Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

 
 


241 
 
X BOB 
 
 
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKOLOGIK SIYOSAT 
 
Ekologik ta‘lim-tarbiya 
 
Inson  tomonidan  yuritilgan  xo‗jalik  faoliyatining  jadal  rivojlanishi  tabiat 
imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay turib, «XXI 
asrga  yo‗l»  Rim  klubining  ishlaridan  birida  ta‘kidlanganidek,  yer  yuzidagi 
barcha  qarama-qarshiliklar  tuproq  eroziyasi,  o‗rmonlarning  yo‗q  bo‗lib  ketishi, 
baliqlarning  ortiqcha  ovlanishi,  kislotali  yomg‗irlar  yog‗ishi,  atmosferaning 
ifloslanishi,  ozon  qatlamining  buzilishi,  orol  bo‗yi  muammolari  va 
hokazolarning yuzaga kelishiga olib keldi. 
Respublikamizda  aholi  zichligining  ko‗rsatkichi  1980-yilda  bir  kvadrat 
kilometrga 35,6 kishidan, 2002 yilga kelib 55,8 kishigacha ortdi. Aholi sonining 
ortib  borish  sur‘atlarini  hisobga  olib,  2010-yilda  respublika  aholisi  28,5–28,7 
million kishini tashkil etishi taxmin qilinmoqda. 
Adirli  hudud  (quruq  mintaqa)  sharoitlarida,  aholi  soni  o‗sishi  bilan 
antropogen  ta‘sir  (suvga  va  hayot  uchun  zarur  bo‗lgan  boshqa  vositalarga 
nisbatan  ehtiyojning  o‗sishi)  ortadi.  Bu  respublikamiz  aholisining  zich 
yashaydigan hududlarida qo‗shimcha ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammoni 
keltiradi. 
O‗zbekiston  hududida  iqlimning  global  va  mintaqaviy  o‗zgarishning 
oqibatlarini  baholash  2030  yillarga  kelib,  shimoliy  hududlarda  o‗rtacha  yillik 
haroratning  2–3  darajaga  va  respublika  janubiy  qismida  1  darajaga  o‗sishi 
kutilmoqda (tog‗li hududlarga kamroq ta‘sir ko‗rsatilishi mumkin). 
O‗zbekistonning barcha hududlarida yog‗ingarchiliklar miqdori ko‗payishi 
kutilmoqda:  Fargona  vodiysida  5–15  foizgacha,  respublikamizning  shimoliy 


242 
 
qismida  esa  –  15–20  foizgacha.  Iqlimning  o‗zgarishi  suv  yuzasidan  bug‗lanish 
hisobiga 10–15 foizga va o‗simliklar transpiratsiyasi hisobiga 10–20 foizga suv 
yo‗qotilishi  miqdorining  ortishiga  olib  keladi.  Bu  esa  suvdan  foydalanishning 
o‗sishi  bilan  suv  iste‘mol  qilinishini  o‗rtacha  18  foizga  o‗sishiga  olib  keladi. 
Samarali  harorat  yig‗indisining  5–10  foizga  o‗sishi  va  sovuq  bo‗lmagan 
davrning  davomiyligi  8–15  kunga  ortishi  sababli  qishloq  xo‗jalik  ekinlariga 
ishlov berish agroiqlim sharoitlari o‗zgaradi. 
Shu  bilan  birga,  noqulay  yozgi  davr  1–3  kunlikkacha  ortib,  bu  paxta  va 
yaylovlar mahsuldorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 
«Biz  35–40  yil  mobaynida  jahondagi  eng  yirik  yopiq  suv  havzalaridan 
birining  yo‗qolib  borishiga  guvoh  bo‗lmoqdamiz.  Biroq  bir  avlodning  ko‗z 
o‗ngida butun bir dengiz halok bo‗lgan hol hali ro‗y bergan emas edi». 
So‗nggi 40–45 yil davomida dengiz sathi 22,0 metrdan ko‗proqqa pasaydi, 
akvatoriya  maydoni  3,8  barobardan  ortiq  kamaydi,  suv  hajmi  1064  dan  115 
kilometr  kubgacha  pasaydi,  suvdagi  tuz  miqdori  72  g/l  ga  yetdi.  Orol  dengizi 
deyarli «o‗lik» denizga aylandi. Uning qurib qolgan qismining maydoni 4,2 mln. 
gektarni tashkil etdi va yaqin atrofga qumli tuzlar tarqatish manbayi bo‗lib qoldi. 
Chang  tarqalayotgan  maydon  uzunligi  400  kilometr  va  kengligi  40  kilometrga 
yetmoqda. Changli bo‗ronlar ta‘sir doirasi 300 kilometrni qamrab olmoqda.  
Har  yili  bu  yerda  atmosferaga  15  dan  75  million  tonnagacha  chang 
ko‗tariladi.  O‗tgan  asrning  80-yillaridan  boshlab,  bunday  bo‗ronlar  yiliga  90 
kunlab kuzatiladi. 
Ayni  paytda  Amudaryo  va  Sirdaryo  deltalarida  yerlarning  tabiiy  holati 
buzilib, cho‗lga aylanish sur‘atlari o‗sib bormoqda. 
Orol dengizining qurib borishi sababli kelib chiqishi va oqibatlari darajasi 
bo‗yicha  xalqaro  xususiyatdagi  murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar 
majmuasi yuzaga keldi. 


243 
 
«Orol  tangligi  insoniyat  tarixidagi  eng  yirik  ekologik  va  gumanitar 
fojialardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 3,5 million kishi uning 
ta‘sirida qoldi». 
Markaziy  Osiyo  hududi  xavfli  tabiiy  jarayonlar  va  hodisalar  keng 
doirasining ta‘siri ostida qolib, ularning orasida eng katta xavf tug‗diruvchilari – 
zilzilalar, suv toshqinlari, sel oqimlari va yer ko‗chishi hisoblanadi. O‗zbekiston 
Respublikasi  hududining  iqlimi  va  geologik  xususiyatlari  hamda  xalq  xo‗jalik 
tarmoqlarining  infratuzilmasi  favqulodda  holatlar  yuzaga  kelishining  yuqori 
darajadagi  ehtimolliklariga  (tabiiy  ofatlar,  ishlab  chiqarishdagi  yirik  baxtsiz 
hodisalar va falokatlar) sabab bo‗ladi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  hududining  iqlimi  va  geologik  xususiyatlari 
hamda  iqtisodiyot  sohalarining  infratuzilmasi  favqulodda  holatlar  yuzaga 
kelishida  yuqori  ehtimollikka  sabab  bo‗lmoqda  (tabiiy  ofatlar,  yirik  ishlab 
chiqarish  avariyalari  va  halokatlar).  O‗zbekiston  Respublikasining  yarmidan 
ziyod hududlari seysmik jihatdan faol hududlarda joylashgan, bu yerlarda MSK-
64  xalqaro  shkalasi  bo‗yicha  7–9  ballik  kuchga  teng  yer  silkinishlari  sodir 
bo‗lishi  mumkin.  Mazkur  xududlarda  16  million  aholi  yashaydi  (respublika 
aholisining 64%). Sanoat salohiyatining 87,5% jamlangan. Lekin shu bilan birga 
oxirgi  15–20  yillar  davomida  ma‘lum  seysmik  osudalik  kuzatilmoqda.  Bu  esa 
ortiqcha  seysmik  energiyaning  to‗planishi  bilan  ifodalanuvchi  xavotirli  belgi 
hisoblanadi.  1996-yil  oxiri  va  1997-yil  boshidan  boshlab  O‗zbekiston  va 
respublikamizga qo‗shni bo‗lgan davlatlar (Qozog‗iston, Qirg‗iziston, shimoliy-
g‗arbiy  Xitoy,  Afg‗oniston,  shimoliy  Eron,  Turkiya)  hududlarida  seysmik 
faollashish  davri  boshlandi.  1998  yil  fevral  oyida  shimoliy  Afg‗oniston 
hududining Xindikush tizmalarining zilzila markazida 8–9 ballga teng kuchli yer 
silkinishi  sodir  bo‗ldi.  Janubiy  Osiyo,  Osiyo  -  Tinch  okeani  mintaqasining  bir 
qator  mamlakatlarida  yadro  qurollari  sinovlari  qayta  boshlanishi  mumkinligi 
ham  tashvishli  hol  bo‗lib,  ular  ham  Markaziy  Osiyoda  yer  silkinishini  keltirib 
chiqarishi mumkin. 


244 
 
Chorvoq,  Andijon  (O‗zbekiston),  Toktogul  (Qirg‗iziston)  Qayroqum 
(Tojikiston),  Kattaqo‗rg‗on,  janubiy  Surxon  suv  omborlari  to‗g‗onlarining 
shikastlanish ehtimoli ayniqsa havotirli vaziyatlarni yuzaga keltirishi va buning 
oqibatida  respublika  hududida  suv  bosish  hududlari  paydo  bo‗lishi  mumkin. 
Tojikiston  tog‗larida Usoy  uyumi  natijasida  yuzaga  kelgan  Sarez  ko‗li  alohida 
xavfli  hisoblanadi  (hajmi  –  16,6  km
2
).  Agar  bu  uyum  to‗sig‗i  yorib  o‗tilsa 
Bartog,  Panj  va  Amudaryo  vodiylarida  halokatli  toshqinlar  yuzaga  kelishi 
mumkin.  
Toshkent,  Qashqadaryo  va  Surxondaryo  viloyatlari  Respublikada  eng 
xavfli yer ko‗chish hududlari hisoblanadi. 
Tog‗lar  o‗ramidagi  Farg‗ona  vodiysida  ko‗chkilar  asosan  adirlarni 
o‗zlashtirish  bilan  bog‗liq,  Samarqand  viloyatining  ba‘zi  hududlarida  ham 
ko‗chkilar kuzatildi. 
O‗zbekiston  Respublikasining  tog‗  yon  bag‗ri  hududlarining  deyarli 
barchasi  sel  xavfi  bor  hududlar  hisoblanadi.  Farg‗ona  vodiysi,  Toshkent  va 
Surxondaryo viloyatlari sel xavfi kuchli hududlar hisoblanadi. Qorlar jadal eriy 
boshlaydigan, uzoq vaqt davom etadigan yomg‗irlar davri – aprel-iyun oylarida 
sellar yuzaga kelish faollashuvi kuzatiladi. 
Shunga  qaramay  hozirgi  vaqtda  respublikada  atigi  5  ta  sel  omborlari 
faoliyat yuritmoqda. 
Markaziy  Osiyoda  XXI  asrda  suv  manbalarining  cheklanganligi  sababli 
vaziyatning  keskinlashishi  mumkin.  Suv  manbalari  bilan  ta‘minlanish  borasida 
O‗zbekiston eng noqulay tabiiy sharoitlarda qolgan. Markaziy Osiyo gidrografik 
tarmog‗i  suv  manbalari  obyektlarining  notekis  taqsimlanishiga  ega.  Sirdaryo 
daryosi o‗zani bo‗yicha ko‗p yillik o‗rtacha daryo oqimi yiliga 37,9 km
3
 tashkil 
etadi. Shu bilan birga ko‗p yillar davomida o‗rtacha Qirg‗izistonda yiliga 28,0 
km
3
 (73,8%), O‗zbekistonda – 5,59 km
3
 (14,8%) va Qozog‗istonda – 4,08 km
3
 
(10,8)  daryo  resurslari  shakllanadi.  Amudaryo  basseyni  bo‗yicha  o‗rtacha  ko‗p 
yillik  resurslar  78  km
3
  dan  ortiqni  tashkil  etadi,  ulardan  62,9  km
3
  (80%  dan 


245 
 
ortig‗i)  Tojikiston  hududida  shakllanadi,  O‗zbekistonda  esa  faqatgina  4,7  km
3
 
(6%) qismi tarkib topadi. 
Amudaryo  suvlarini  burish  yo‗li  bilan  shimoliy  Afg‗onistonning  daryo 
bo‗yi hududlariga suv chiqarish loyihasini amalga oshirish qo‗shni mamlakatlar, 
birinchi  navbatda  O‗zbekiston  va  Turkmanistonning  xo‗jalik  manfaatlariga 
jiddiy  ta‘sir  ko‗rsatadi,  cheklangan  suv  resurslaridan  foydalanish  uchun 
tortishuvlarda vaziyatni keskinlashtiradi. 
Markaziy  Osiyoda,  shu  jumladan  O‗zbekistonda  cho‗lga  aylanish 
jarayonlari  alohida  tashvishli  holatdir.  Bu  faqatgina  cho‗l  hududlarining 
kengayib  borishidagina  emas,  balki  biologik  mahsuldorlik  darajasining 
o‗zgarishida  ham  namoyon  bo‗lmoqda.  Cho‗lga  aylanib  borish  yer 
landshaftining  biologik  mahsuldorligini  pasayishiga  olib  keladi  va  buning 
oqibati  sifatida  –  aholining  ekologik  noqulayliklariga,  o‗simlik  va  hayvonot 
dunyosi  turlari  tuzilmalarining  qisqarishiga  sabab  bo‗ladi.  Mana  shu 
ko‗rsatkichlar  bo‗yicha  Markaziy  Osiyoda  yangi  cho‗llar  maydoni  deyarli  100 
ming km ga ortgan, ba‘zi hududlarning mahsuldorligi esa 50% gacha kamaygan. 
Cho‗lga  aylanib  borish  ma‘lum  darajada  ijtimoiy-iqtisodiy  keskinlikka 
(chorvachilik  mahsuldorligini  pasayishiga  va  kasalliklar  kelib  chiqishining 
o‗sishiga) sabab bo‗ladi. 
Cho‗lga aylanib borishning asosiy sababi – suvdan noto‗g‗ri foydalanish va 
ma‘lum darajada iqlim o‗zgarishi tufayli hududlar va akvatoriya suv rejimining 
o‗zgarishi  hisoblanadi.  Orol  bo‗ylarida,  Ustyurt  tizimi,  Qoraqum  va  Qizilqum 
cho‗llarida, Tyan-Shan va Pomir tog‗ yon bag‗irlarida ayniqsa cho‗lga aylanish 
jarayonlari tez kechmoqda. 
Ekin maydonlari, yer resurslari doimiy ravishda turli xildagi eroziyalardan 
zararlanmoqda,  shu  jumladan  suv  erroziyasi  –  2790  ming  ga  (sug‗oriladigan  – 
339 ming gektar), shamol erroziyasiga – 20478 ming ga (sug‗oriladigan – 2262 
ming  gektar),  bir  vaqtning  o‗zida  ham  suv,  ham  shamol  erroziyasidan  2005 
ming ga (sug‗oriladigan – 341 ming gektarda) zararlanadi. 


246 
 
Buxoro,  Navoiy,  Qashqadaryo,  Farg‗ona  viloyatlari  va  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasida tuproqning deflyatsiyasi keng tarqalgan. 
Surxondaryo, Toshkent, Namangan va Andijon viloyatlari yerlari eng ko‗p 
darajada  suv  eroziyasidan  zararlangan, bu  hududlarda  50–60%  qishloq  xo‗jalik 
maydonlari  eroziyaga  duchor  bo‗lgan.  Shahar  va  qishloq  aholi  turar  joylarida 
20% dan ortiq hududlarni kuchli suv bosgan. 
Biologik  obyektlardan  faol  foydalanish  o‗simliklar  va  hayvonlar  hayot 
kechirish  sharoitlarining  yomonlashuviga,  ularning  turlari  va  umumiy  sonining 
kamayishiga olib keldi. 
Muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  mavjud  tizimi  O‗zbekistonning 
hayvonot  va  o‗simliklarning  barcha  turlarini  qamrab  olmagan.  Ustyurtda, 
Qizilqum  cho‗llarida,  adirli  past  tog‗liklarda  qo‗riqlanadigan  tabiat  hududlari 
mavjud emas.  
Shunday  qilib,  aholi  sonining  o‗sish  sur‘atlarini  tartibga  solish,  ekologik 
xavfsizlikni  ta‘minlash  hamda  nooqilona  iste‘mol  qilish  va  ishlab  chiqarish 
tizimlarini  qisqartirish,  tabiiy  resurslardan  samarali  foydalanish  va  barqaror 
rivojlanish bo‗yicha say‘i-harakatlar bir-birini to‗ldirish xususiyatiga ega. 
Ekologik tahdidlar – bu atrof-muhit ahvoliga va insonning hayot faoliyatiga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri  zarar  yetkazish  yoki  bunga  sabab  bo‗ladigan  tabiiy  hamda 
texnogen xususiyatdagi hodisalardir. 
Ekologik  tahdidlar  quyidagi  darajalar  bo‗yicha  tasniflanadi:  global, 
mintaqaviy, milliy, mahalliy (11-rasm).  
 


247 
 
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish