Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Atmosfera havosining ifloslanish manbalari



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Atmosfera havosining ifloslanish manbalari 
 
Havoni  ifloslaydigan  manbalar  ko‗p.  Chang  bo‗ronlari,  quyunlar,  o‗rmon 
yong‗inlari,  tog‗  jinslarining  nurashi  va  boshqa  tabiiy  hodisalar  sayyoramiz 
havosini doimiy ravishda ifloslab turadi (13-jadval).  
13-jadval 
Havoni ifloslovchi manbalar  (Reger, 1965) 
 
 


143 
 
 
Portlash,  zilzila  paytlarida,  neft  konlarida  qo‗shimcha  gaz  yondirilganda, 
yog‗och  tayyorlanayotgan  joylarda  qoldiqlar  yondirilganda  va  boshqa  hollarda 
atmosfera juda ifloslanadi. 
Sanoat  pechlarida,  dvigatellarda,  shuningdek  maishiy  xo‗jalaklarda 
ko‗pdan-ko‗p  miqdorda  mineral  xomashyoning  yoqilishi  atmosfera  havosini 
ifloslab, uning tarkibiga jiddiy ta‘sir etadi.  
Kishilarning  sanoatdagi  faoliyatining  yil  sayin  tobora  avj  olishi,  havo 
havzasini  ifloslaydigan  kattagina  manbayi  bo‗lib  qolmoqda.  Havoga  ko‗p 
miqdorda  karbonat  angidrid,  turli  sanoat  gazlari,  chang  chiqarilmoqdaki,  bu 
iflosliklar butun tabiiy muhitga va insonga katta zarar yetkazmoqda. Ko‗pdan – 
ko‗p  fabrikalar,  zavodlar,  transport  vositalari,  ko‗pgina  maishiy  korxonalar 
to‗plangan. Shuning uchun ham katta shaharlar havosi ayniqsa iflos bo‗ladi. 
Mineral yoqilg‗i (ko‗mir, neft, gaz) yoqilganda atmosferaga ko‗p miqdorda 
karbonat  angidrid  (CO
2
),  vodorod  sulfid  (H
2
S)  va  oltingugurt  oksidlari, 
shuningdek, kullar va to‗la yonmagan ko‗mir zarralari va qurumlar ko‗tariladi. 
Yoqilg‗i  turi  va  yoqilg‗ini  yondirish  usuliga,  ishlab  chiqarish  xomashyosi 
tarkibiga,  ishlatiladigan  texnologiyasi  va  boshqalarga  qarab  atmosferaga 
ko‗tariladigan  chiqindilarning  kimyoviy  tarkibi  turlichadir.  Chunonchi  domna 
gazida  zaharli  uglerod  (II)-oksidi  (CO)  bo‗ladi,  aluminiy  zavodlarining  tutuni 
atmosferani  ftorli  birikmalar  bilan  ifloslaydi.  Toshko‗mir  kulida  esa  ba‘zan 
radioaktiv elementlar bo‗ladi.  
Yoqilg‗i  yonganda  hosil  bo‗ladigan  gazlar  orasida  tarkibida  oltingugurt 
bo‗lgan gazlar juda zararlidir. Oltingugurt esa ko‗mir va neft tarkibida bo‗ladi. 
Metallurgiya  korxonalaridan,  xususan  rangli  metallurgiya  korxonalaridan 
chiqqan  chiqindilar  tarkibida  azot  oksidlari,  vodorod  sulfid,  xlor,  ftor,  fosfor 
birikmalari bo‗ladi. Sement zavodlari va boshqa zavodlar ham havoga ko‗plab 
miqdorda  zararli  moddalar  chiqaradi. Atmosferaga chiqadigan  zararli  moddalar 
miqdori juda katta.  


144 
 
Chunonchi,  quvvati  o‗rtacha  bo‗lgan  va  ko‗mir  bilan  ishlaydigan 
teploelektrosentral  trubalar  orqali  sutkasiga  300  tonnagacha  mayda  kul  hamda 
100  tonnaga  yaqin  oltingugurt  gazi  chiqarishi  mumkin  (B.  G.  Ioganzen,  N.  I. 
Igolkin, 1976). Ma‘lumki, bir kub metr havoda 0,5–1 mg oltingugurt gazi bo‗lsa 
o‗simliklarga zarar yetadi va metallar korroziyaga uchraydi. 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish