Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Abu  Rayhon  Beruniy  (973–1048)



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Abu  Rayhon  Beruniy  (973–1048)  koinotdagi  hodisalarni  taraqqiyot 
qonunlari,  narsa  va  hodisalarning  o‗zaro  ta‘siri  bilan  tushuntirishga  urinadi. 
Olim  yerdagi  ba‘zi  hodisalarni  quyoshning  ta‘siri  bilan  izohlaydi.  Uningcha, 
inson  tabiat  qoidalariga  rioya  qilgan  holda  borliqni  ilmiy  ravishda  to‗g‗ri 
o‗rganaoladi.  
Beruniy  ba‘zi  tabiiy-ilmiy  masalalarda  tabiat  hayotidagi  dialektikani 
topishga  harakat  qiladi  va  shu  zayilda,  umumiy  shaklda  bo‗lsa  ham,  keyingi 
davrlardagi tabiatshunos olimlarga ba‘zi muhim ilmiy yutuqlarga erishish uchun 
yo‗l  ko‗satib  beradi.  Beruniy  aytadiki,  yerdagi  o‗simlik  va  hayvonlarning 
yashashi  uchun  zarur  imkoniyatlar  cheklidir.  Lekin  o‗simlik  va  hayvonlar 


20 
 
cheksiz  ko‗payishga  intiladi  va  shu  maqsadda  kurashadi.  Beruniy  tabiatshunos 
sifatida  tabiat  haqida  quyidagicha  fikr  yuritadi:  «Erkin  va  nasl  qoldirish  bilan 
dunyo to‗lib boraveradi».  
Garchi  dunyo  cheklangan  bo‗lsa-da,  kunlar  o‗tishi  bilan  bu  ikki  o‗sish 
natijasida  ko‗payish  cheklanmaydi.  Agarda  o‗simliklardan  yoki  jonivorlardan 
biror xilining o‗sishiga sharoit bo‗lmasa, ular birdaniga paydo bo‗lib, birdaniga 
yo‗q  bo‗lib  ketmaydi.  Balki  ularning  biri  yo‗qolsa  ham,  u  o‗ziga  o‗xshashini 
qoldirib ketadi.  
Agar  yer  yuzining  bir  xil  daraxt  yoki  hayvon  butunlay  qoplab  olsa,  bu 
holda hayvonning ko‗payishiga ham, daraxtning o‗sishiga ham o‗rin qolmaydi. 
Shu sababli dehqonlar ekinlarni o‗toq qilib, begona o‗tlarni yulib tashlaydilar.  
Beruniy  asarlarida  o‗simlik  va  hayvonlarning  biologik  xususiyatlari, 
ularning  tarqalishi  va  xo‗jalikdagi  ahamiyati  haqida  ma‘lumotlarni  topish 
mumkin.  Beruniyning  ilmiy  asarlari  asosan  «Saydana»,  «Mineralogiya», 
«Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» kabi asarlardir. Beruniy «Qadimgi 
avlodlardan  qolgan  yodgorliklar»  asarida  Eronning  turli  tropik  o‗simlik  va 
hayvonot dunyosini bayon etgan. Ushbu asarda o‗simlik va hayvonlarning tashqi 
muhit bilan aloqasi, ularning hulq-atvori yil fasllarining o‗zgarishi bilan bog‗liq 
ravishda o‗zgarishi misollar bilan tushuntirilgan. Jumladan, asarda qish qattiq va 
sovuq kelsa, qushlarning tog‗dan tekisliklarga tushishi, chumolilarning uyasiga 
berkinib olishi va hokazolar ifoda etiladi. 
Beruniy  yer  qiyofasining  o‗zgarishi  o‗simlik  va  hayvonot  dunyosining 
o‗zgarishiga,  tirik  organizmning  turli  hayoti  yer  tarixi  bilan  bog‗liq  bo‗lishi 
kerak  deb  hisoblaydi.  Qumni  kavlab,  uning  orasidan  chig‗anoqni  topish 
mumkin, deydi alloma. Buning sababi shuki, bu qumlar qachonlardir okean tubi 
bo‗lgan,  deb  xulosa  qiladi.  Beruniy  «Saydana»  degan  asarida  1116  tur  dori-
darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‗simliklardan, 101 tasi hayvon-
lardan,  107  tasi  esa  minerallardan  olinadi.  Har  bir  o‗simlik,  hayvon  va 
minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan. 


21 
 
Beruniy  o‗zining  tabiiy-ilmiy  kuzatishlari,  tajribalari  asosida  tabiatdagi 
hodisalar  ma‘lum  tabiiy  qonuniyatlar  asosida  boshqariladi,  degan  xulosaga 
keladi.  

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish