Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/62
Sana07.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#326583
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati

2-  mashg’ulot

 

5.

 

Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari.   

6.

 

To’lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi.  

 

Birinchi  jahon  urushidan  keyin  mamlakatlar  o’rtasidagi  tashqi  iqtisodiy 

aloqalarning qayta tiklanishi natijasida jahon valyuta tizimining yangi tamoyillarini 

ishlab  chiqishga  zarurat  tug’ildi.  Ushbu  davrdan  jahon  valyuta  tizimi 

rivojlanishining  yangi  bosqichi  amal  qila  boshladi.  Mazkur  bosqich  oltin  quyilma 

andozasi  yoki 



Genuya  valyuta  tizimi

  sifatida  nom  oldi.1922  yilda  Genuyada 

o’tkazilgan  moliyaviy  va  iqtisodiy  masalalar  bo’yicha  xalqaro  konferentsiyada 

rivojlangan  mamlakatlardagi  oltin  zahiralari  tashqi  savdo  va  boshqa  operatsiyalar 

bo’yicha xisob-kitoblarni tartibga solish uchun etarli emas deb ta’kidlandi. Xalqaro 

aylanmada oltin va funt sterlingdan tashqari AQSh dollaridan ham keng foydalanish 

tavsiya etildi. Xalqaro to’lov vositasi rolini bajarishga yo’naltirilgan ikkala valyuta 

ham deviz nomini  oldi.  Germaniya, Avstraliya, Daniya, Norvegiya kabi ko’pgina 

mamlakatlar oltin deviz standartiga qo’shilishdi. 



Genuya valyuta tizimining asosiy tamoyillari ham oldingi Parij valyuta tizimi 

tamoyillariga  o’xshish  edi.  Mazkur  tizimda  ham  oltin  oxirgi  jahon  puli  sifatidagi 

rolini  saqlab  qoldi,  shu  bilan  birgalikda  oltin  paritetlari  ham  qoldirildi.  Genuya 

valyuta tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanib faoliyat ko’rsatgan: 

1.

 

Tizim  asosini  oltin  va  deviz  valyutalar  tashkil  etdi.  Ushbu  davrda  30  ta 



mamlakatning  pul  tizimi  oltin-deviz  standartiga  asoslandi.  Biroq,  zahira 

valyuta mavqei rasmiy jihatdan hech bir valyutaga berilmadi, funt sterling va 

AQSh dollari ushbu sohada etakchilik uchun raqobatlashdi. 

2.

 



Oltin  paritetlari  saqlab  qolindi.  Valyutalarning  oltinga  almashinuvi  nafaqat 

bevosita  yo’l  bilan  (AQSh,  Frantsiya,  B.Britaniya) 

balki  bilvosita

,  xorijiy 

valyutalar orqali ham amalga oshirildi. 

3.

 



Erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimi qayta tiklandi. 

4.

 



Valyutani  tartibga  solish  faol  valyuta  siyosati  shaklida  xalqaro 

konferentsiyalarda amalga oshirildi. 

Oltin  deviz  andozasi  oltin  andozasining  muayyan  shaklini  ifodalab,  bunda 

alohida milliy banknotalar oltinga emas balki boshqa mamlakatlarning valyutalariga 

(oltin quyilmalarga almashinuvchi devizlarga) almashtirilar edi. Mazkur sharoitda, 

milliy valyutalarni oltinga almashtirishning ikkita asosiy usuli shakllandi: 

1.

 

bevosita – deviz rolini bajaruvchi (funt sterling, AQSh dollari) valyutalar 



uchun; 

2.

 



bilvosita – mazkur tizimning qolgan barcha valyutalari uchun. 

Ushbu  jahon  valyuta  tizimida  erkin  suzuvchi  valyuta  kurslari  tamoyili 

qo’llanilgan.  Genuya  tizimining  tamoyillariga  muvofiq  a’zo  mamlakatlarning 

markaziy  banklari  milliy  pul  birliklari  valyuta  kurslarining  mumkin  bo’lgan 

tebranishlarini  valyutani  tartibga  solish  usullarini  (asosan  valyuta  interventsiyasi) 

qo’llagan holda ushlab turishlari lozim edi. 

Ikkinchi jahon urushi xalqaro valyuta va iqtisodiy munosabatlarning to’liq izdan 

chiqishiga sabab bo’ldi. Xalqaro savdo va xalqaro moliya munosabatlarining asosi 

butkul o’zgarib ketdi. Mazkur o’zgarishlar natijasida mamlakatlar tomonidan yangi 

jahon  valyuta  tizimini  tashkil  etishga  tashabbus  qilindi. 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish