, iqtisodiy erkinlik kafolatlari berilishi farovonlikka erishish garovidir. Bunda iqtisodiy erkinlik daromad topish erkinligini keltirib chiqaradi. Daromadlar shakllanishi va tabaqalanishiga: • ijtimoiy-iqtisodiy erkinlikka bo'lgan intilish • daromad keltiruvchi mulkka ega bo'lish, uni tasarruf etish va ishlatish; • ijtimoiy subektlarning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo'lishga moyilligi; • bozor ishtirokchilarining imkoniyat darajasida kam resurs sarflab, ko'proq daromad olish va farovon hayot kechirishga bo'lgan harakati; • erkin tadbirkorlik bilan shug'ullanish va buning uchun ijtimoiy institutlar xizmati talab darajasida tashkil etganligi kabi iqtisodiy erkinlik omillari ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |