ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI “ Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti “ kafedrasi “ Mehnat iqtisodiyoti “ fanidan “ Aholi daromadlari va nazariy qarashlar“mavzusida MUSTAQIL ISH Guruh: 139-20M Tayyorladi: S.Sadullayev Qabul qildi: S.Xoshimova TOSHKENT 2021
Aholi daromadlari – barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi; aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai – ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mu-kofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan kelgan renta toʻlovi va ija-ra puli, sugʻurta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq aholisi oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot olib daromad koʻradi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, doridarmon, transport va kom-munal xizmati va hokazo); bular natural daromadlar hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va real daromadlarga boʻlinadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad boʻlib, inflyatsiya ta’sirida uning harid qobiliyati pasay-ishi mumkin. Real daromad – pul shaklidagi daromadga amalda qanday miqdorda iste’mol buyumlari va xizmatlar harid etish mumkinligini koʻrsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi.Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daro-madlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qoʻliga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta’sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp boʻlsa, bank toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistondagi Aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning koʻpayib bo-rishi kuzatiladi.Ahmadjon Oʻlmasov.
Aholining barcha daromadlari Ish haqi Boshqa tushumlar: aliment, gonorar, xayriya yordami Shaxsiy yordamchi xo’jalik mahsulotlari Tadbirkorlik faoliyatidan daromad Bepul xizmatlar qiymati Pul shakldagi ijtimoiy transfertlar Mulkdan keladigan daromad Shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural tushumlar qiymati
LORENS EGRI CHIZIG’I
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi . Chizmaning yotiq chizig‘ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig‘ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutlaq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo‘luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo‘lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. Ya’ni aholining 20% barcha daromadlarning 20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining 60% daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig‘i daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tenglikni ifodalaydi
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Jo’rayev T. T. “Iqtisodiyot nazariyasi” “Fan va texnologiya” 2018y
- Abdurahmonov Q.H. “Mehnat iqtisodiyoti” 2018y.
- O’zbekiston Respuplikasi Prezidentining PK-3165-son 2017-yil 31-iyulidagiO’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori. WWW.LEX.UZ
- O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma`lumotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |