Ahmad al-Marvaziy asli Marvdan bo‘lib, xalifa al-Ma’mun va al-Mu’tasim zamonida Bag‘dodda faoliyat ko‘rsatgan. Fan tarixiga oid bibliografik kitoblarda olimni 770-870 yillar mobaynida yashab o‘tgan, deb taxmin qilinadi



Download 32,29 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2021
Hajmi32,29 Kb.
#110360
  1   2
Bog'liq
Ахмад Марвазий


Ahmad Marvaziy (770–870) – Bag‘dod ilmiy maktabida faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va matematiklardan biri Ahmad al-Marvaziy bo‘lib, u “Astronomik jadvallar”, “Damashq ziji” (bu zij Bag‘dod shahri uchun tuzilgan) va “al-Ma’munning sinalgan jadvali” asarlarining muallifidir.

Ahmad al-Marvaziy asli Marvdan bo‘lib, xalifa al-Ma’mun va al-Mu’tasim zamonida Bag‘dodda faoliyat ko‘rsatgan. Fan tarixiga oid bibliografik kitoblarda olimni 770-870 yillar mobaynida yashab o‘tgan, deb taxmin qilinadi.

“Damashq ziji” hozirda Istanbulda saqlanmoqda. Muallif o‘zining bu asarini o‘sha davrda “Sindhind” nomi bilan mashhur bo‘lgan hind astronomik jadvallarini qayta ishlash asosida yozgan. Undagi ba’zi masalalar Ibrohim al-Fazariy, Muhammad al-Xorazmiyning zijlaridan farqlanadi.

Olimning Bag‘dod shahri uchun yozgan ikkinchi “Zij”i Berlinda saqlanadi. Abu Rayxon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Geodeziya” asarlaridagi ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob keyingi davr astronomlari tarafidan hurmat bilan tilga olingan.

Uchinchi – “al-Ma’munning sinalgan jadvali”ga kelsak, bu astronomik jadvallar o‘z vaqtida katta shuhrat qozongan. Xalifa al-Ma’mun bir guruh olimlarga, yunon astronomlarining kitoblarida keltirilgan ma’lumotlarni tajribalar asosida qaytadan tekshirib chiqish vazifasini yuklagan va tajriba samarasi o‘laroq, “al-Ma’munning tekshirilgan ziji” asari dunyoga keldi. Unda o‘sha davr astronomiyasining barcha yutu qlari o‘z aksini topgan. Mazkur “Zij” o‘rta asr manbalarida ba’zan YAhyo ibn Mansurga, ba’zan esa Ahmad al-Marvaziyga, yoyinki o‘sha davrning boshqa astronomlari qalamiga mansub, deb keltiriladi. Bundan asarning yaratilishida ko‘pchilik ishtirok etgan bo‘lishi kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Mutaxassislar al-Ma’mun “Ziji”ni YAhyo ibn Mansur boshlab, Ahmad al-Marvaziy yakunlagan bo‘lishi kerak, deb taxmin qiladilar.

Al-Marvaziyning yigirmaga yaqin asarlari ichida  astronomik jihozlar –asturloblar, quyosh soati va “zat al-xalaq”larga bag‘ishlangan risolalar uchraydi. Afsuski, ularning ko‘pchiligi bizgacha etib kelmagan.



Olim falakiyot sohasida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan, shuningdek, u trigonometriya fani rivojiga ham salmoqli hissasini qo‘shgan.


Download 32,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish