Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili
Guvohi bo‘lganimizdek, Ahmad al-Farg‘oniyning tabiiy va ilmiy qarashlari juda
ham boy. Uning asosiy tadqiqot mavzusi astronomiya, jug‘rofiya va geodeziya
sohalarida edi. U ilmiy ishlar bilan bir qatorda, muhandislik, me‘morlik va
irrigatsiya sohalarida ham katta tadbirga bosh bo‘ldi. U me‘mor, suv injeneri,
to‘g‘on qurish mutaxasisi bo‘lmasada, uning boshchiligida qilingan ishlar o‘sha
davr fanining eng ilg‘or g‘oyalariga asoslangan edi. O‘z tadqiqotlarining
natijalarini arab, eron, yunon, fors, Misr va boshqa mamlakat olimlarining ilmiy
xulosalari bilan solishtiradi. Farg‘oniy fikricha, osmon doiraga o‘xshashdir, negaki
samoviy jismlarning burchakli harakatlari tezligi bir xildir. Yer ham doiradir.
Uning kattaligi osmon diametriga nisbatan ozginadir. Bu shu bilan tasdiqlanadiki,
inson hamisha osmonning teng yarmini ko‘radi.
Aniqlanishicha, Ptolomeyda Quyosh va Oy bilan Yer orasidagi masofa haqida
ma‘lumot berilganligi al-Farg‘oniyga ma‘lum edi. Al-Farg‘oniy sayyoralar va
yulduzlar masofalarini ularga qo‘shdi. Oy va Quyosh tutilishlarini tatbiq qilib,
voqealar vaqt oralig‘ini aniqlab berdi. Shundan so‘ng astronomiya fani kelgusida
sodir bo‘ladigan voqealar ilmiga aylana boshladi.
Hali geliotsentrizm sharpasi yo‘q zamonda al-Farg‘oniy, Yer eng kichik yulduzdan
ham kichikdir, degan fikr bilan maydonga chiqdi va unga asos qilib, Yer radiusi
Osmon radiuslaridan juda ozligini aytdi. Yer shari go‘yo bir nuqta bo‘lib, uning
kata kichikligini bilish uchun yerning diametrini, binobarin, uning meridian
uzunligini o‘lchash nihoyatda murakkab nazariy va amaliy masala ekanligi aniq
edi. Al-Farg‘oniyning bu ishiga Beruniy ham yuqori baho bergan.
Jumladan, u Dajla daryosiga tutashgan, tarixda Ja‘fariya nomi bilan atalgan
kanalning qazilishida rahbarlik qilgan. Shuningdek, 861 yida Fustotda (Qohira
shahrining qadimiy nomi) barpo etilgan nilometr (Nil daryosi sathini o‘lchash
uchun mo‘ljallangan inshoot) ham o‘z davrida tengi yo‘q edi. Alloma bu qurilishga
o‘zining shaxsiy mablag‘larini ham sarfladi. Vujudga kelgan inshoot Misrda
dehqonchilik, soliq tizimi sohalarida islohotlarni amalgam oshirishga sharoit
yaratdi. Hokimiyat nilometrdan dehqonlardan olinadigan soliq miqdorini
belgilashda foydalandi.
Ahmad al-Farg‘oniy va Xristofor Kolumb o‘rtasida o‘ziga xos sirtqi munosobat
vujudga kelgan. Xristofor Kolumbning shaxsiy kutubxonasida Farg‘oniyning
kitoblari va chizgan xaritalari ham mavjud bo‘lgan. Bunga sabab Kolumbning
xotini Portugal sayyohlaridan birining qizi bo‘lgan. Portugallar azaldan arab
xaritalaridan foydalanishgan. Umuman, Yevropa sayyohlari orasida al-Farg‘oniy
tuzgan xaritalar o‘z mufassalligi va aniqligi bilan shuxrat qozongan hamda e‘tiborli
manbalardan bo‘lgan.
Al-Farg‘oniy Bag‘doddagi Ma‘mun akademiyasidagi faoliyati davomida
rasadxonada ishlaydi. 1022 dan ortiq yulduz va sayyoralar ro‘yxatga olinib, ularga
xarita tuziladi. Olim koinotni ilmiy o‘rganish va tahlil etishning yangi usullarini
o‘ylab topadi, ularni amaliy qo‘llash bobida katta muvaffaqiyatlarga erishadi.
Astronomik tadqiqotlar olib borishda olim o‘zidan avval o‘tgan barcha
allomalarning mavjud asarlarini ilmiy tahlildan o‘tkazadi. Shu bilan birga qadimgi
yunon olimlarining asarlarini mukammal egalladi, ularga tanqidiy yondashib,
xatolarni asosli ravishda tuzatib chiqdi hamda mazkur fanlar rivojini yanada yuqori
bosqichga ko‘tardi. Ayniqsa, Klavdiy Ptolomeyning ―Sintaksis Majesta‖ (―Ulug‘
tartibot‖) asari unga ko‘mak beradi. Olim mazkur kitobni ilmiy o‘rganib, tahlil
etibgina qolmay, balki unga sharhlar ham yozadi. Ahmad al-Farg‘oniy qadimgi
yunon olimlari amalga oshira olmagan ishni bajaradi, ya‘ni Yer va boshqa
sayyoralar o‘rtasidagi masofani aniqlab beradi.
Ma‘lum bo‘lishicha, samoviy jismlar harakatini Nyuton va Laplas massa
harakatining dinamikasi shaklida, Kepler geometrik yo‘sinda bayon etishgan
bo‘lsa, al-Far‘oniy jadvallar shaklida izohlagan. Jadvalning fazilati – uning jonli
mushohadalik tabiatidir.
Stereografik proyeksiyalar nazariyasining kashfiyotchisi al-Farg‘oniydir. Quyosh,
Oy, sayyoralar, yulduzlarning, binobarin, osmonning kelajak manzarasini bilish
uchun geometrik – kinematik usul qabul qilib olinishida usturlob(astrolyabiya)
asbobining ahamiyati katta bo‘lgan. Osmon gumbazida mavhum ravishda
joylashtirilgan meridian, ekvator, ekliptika, azimut, koordinata o‘qlari va tizimlari,
burchaklar, nuqtalarning doira asbobga proyeksiyalarini tushirish ancha
qulayliktug‘dirdi. Bu asbob oldin ham bor edi, lekin uning nazariyasini faqat al-
Farg‘oniy kashf etadi.
Shuningdek, Sinjor sahrosida al-Farg‘oniy va Movarounnahrlik boshqa qator
olimlar ishtirokida olib borilgan o‘lchashlar natijasida hozirgi ilm nuqtai nazaridan
katta aniqlikda bo‘lmasa ham, bu ish xalifa al-Ma‘mun davrida astronimiya va
matematik geografiyaning barcha masalalari bo‘yicha muntazam ilmiy izlanishlar
olib borilgan. Al-Fa‘rgoniy bu izlanishlar, o‘lchash va kuzatishlarning faol
qatnashchisi bo‘lib, ularga maxsus asarlar bag‘ishlagan.
Atoqli rus sharqshunosi I. YU. Krachkovskiy manbalarni sinchkovlik bilan tahlil
qilib chiqargan xulosaga ko‘ra, al-Farg‘oniy ishtirokida Sinjor sahrosida Yer
meridiani bir daraja uzunligi o‘lchash ishlari 827 yilga yaqin olib borilgan. Lekin
bu haqda xabar bergan Beruniy va Ibn Yunus aniq sanani k‘orsatmaganlar.
Beruniy Sanad ibn Ali topgan Yer radiusining son qiymatini keltirmagan. Lekin
aniq matematik qoida bilan Yer radiusining topilishining o‘zi al-Ma‘mun davridagi
olimlarning, jumladan, al-Farg‘oniyning katta yutug‘i edi.
Misr mamlakati Nil havzasida joylashgan bo‘lib, uning dehqonchilikka qulay
qismi daryoning quyilishidagi yunonlarning delta harfi, ya‘ni uchburchak
shaklidagi kichik parchasini tashkil qiladi. Misrliklar juda qadim zamonlardan
boshlab o‘z hayotini Nilning ―hulq-atvoriga‖ moslashtirganlar, ya‘ni daryoning suv
rejimi bilan muvofiqlashishiga uringanlar. Buning uchun ular har doim daryoning
suvi ko‘tarilish vaqtlarini bilishga harakat qilganlar. Bunday urinidhlar to Abbosiy
xalifa al-Mutavakkil (847-861 yillar) davrigacha behuda ketavergan. Al-
Mutavakkil Misrliklarni Nilning suv rejimi haqida ogohlantiruvchi bir qurilma
uskuna yasashni al-Farg‘oniyga topshiradi. Bag‘doddagi ―Bayt ul-Hikma‖
olimlarining eng ko‘zga ko‘ringani Ahmad al-Farg‘oniy edi. Shuning uchun xalifa
Nil suvi sathini o‘lchovchi miqyosni barpo etish vazifasini unga yuklagan, lekin
qurilma bitmasidan xalifa vafot etgan.
Nil miqyosini al-Farg‘oniy al-Fustot shahridagi Ravzo orolida barpo etadi.
Keyinchalik al-Fusto undan shimolroqda barpo etilgan Qohiraning tarkiby qismi
bo‘lib qoladi. Miqyos silindr shaklidagi bino ichida joylashgan bo‘lib, uning tomi
konus shaklidagi qubbadan iborat.
Ahmad al-Farg‘oniy, shuningdek, o‘z tadqiqotlarida islom kalendarini sharhlab
beradi. U o‘zining astronomiyaga bag‘ishlangan risolasining so‘ngida Yer
kurrasining xaritasini beradi. Bu xaritaning o‘ziga xos tomoni shundaki, bir davrda,
bir akademiya doirasida yashab, ijod etgan ikki olim, al-Farg‘oniy va al-Xorazmiy
tuzgan Yer suratlari tamoman bir-biridan farq qiladi, ya‘ni al-Farg‘oniy al-
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish joizki, bitiruv-malakaviy ishimda Ahmad al-
Farg‘oniyning shaxsiyati, ijodi, tabiiy ilmiy qarashlari va ularning falsafiy tahlilini
tadqiq etar ekanman, uning ulug‘ nomini xalqimizga yaqindan tanitish, amalga
oshirgan ishlari, yutuqlari bilan faxrlanishimiz lozim. Al-Farg‘oniy kabi buyuk
bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni
anglashda, o‘zligimizni idrok etishimizda ibratli saboq bo‘ladi. Bu esa, o‘z
navbatida, xalqaro hamjamiyatda o‘zimizning munosib mavqeimizni
egallashimizda muhim o‘rin tutadi.
O‘ylaymanki, yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarning o‘ziyoq mashhur al-
Farg‘oniyning haqiqatdan ham fan va madaniyat tarixida chuqur iz qoldirgan
buyuk olim ekanligini ko‘rsatadi. Ilk o‘rta asrlarda hali ko‘p mamlakatlar va
xalqlar qoloqlik va g‘aflat uyqusida yotgan bir paytda, bu olimning ilmlarning
yuksak cho‘qqilariga va avvalo dunyo miqyosida ilm shuhratiga erisha olgani
kishini hayratda qoldiradi.
Ahmad al-Farg‘oniy birinchilar qatorida osmonning sfera shaklida ekanligi, undagi
harakatlar aylanma ekanligini aniqlaganiga qoyil qolish mumkin, chunki o‘sha
davrda hozirgidek texnika rivojlanmaganini hisobga olish lozim.
Bitiruv-malakaviy ishimda Al-Farg‘oniyning misolida biz Vatanimizning o‘tmish
tarixi va madaniyatiga, uning tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy jihatlari,
hamda tabiatshunoslik falsafasiga qo‘shgan hissasi haqidagi qarashlariga nazar
tashladim. Dunyoga al-Farg‘oniy va al-Xorazmiy, Beruniy va Ulug‘beklarni
bergan bu Vatan qadimgi boy va buyuk madaniyatga ega bo‘lganligiga yana bir
bor guvoh bo‘ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |