va hokazo.
Axborot tizimi (AT) ni loyihalash metodologiyasi tizimni yaratish va kuzatish
jarayonini AT ning hayot sikli (HS) kо‗rinishida ifodalaydi. Har bir bosqich uchun
bajariluvchi ishlarning tarkibi va ketma-ketligi olinuvchi natijalar, ishni bajarish uchun
zaruriy usullar va vositalar, ishtirokchilarning roli va javobgarligi va h.k. aniqlab olinadi.
14
AT ni HS ning bunday rasmiy ifodasi jamoaviy ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish
va tahlil etish imkonini beradi hamda bu jarayonlar bilan boshqarishni ta‘minlaydi.
AT ning HS ni - tizimni yaratish va foydalanish jarayonida yuz beruvchi bir qator
voqeliklar sifatida tasavvur qilish mumkin.
HS ning modeli berilgan AT ga zarurat tug‗ilgan daqiqadan boshlab, tо‗liq
iste‘moldan chiqish daqiqasigacha bо‗lgan turlicha tizim holatini tasvirlaydi.
Hozirgi vaqtda quyidagi HS modellari ma‘lum va qо‗llanib kelinmoqda:
- kaskadli model (2.1-rasm) – loyihaning barcha bosqichlarini qat‘iy ketma-ketlikda
bajarilishin nazarda tutadi. Keyingi bosqichga о‗tish avvalgi bosqichdagi barcha ishlar
tо‗liq bajarilganligini bildiradi;
- oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli model (2.2-rasm) – AT ni ishlab chiqish
bosqichlararo teskari aloqali sikl bilan olib boriladi. Bosqichlararo tuzatishlar turli
bosqichlardagi natijalarning real mavjud о‗zaro ta‘sirlarini hisobga olish imkonini beradi.
Har bir bosqichdagi hayot vaqti ishlab chiqishning butun davriga chо‗ziladi;
- spiralli model (2.3-rasm). Spiralning har bir buramida mahsulotning navbatdagi
versiyasini yaratish bajariladi, loyiha talablari belgilanadi, uning sifati aniqlanadi va
keyingi buram ishi rejalashtiriladi. Asosiy e‘tibor ishlab chiqishning boshlang‗ich
bosqichiga qaratiladi, ya‘ni tahlilga va loyihalashga.
2.1-rasm. AT HS ning kaskadli modeli
15
2.2-rasm. Oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli model
2.3-rasm. AT HS ning spiralli modeli
Amaliyotda keng tarqalgan ikkita asosiy HS modeli olingan:
-
kaskadli model (1970-1985 yy. uchun xarakterli);
-
spiralli model (1986 y. dan keyin xarakterli).
Avvalgi loyihalarda yetarlicha oddiy AT da ilovalar yagona, funksional va axborotli
mustaqil blokka ega bо‗lgan. Ilovalarning bunday tiplarini ishlab chiqish uchun kaskadli
usul unumli bо‗lgan. Har bir bosqich tо‗liq bajarilib, barcha ishlar rasmiylashtirilganidan
sо‗ng yakunlangan.
Kaskadli yondoshuvni qо‗llashning ijobiy tomonlarini quyidagicha belgilash
mumkin:
-
har bir bosqichda tо‗liq kriteriyalarga va kelishuvga javob beruvchi,
yakunlangan loyiha hujjatlari tо‗plami yaratiladi;
16
-
ishning mantiqiy ketma-ketlik bosqichida bajarilishi barcha ishlarni yakunlash
muddatini va mos keluvchi xarajatlarni rejalashtirish imkonini beradi.
Ishlab chiqishning eng avvalida tizimga bо‗lgan barcha talablarni yetarlicha aniq va
tо‗liq ifodalash mumkin bо‗lganda kaskadli yondoshuv oddiy AT larni qurishda о‗zini
yaxshi oqlaydi.
Bu yondoshuvning asosiy kamchiligi shundaki, tizimni yaratishning real jarayonida
hech qachon bunday qat‘iy sxemani taxlab bо‗lmaydi, har doim avvalgi bosqichga qaytish
extiyoji tug‗iladi va avvalgi qabul qilingan qarorlarni kо‗rib chiqish va aniqlashtirishga
tо‗g‗ri keladi. Natijada AT ni yaratishning real jarayoni oraliq nazoratli bosqichma-
bosqichli modelga mos keladi. Lekin, bu sxema yuz beruvchi о‗zgarishlarni va tizimga
bо‗lgan talabni aniqlashni tezkor aniqlashtirish imkonini bermaydi. Ishlab chiqish
natijalarini foydalanuvchilar bilan kelishuv ishining har bir bosqichi yakunlangandan
sо‗ng rejalashtiriluvchi nuqtalardagina amalga oshadi. AT ga bо‗lgan umumiy talab uni
yaratishning barcha vaqtlarida texnik masala kо‗rinishida belgilab qо‗yilgan. Shunday
qilib, foydalanuvchilar ularning real ehtiyojini qoniqtirmaydigan tizimga ega bо‗ladilar.
HS ning spiralli modeli sanab о‗tilgan muammolarni bartaraf qilish uchun taklif
etilgan. Tahlil qilish va loyihalash bosqichida texnik yechimlarni amalga oshuvchanligi
hamda buyurtmachi talabini qondirish darajasi prototiplarni yaratish yо‗li bilan
tekshiriladi. Spiralning har bir buramasi ishga layoqatli fragment yoki tizim versiyasini
yaratishga mos keladi. Bu esa loyihaning talabi, maqsadi va xarakteristikasini
aniqlashtirish, ishlab chiqish sifatini belgilash, spiralning keyingi buramasi ishini
rejalashtirish imkonini beradi. Shunday qilib, loyiha detallari chuqurlashadi va ketma-ket
ravshanlashib boradi, natijada buyurtmachining haqiqiy talabini qoniqtira oladigan asosli
variant tanlanadi va iste‘molgacha olib boriladi.
Iterativ ishlab chiqish murakkab tizimni yaratishning spiral siklini obyektiv aks
ettiradi. U joriy bosqichdagi ish tо‗liq yakunlanishini kutmasdan, keyingi bosqichga о‗tish
imkonini beradi, shuningdek, eng asosiy masala – foydalanuvchiga ishga layoqatli
mahsulotni iloji boricha tezroq kо‗rsatish imkoniyatini yaratadi.
Spiralli siklning asosiy muammosi – keyingi bosqichga о‗tish momentini aniqlashdan
iborat. Uni hal qilish uchun HS ning har bir bosqichiga vaqtinchalik chegara kiritiladi va
barcha rejalashtirilgan ishlar yakunlanmagan bо‗lganida ham rejaga muvofiq keyingi
bosqichga о‗tish amalga oshiriladi.
AT ni ishlab chiqish va loyihalash sohasida kompaniyalar – vendorlar va
ekspertlarning qat‘iy tavsiyalariga qaramay kо‗plab kompaniyalar iteratsion modellarni
biror-bir varianti о‗rniga kaskadli modeldan foydalanishda davom etayapti. Kaskadli
model о‗zining ommabopligini saqlab qolishiga asosiy sabab quyidagilardir:
1. Odat (privichka) – kо‗plab AT-mutaxassislari faqat kaskadli modellar
о‗rganilayotgan vaqtlarda ta‘lim olganlar, shuning uchun ular hozir ham shundan
foydalanishadi.
17
2. Loyiha ishtirokchilarining (buyurtmachi va bajaruvchi) tavakkalchilik xavfini
oshib ketishi. Kaskadli model har bir bosqichda yakunlangan mahsulotni kо‗zda tutadi:
texnik masala, texnik loyiha, dasturiy mahsulot va foydalanuvchi yо‗riqnomasi. Ishlab
chiqilgan yо‗riqnoma nafaqat keyingi bosqich mahsulotiga bо‗lgan talabni belgilaydi,
balki, tomonlar majburiyatlarini, ishning hajmi va muddatini ham belgilash imkonini
beradi, shuning uchun muddatning yakuniy bahosi va loyiha narxi boshlang‗ich bosqichda,
tekshiruvlar tugaganidan sо‗ng belgilanadi. Kо‗rinib turibdiki, agar AT ga talab loyihani
amalga oshirishda о‗zgarsa, hamda hujjatlarning sifati yuqori bо‗lmasa (talab tо‗liqmas
va/yoki qarama-qarshi), u holda kaskadli modeldan foydalanishning haqiqiyligi
aniqlanishda ikkilanishni keltirib chiqaradi va loyiha ishtirokchilarining javobgarligini
kamaytirish bilan ishda tavakkalchilikni kuchaytiradi. Rasmiy yondoshuvda loyiha
menedjeri faqat spetsifikatsiyadagi talablarni amalga oshiradi, biznesning real ehtiyojiga
emas, hujjatlarga suyanadi. DT ni ishlab chiqishda shartnomaning ikkita asosiy turi
mavjud. Birinchi tur, belgilangan hajmdagi ishni belgilangan summada, belgilangan
muddatda bajarilishini kо‗zda tutadi (fixed price). Ikkinchi tur esa ishning vaqt bо‗yicha
tо‗lovini kо‗zda tutadi (time work). Shartnomaning u yoki bu turini tanlash masalaning
aniqlanish darajasiga bog‗liq. Kaskadli model belgilangan bosqichli va ularning natijalari
bilan shartnomani ishning natijasi bо‗yicha tо‗lov qilishga tuzish uchun eng yaxshisidir.
Shartnomaning aynan mana shu turi loyihaning tо‗liq bahosini toki yakunlangunga qadar
olish imkonini beradi. Integrallashgan AT ni ishlab chiqish va tadbiq qilish zaruriy
moliyaviy xarajatlarni talab qiladi, shuning uchun fiksirlangan narxdagi shartnomadan,
ya‘ni ishlab chiqish va tadbiq qilishning kaskadli modelidan foydalaniladi. Spiralli model
ba‘zida tashkilotning AT bо‗limlarida AT larni ishlab chiqishda qо‗llaniladi.
Iteratsion modellardan foydalanishda tadbiq etish muammaolari. Spiral modelni ba‘zi
sohalarda qо‗llab bо‗lmaydi, chunki tо‗liq bо‗lmagan funksionalga ega mahsulotni
qо‗llash/sinash mumkin emas (masalan, harbiy sohalarda, atom energetikasi va h.k.). AT
ni bosqichma-bosqich iteratsion qо‗llash biznes uchun mumkin, lekin tashkiliy
murakkabliklar bilan bog‗liq (ma‘lumotlarni uzatish, hisobli siyosat, foydalanuvchilarni
о‗qitish). Bosqichli iteratsion qо‗llanishda ish haqi sezilarli darajada yuqori bо‗lib,
loyihani boshqarish haqiqiy sa‘natni talab qiladi. Kо‗rsatilgan murakkabliklarni kо‗rib
turib, buyurtmachi ―tizimni bir marta qо‗llash‖ uchun kaskadli modelni tanlaydi.
Tizimni yaratishning har bir bosqichida HS jarayoni kо‗rinishida beriluvchi ishning
belgilangan hajmini bajarilishi kо‗rib chiqiladi. Jarayon kiruvchi ma‘lumotlarni chiquvchi
ma‘lumotlarga о‗zgartiradigan о‗zaro bog‗liq harakatlar tо‗plami sifatida aniqlanadi. Har
bir jarayonning tavsifi yechiladigan masalalarning rо‗yxatini, berilgan ma‘lumotlar va
natijalarni о‗z ichiga oladi.
AT larni loyihalash va ishlab chiqish nazariyasiga eng katta xissani 1970 yillar
о‗rtalarida BSP (Business System Planning – tashkiliy rejalashtirish metodologiyasi)
metodologiyasini taklif qilish bilan IBM kompaniyasi kiritgan. BSP da keltirilgan biznes
jarayonlarni, funksional bо‗linmalarni, ma‘lumotlarni qayta ishlash tizim funksiyalarini,
18
axborot obyektlarini, hujjatlar va ma‘lumotlar bazalarini matritsali kesishmasidan
foydalanib axborotlarni strukturalashtirish usuli hozirgi kunda nafaqat axborot
texnologiyalari loyihalarida, balki biznes jarayonlarni reinjeneringi va tashkiliy
tuzilmalarni о‗zgartirish loyihalarida ham foydalanilmoqda.
BSP jarayonining asosiy qadami, uning ketma-ketligini (oliy rahbariyatdan madad
olish, tashkilot jarayonlarini belgilash, ma‘lumotlar sinflarini belgilash, intervyu о‗tkazish,
intervyu ma‘lumotlarini qayta ishlash va tashkil qilish) barcha rasmiy usullarda uchratish
mumkin, shuningdek amaliyotda foydalanilayotgan loyihalarda ham.
Ma‘lum standartlar orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
- GOST 34.601-90 – avtomatlashtirilgan tizimlarda keng tarqalgan va ularni
yaratishda bosqichlarni о‗rnatadi. Bundan tashqari, standartda har bir bosqichdagi ish
mundarijasini tavsifi joy oladi. Ishning standartda belgilangan bosqichlari yuqori darajada
HS ning kaskadli modeliga mos keladi;
- ISO/IEC 12207:1995 – HS jarayonidagi va tashkil etishdagi standart. Buyurtma
qilingan dasturiy ta‘minotlarni barcha kо‗rinishida tarqalgan. Standart fazalar va
bosqichlar tavsifini о‗z ichiga olmaydi;
- Custom Development Method (Oracle usuli) amaliy AT larni ishlab chiqish
bо‗yicha – loyiha hujjatlarini tayyorlash darajasigacha detallashtirilgan, Oracle ni qо‗llash
bilan loyihada foydalanish kо‗zda tutilgan texnologik material. HS ning klassik modeli
uchun CDM qо‗llaniladi (ishlar/masalalar va bosqichlar kо‗zda tutilgan);
- Rational Unified Process (RUP) – о‗z ichiga quyidagi tо‗rtta fazani olgan ishlab
chiqishning iterativ modelini taklif etadi: boshlanish, tadqiq etish, qurish va tadbiq etish.
Har bir faza bosqichlarga (iteratsiyaga) bо‗linishi mumkin, natijada ichki yoki tashqi
foydalanish uchun versiya hosil bо‗ladi. Tо‗rtta asosiy fazadan о‗tish ishlab chiqish sikli
deyiladi, har bir sikl tizim versiyasining ishga tushishi bilan yakunlanadi. Agar shundan
keyin ham loyiha ustidagi ish yakunlanmasa, u xolda olingan mahsulot rivojlanishda
davom etadi va о‗sha fazalar yangitdan takrorlanadi. Ishning RUP ramkasidagi maqsadi –
bu modellarni UML bazasida yaratish va kuzatib borishdir;
- Microsoft Solution Framework (MSF) – RUP bilan kо‗prik, shuningdek tо‗rtta
fazaga ega: tahlil, loyihalash, ishlab chiqish, barqarorlashtirish (stabilizatsiya). Obyektga
mо‗ljallangan modellashtirish kо‗zda tutilgan. MSF ni RUP bilan solishtirganda katta
qismi biznes ilovalarni ishlab chiqish uchun mо‗ljallangan;
- Extreme Programming (XP) – Ekstremal dasturlash (qaralayotgan metodologiyalar
ichida eng yangi vosita) 1996 yilda tashkil topgan.
Bazaviy xalqaro ISO/IEC 12207 standart bilan mos ravishda DT HS ning barcha
jarayonlari uchta guruhga bо‗linadi:
1. Asosiy jarayon:
- ixtiro;
- yetkazib berish;
- ishlab chiqish;
19
- ekspluatatsiya qilish;
- kuzatib borish.
2. Yordamchi jarayonlar:
- hujjatlashtirish;
- konfiguratsiyalarni boshqarish;
- sifatini ta‘minlash;
- muammolarga ruxsat berish;
- audit;
- attestatsiya;
- qо‗shma baho;
- verifikatsiY.
3. Tashkiliy jarayonlar:
- infrastruktura yaratish;
- boshqarish;
- о‗qitish;
- rivojlantirish.
2.1-jadvalda HS jarayonlarining taxminiy tavsiflari keltirilgan. Yordamchi jarayonlar
asosiy jarayonlarni bajarishni, loyiha sifatini ta‘minlashni, verifikatsiyani tashkillash-
tirishni, DT tekshirish va sinashni qо‗llab-quvvatlash uchun mо‗ljallangan. Tashkiliy
jarayonlar masalalarni va harakatlarni aniqlaydi.
ISO/IEC 12207 standartini amalaiy qо‗llashni qо‗llab-quvvatlash uchun bir qator
hujjatlar ishlab chiqilgan: ISO/IEC 12207 uchun qо‗llanma (ISO/IEC TR 15271:1998
Information technology - Guide for ISO/IEC 12207) va loyihalarni boshqarishda ISO/IEC
12207 ni qо‗llash bо‗yicha qо‗llanma (ISO/IEC TR 16326:1999 Software engineering -
Guide for the application of ISO/IEC 12207 to project management).
Tablitsa 2.1. Soderjaniye osnovnix protsessov JS PO IS (ISO/IEC 12207)
Protsess
(ispolnitel
protsessa)
Deystviya
Vxod
Rezultat
Priobreteniye
(zakazchik)
1.
Initsiirovaniye
2.
Podgotovka
zayavochnix predlojeniy
3.
Podgotovka
dogovora
4.
Kontrol
deyatelnosti postavshika
1.
Resheniye o
nachale rabot po
vnedreniyu IS
2.
Rezultati
obsledovaniya
deyatelnosti
zakazchika
Texniko-
ekonomicheskoye
obosnovaniye vnedreniya
IS
Texnicheskoye
zadaniye na IS
Dogovor na
20
5.
Priyemka IS
3.
Rezultati analiza
rinka IS/ tendera
4.
Plan postavki/
razrabotki
5.
Kompleksniy
test IS
postavku/ razrabotku
Akti priyemki
etapov raboti
Akt priyemno-
sdatochnix ispitaniy
Postavka
(razrabotchik
IS)
Initsiirovaniye
Otvet na
zayavochniye
predlojeniya
Podgotovka
dogovora
Planirovaniye
ispolneniya
Postavka IS
Texnicheskoye
zadaniye na IS
Resheniye
rukovodstva ob
uchastii v razrabotke
Rezultati tendera
Texnicheskoye
zadaniye na IS
Plan upravleniya
proyektom
Razrabotannaya
IS i dokumentatsiya
Resheniye ob
uchastii v razrabotke
Kommercheskiye
predlojeniya/
konkursnaya zayavka
Dogovor na
postavku/ razrabotku
Plan upravleniya
proyektom
Realizatsiya/
korrektirovka
Akt priyemno-
sdatochnix ispitaniy
Razrabotka
(razrabotchik
IS)
Podgotovka
Analiz trebovaniy
k IS
Proyektirovaniye
arxitekturi IS
Razrabotka
trebovaniy k PO
Proyektirovaniye
arxitekturi PO
Detalnoye
proyektirovaniye PO
Kodirovaniye i
testirovaniye PO
Integratsiya PO i
kvalifikatsionnoye
testirovaniye PO
Integratsiya IS i
kvalifikatsionnoye
testirovaniye IS
Texnicheskoye
zadaniye na IS
Texnicheskoye
zadaniye na IS, model
JS
Texnicheskoye
zadaniye na IS
Podsistemi IS
Spetsifikatsii
trebovaniya k
komponentam PO
Arxitektura PO
Materiali
detalnogo
proyektirovaniya PO
Plan integratsii
PO, testi
Arxitektura IS,
PO, dokumentatsiya na
IS, testi
Ispolzuemaya
model JS, standarti
razrabotki
Plan rabot
Sostav podsistem,
komponenti
oborudovaniya
Spetsifikatsii
trebovaniya k
komponentam PO
Sostav
komponentov PO,
interfeysi s BD, plan
integratsii PO
Proyekt BD,
spetsifikatsii interfeysov
mejdu komponentami PO,
trebovaniya k testam
Teksti moduley PO,
akti avtonomnogo
21
testirovaniya
Otsenka
sootvetstviya kompleksa
PO trebovaniyam TZ
Otsenka
sootvetstviya PO, BD,
texnicheskogo kompleksa
i komplekta
dokumentatsii
trebovaniyam TZ
Keyinroq tizimning HS jarayonlari uchun standart (ISO/IEC 15288 System life cycle
processes) ishlab chiqargan bо‗lib, 2002 yilda nashr qilingan. Standartni ishlab chiqishga
turli soha mutaxassislari jalb etilgan: tizimli muhandislik, dasturlash, sifatni boshqarish,
inson resurslari, xavfsizlik va boshqalar. Hukumat, savdo, harbiy va akademik
tashkilotlarda tizim yaratish texnologiyalari hisobga olindi. Standartni tizimning keng
sinflariga qо‗llaniladi, lekin uning asosiy yо‗naltirilganligi – bu kompyuterlashtirilgan
tizimlar yaratishni qо‗llab-quvvatlashdan iborat.
HS strukturasiga ISO/IEC standarti 15288 seriyasiga muvofiq quyidagi jarayonlar
guruhini qо‗yish mumkin:
Shartnomaviy jarayon:
-
ixtiro (ichki yechim yoki tashqi yetkazib beruvchi yechim);
-
ta‘minlash (ichki yechim yoki tashqi yetkazib beruvchi yechim);
Korxona jarayoni:
-
korxona atrof-muhitini boshqarish;
-
investitsion boshqaruv;
-
AT ning HS ni boshqarishi;
-
resurslarni boshqarish;
-
sifatni boshqarish.
Texnik jarayonlar:
-
talablarni aniqlash;
-
talablarni tahlillash;
-
arxitekturalarni ishlab chiqish;
-
tadbiq qilish;
-
integratsiya;
-
verfikatsiya;
-
о‗qitish;
-
attestatsiya;
-
ekspluatatsiya;
-
kuzatib borish;
22
-
foydalanish.
Maxsus jarayonlar:
- masala va maqsaddan kelib chiqib, о‗zaro bog‗liqliklarni aniqlash va о‗rnatish.
ISO/IEC 15288 standartida kо‗zda tutilgan tizimlarni yaratish bosqichlari yuqorida
kо‗rib о‗tilganlarda bir qancha farq qiladi. Yakunlanish momentiga yetkazib borishi shart
bо‗lgan bosqichlar va asosiy natijalar rо‗yxati 2.2-jadvalda keltirilgan.
Tablitsa 2.2. Stadii sozdaniya sistem (ISO/IEC 15288)
№
p/p
Stadiya
Opisaniye
1
Formirovaniye
konsepsii
Analiz potrebnostey, vibor konsepsii i proyektnix resheniy
2
Razrabotka
Proyektirovaniye sistemi
3
Realizatsiya
Izgotovleniye sistemi
4
Ekspluatatsiya
Vvod v ekspluatatsiyu i ispolzovaniye sistemi
5
Podderjka
Obespecheniye funksionirovaniya sistemi
6
Snyatiye s
ekspluatatsii
Prekrasheniye ispolzovaniya, demontaj, arxivirovaniye
sistemi
Do'stlaringiz bilan baham: |