Ahloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish. Mundarija


Maqollarning bola tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati, uni qo‘llash imkoniyatlari



Download 51,42 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2022
Hajmi51,42 Kb.
#686323
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ahloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish.

2.3. Maqollarning bola tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati, uni qo‘llash imkoniyatlari
Xalq maqollari bevosita mehnat jarayonida, qaynoq hayot quchog‘ida yaratilganligi sababli ularda mehnat va kasb hunarga oid mavzular ham yetakchi o‘rin egallaydi. Mehnat mavzusidagi maqollarda mehnatga muhabbat, hurmat; ishyoqmas dangasa va tekinxo‘rlikni qoralovchi, xalqning xulosalari mujassam etgan. Xalqimiz azal-azaldan mehnat orqali turmush tarzining faravon bo‘lishi, mehnat orqali inson kamolitining har javhasida yaxshi
natijalarga erishish mumkinligini, mehnatni sevish, yalqovlikdan qochish kerakligini anglab yetganlar.
Inson tabiatan mehnatkashdir. U mehnat tufayli o‘zining iste’dodi, qobiliyati, layoqatini namoyon etadi. Mehnat jarayonida insonning dunyoqarashi kengayib, bilim saviyasi oshib, u o‘zini jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllantirib boradi. Inson mehnati aqliy va jismoniy mehnat tarzida amalga oshiriladi. Shaxs har ikkalasining umumiyligi natijasida voyaga yetadi. Aqliy mehnat inson tafakkurini rivojlantirsa, jismoniy mehnat uning barkamol sog‘lom o‘sishi uchun zamindir. Xalq maqollarida mehnat hamma narsaning kaliti ekanligi aytiladi. Masalan, Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam-mehnati bilan, Daryo suvini bahor oshirar, Odam qadrini mehnat oshirar; Ishlagan osh tishlar, ishlamagan tosh tishlar; Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan; oltin o‘tda bilinar, odam mehatda kabi maqollar ana shular jumlasidandir.
Har bir davrda kasb-hunar juda ulug‘langan. Xalq donishmandlaridan biri: "Ey farzand agar oqil va dono bo‘lay desang, hunarmand bo‘lishni o‘yla. Hunarmandchilik sababidan izzat va hurmatga erishasan, agar hunardan bebaxra bo‘lsang, quruq soyasiz daraxtga o‘xshab qolasan. Ey, farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l, hunarsiz kishida xosiyat bo‘lmaydi. Mehnatdan, ilm-hunar o‘rganishdan uzoqlashma", - deydi.
Axloqshunos olim Majid Havofiy esa hunarmandchilik to‘g‘risida to‘xtalib "Kasb va hunarmandlarni e’zozla. Hunarmandchilikka ruju qo‘ygan xalqning hurmat va e’tibori oshadi"
deya o‘z xulosalarini bildirib o‘tadi.
Har kimning zari bo‘lmasada, ammo hunari bo‘lsa, dunyoda hech bir qiyinchilikka uchramaydi. Hunarning qiymati haqida donolarimiz shunday deb ta’kidlashgan.
Oltin topmagin-u o‘rgangin hunar, Hunaring oldida xasdir oltin zar. (Jomiy) Quyoshliq istasang kasbi kamol et,
Kamol gar kasb etarsan bemalol et. (Navoiy)
Xalq maqollarida esa Ilm- u, kasb - hunar shunday ta’riflanadi. Bir yigitga qirq hunar ham oz; Yuzga kirsang ham hunar o‘rgan; Hunar bo‘lsa qo‘lingda, non topilar yo‘lingda, Hunari yo‘q kishining, mazasi yo‘q ishining; hunarli moy oshar, hunarsiz loy oshar; Hunarni o‘rganib qo‘ysang, sendan osh-non so‘ramaydi kabi maqollar, farzandni kasb -hunar egallashga turtki bo‘lgan. Xalq doim o‘z bolasini hunarli bo‘lishi uchun ustozlar oldiga olib borganlar. Hunarning qadr qimmatini juda yaxshi tushunganlar.
Bolalarni tarbiyalashda maqollarning ta’sirchan xulosalaridan foydalansak, ularni yod oldirsak, ularni o‘z ong-u shuriga singdirsak, udagi ibrat namunalariga hayotda amal qilishga chorlasak, hayotda qiyinchilik mashaqqatlarni yengishga orzulari va maqsadlariga yetishish uchun qadam qo‘yishga o‘rgatgan bo‘lamiz. Chunki maqollar butun tarbiya mezonlarini o‘z ichiga qamrab olganligini kuzatishimiz mumkin.
Oilada ota-ona o‘z farzandini tarbiya qilar, farzandlarning avvalo bir biriga axil inoq bo‘lib munosabatda bo‘lishini xohlashadi. Ular o‘z pand-u nasixatlarida, so‘zlarini maqollar vositasida ta’sirchanliklarini oshirishlari mumkin. Chunki xalqning boshidan kechirgan xulosalari, ibrat so‘zlari o‘z ahamiyatini oqlayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Masalan, kuch birlikda deyish bilan, ahil bo‘lishni, bir biriga ko‘maklashishni, qo‘llab -quvvatlashni bildirib, barcha to‘siqlarni yengish kuch qudratning birlashuvi natijasida erishilishi ta’kidlanadi.
Maqollarda insonning yaxshi fazilatlarini ulug‘lash bilan birga, undagi xasislik, ochko‘zlik, o‘g‘rilik, manmanlik, yalqovlik, bezorilik kabi hollar ayovsiz ravishda fosh etiladi. Maqollarda botirlik, saxiylik, adolat, insof, otashin sevgi, vafodorlik, do‘stlik donolik kabi insoniy xislatlar ulug‘lanadi. Maqollar xushyor bo‘lishga, do‘stni dushmandan farq qilishga, insonparvar, xushfe’l, shirin so‘z, sadoqatli bo‘lishga, ota-ona, qarindosh urug‘ va do‘stlarni qadrlashga kattalarni hurmat qilishga, kichiklarga nisbatan izzatli bo‘lishga o‘rgatadi.
"Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin"; "Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga"; "Hurmat qilsang hurmat ko‘rasan";
Maqollarda shunchalik haqiqat rostlik ildizlari keng tomir otib borganki, uni hech bir kuch joyidan siljita olmaydi.
Maqol shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin ta’sirchan qiladi. Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo‘ladi. Kimki, uni ko‘p ishlatsa o‘shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar.
Yozuvchi va shoirlarimiz o‘z asarlarida yaratgan ijod namunalarida maqollarning ta’sirchan kuchidan foydalanishadi. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy, Nodira, Furqat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek G‘afur G‘ulom va boshqa ko‘plab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o‘rganilsa, maqollarning jozibasini his etishimiz mumkin. Hatto yaratilgan asarning asosiy ma’no g‘oyasi, birgini maqolning qarida jamlanganligini ham kuzatishimiz mumkin. Masalan Abdulla Qaxxorning "O‘g‘ri"hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik manbayiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga "otning o‘limi - itning bayrami" maqoli epigraf qilib olingan.
Maqollar badiiy adabiyotda, she’r, doston, hikoya va romonlarimizda ham ko‘p ishlatiladi. Hatto boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asarlarimiz ham bor. Masalan Gulhaniy butun bir asarini "Zarbulmasal" deb nomlagan. Unda Yapaloqqush va Bo‘yog‘lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo‘lib, ular tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi. Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘z asarlarining badiiy yuksak va ta’sirchan bo‘lishi uchun xalq maqollaridan barakali foydalandi. "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi" va boshqa asarlarida maqollardan unumli foydalangan.
O‘zbek xalq yozuvchisi, Oybek, "Oltin vodiydan shabadalar" romanida maqollar ishtirokida, voqealarning borishi, qahramonlarning xatti-harakatlari, obrazlari, ichki va tashqi qiyofalarini ochishda juda qo‘l kelganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bugungi kunda maqollarning o‘rni va ahamiyati haqida gapiradigan bo‘lsak, oiladagi tarbiyada avvalo muhim kasb etishini aytib o‘tmoqchiman. Negaki, asosiy tarbiya oilada berilib, shakllantirilib boriladi. Oiladagi muhit, oiladagi tarbiyaviy sharoit bolaning xulq atvorida nomoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham dono xalqimiz "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" deb ta’kidlaydi. Maqollar hayot maktabining asosiy darslik va qoidalaridir. Ularni zinxor unutmasligimiz, amalda joriy etishimiz talab qilinadi.
Oiladagi muhitda ota-onaning xalq donoligiga murojaat etishi tarbiya qilinayotgan bola ongiga ta’sir qilib, tarbiyaning mukammal olib borilishiga zamin yaratadi. Ota-onalar mehnat jarayonlarida, suhbat chog‘larida, o‘z pand-u nasihatlarini berayotgan paytlarda, maqollardan unumli, ustalik bilan foydalanishsa, o‘z tarbiyasining ta’sir etish kuchini oshirishgan bo‘lardi. Har bir xonadonda o‘zbek xalq maqollari, oilaviy kutubxona kitob javonidan joy olsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Bolalarni ushbu kitobni mutolaa qilishga chaqirish, yod olishga o‘rgatish kerak. Ota-ona bolaning yod olgan maqollarini so‘rab, uning mag‘zini chaqib, ma’no mazmuni nimadan iborat ekanligini, farzandning o‘z tushungan tushunchalarini so‘rashi, xulosaviy fikrlarni chiqarib, tarbiyaviy usul sifatida tushunchalar berib o‘tishi lozim.
Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shakl va tuzilishga ega. Xotirada mustahkam o‘rnashadi. Maqollarning asl vositasi tarbiyaga qaratilgandir. Xalq donishmandligining ibratli namunalari sifatida tarbiyaviy jarayonlarda xizmat qilib kelmoqda. Maqollarda, bolaning aziz ne’mat bo‘lib dunyoga kelishi-yu, uning barkamol farzand bo‘lib voyaga yetishidagi harakatlar nimadan iborat ekanligiga doir, tarbiyaning barcha ko‘rinishlarini ifoda etgan g‘oyalar mujassamlashgan.
Maqollar xalqning uzoq davrlar mobaynida, o‘z tajribasidan o‘tgan, ming karra sinalgan donolik qomusi bo‘lib, u kishilarni ezgulikka, olijanoblikka undashi; insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, sershijoat, serg‘ayrat intilish bilan, tinch-totuv yashashga chorlashi bilan, hamma vaqt hayot darsligi bo‘lib xizmat qilaveradi.
Ota-onalar donishmand xalqimiz yaratib bergan to‘g‘ri yo‘lni o‘z farzandlariga ham ko‘rsata olsalar, ko‘zlangan maqsadga erishgan bo‘lardi. Ota - onalar farzandining tarbiyasidagi kamchilik va yutuqlarni sezib, kamchiliklarni yo‘q qilishda, farzandidagi noo‘rin harakatlarni bartaraf etishda, yaxshi xislat va fazilatlarni o‘stirishda maqollarimizning beminnat xizmatidan foydalanishi darkor. Maqollarimiz har bir kishiga ibrat namunalari haqida so‘zlar ekan, demakki, bolaning ham ertangi kelajak yo‘lida yaxshi ibrat ko‘rsatib yashashga chorlashi haqiqatdir.
Ular shunchaki to‘qima, o‘ylab chiqilgan so‘zlar emas, xalqning boshidan o‘tkazgan, o‘zi ko‘rib xulosa chiqargan, tajribalar sinovida toblangan xalq donishmandligining bizga qoldirgan buyuk me’rosidir. Uni asrab avaylash, qalbimiz to‘riga joylash, xalqimiz pand-u nasixatlariga quloq solib yashash, bizning hayot maktabida olayotgan ta’lim va tarbiyani mukammal egallashimizga zamindir. Maqollarni har bir farzand mutolaa qilar ekan u nafaqat yodida, balki qalbida o‘rnashib qoladi. Shuning uchun oilada bolalarga maqollarni yod oldirish, uning asosiy mazmun va mohiyatlarini tushuntiish kerak. Maqollarning tarbiyaviy kuchi asnosida ulg‘aygan bola o‘zining yo‘li va so‘zini to‘g‘ri belgilay oladi.
Maqollardan namunalar:
Yomon bilan yurdim qoldim uyatga, yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga;
Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor;
Odam bo‘lmoq asta-asta, Hayvon bo‘lmoq bir pasta; Duo olgan omondir, qarg‘ish olgan yomondir.
Tig‘ jaraxoti bitar, til jaraxoti bitmas; Arslon izidan qaytmas, yigit so‘zidan.
Tuyaday bo‘y berguncha, ninaday aql bersin; Ko‘p o‘yla, bir so‘yla.
Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni, Ilm olishning erta-kechi yo‘q;
Tirishgan tog‘dan oshar, Ter to‘kkan baxtli yashar.
va to‘g‘rilik, olijanoblik tarbiyasi, salomlashish, ko‘cha odobi, jamoat va kattalar oldida o‘zini tuta bilish, kitob, ilm-u hunarni ardoqlash, chin insoniy fazilatlar, xislatlar, tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari jamlangan. Shuningdek, o‘zbek xalq pedagogikasi an’analarida farzandlarni estetik idroki, hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish; bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va kamol toptirish, estetik didini shakllantirish va takomillashtirish; ustoz-shogirdlik an’analarining pedagogik, axloqiy- estetik ahamiyati alohida o‘ringa egadir.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017- yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi farmoni aholining keng qatlamida kitobga muhabbat uyg‘otish va aholi ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda kitoblarning o‘rni naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bolada kitobga muhabbat tuyg‘ulari eng avvalo xalq pedagogikasining: ertak, maqol, matal, doston qolaversa ona allasi orqali ongiga yetib borishi barchamizga ayon bo‘lgan oddiy haqiqatdir. Darhaqiqat, xalqning ko‘p asrlar mobaynida to‘plagan, sayqal bergan ijodiyoti durdonalarining tarbiyadagi roli bebahodir. Xalq donishmandligi ildizidan bahra olib tarbiya ko‘rgan, eng ezgu tilaklari ma’naviy kamolot, madaniyatga borib taqaladigan xalqimiz ruhida bu donishmandlikka hurmat bilan qarash, ergashish, o‘rganish hamisha oldinda bo‘lib kelgan.
Biz ajoyib yozuvchilar, olimlarning biografiyalariga nazar tashlar ekanmiz, ularning o‘sib yuksalishi-da, insoniyat tarixida buyuk kishilar bo‘lib yetishishlarida buvi va buvalarning katta hissasi borligini ko‘ramiz.
qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhini saqlab qolish, bu borada ota- onaning ya’ni oilaning o‘rni va shu oilada tarbiya topib, ulg‘ayib, voyaga yetayotgan farzandlar qalbida ezgulik sifatlarini uyg‘ota bilish har qachongidan-da dolzarbroq mazmun kasb emoqda. Shunday ekan ota-ona ma’naviyati, ota-ona kitobxonligi, oilaviy badiiy muhit farzand tarbiyasida muhim o‘rin tutishi va farzandlar kamolida birlamchi axloqiy parvozlar aynan xalq pedagogikasi asosida shakllanishini yanada chuqurroq anglashimiz darkor.
Ota-onalarga farzanlarining kitobga mehr qo‘yishida ularga bolalikdanoq (ona qornidaligida) ibratli ertaklar, hikoyalar va boshqa xalq og‘zaki ijodining ta’sirchan vositalaridan foydalanib borishini anglatilsa, farzandlarida ma’naviy sifatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lar edik. Xalqimiz yaratgan ma’vaviyat durdonalarini unutmasdan, bola hayotiy ko‘nikmalarining shakllanishida, rivojlanishida o‘z mas’uliyatimizni oshirib borsak, ayni bugungi kun farzand tarbiyasiga yetkaza olsak, kelajak bunyodkorlarinining parvoziga qanot bo‘lgan bo‘lamiz.
XULOSA.
Mamlakatimiz istiqlolining eng daslabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni , xalqimiz yaratgan og’zaki yodlarni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish, zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga favqulotda katta ahamiyat berildi.
Ma’lumki har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda oilada va asosan ta’lim-tarbiya munossabatlarida shakillantiriladi. Ta’lim vositalari o’quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liq hisobga olgandigana yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Respublika iqtisodiyoti uchun har bir so’m o’ta zarur bo’lib turgan sharoitda yosh avlodning kelajagiga astoydil ishongan, uning insoniy kamolatini ta’minlashga intiluvchi, farzandlarimizga o’zgalar havas qiladigan darajadagi ozod va obod Vatan qoldirishni maqsad va shior qilib olgan.
Ta’lim-tarbiya berish jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish ham juda samarali o’rin egallaydi.
Xalq poetik ijodini o’rganish, ayniqsa ijtimoiy fanlar yuzasidan olib boriladigan ilmiy – tadqiqotlar uchun bebaho qiymatga ega. Chunki “Xalq og’zaki ijodini bilmaguncha mehnatkash xalqning xaqiqiy tarixini bilish mumkin emas”.
Shunday ekan, xalq og’zaki ijodini o’rganish boshqa ijtimoiy fanlar kabi pedagogika tarixini o’rganish uchun ham g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Chunki “Xalq pedagogikasi asta-sekin xalq ommasi ichida tarkib topa boradi va xalq ijodining topishmoq, matal, maqol, ertak, doston va qo’shiq kabi yodgorliklarida aks ettiriladi”.
Xalq ommasining turmush faoliyat jaroyonida to’plangan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlar yig’indisi xalq pedagogikasining mazmuni ifodalaydi. Ya’ni xalq pedagogikasi – mehnatkash xalq va xalq donishmandlarining zamon yoshlarini kutilgan maqsadga muvofiq kishilar qilib yetishtiradigan tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo’lgan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan ta’lim- tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo’llanib kelingan usul vosita , ko’nikma va malakalar birligi ifodalovchi tajribalar asosida to’plangan bilim va ma’lumotlar yig’indisidir.
Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi xalq ommasining og’zaki tarzda yaratgan avloddan avlodga o’tib kelayotgan tarbiya haqidagi ma’lumotlar – pedagogik ijodlari yig’indisidir.

Download 51,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish