Strategik axborot tizimlari – kompyuter axborot tizimi, tashkilotning strategik
kelajakka mо‗ljallangan rivojlanish maqsadida qarorlar qabul qilish tatbiqini
ta‘minlashdir.
Strategik darajadagi axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilarga
strukturlashmagan masalalarni yechishga yordam beradi, uzoqqa mо‗ljallangan rejalarni
amalga oshiradi. Asosiy vazifasi – voqiylikni tashqi muhitda о‗zgarishlarni firmaning
mavjud potensiali bilan solishtiradi. Ular birdan kо‗zda tutilmagan vaqtda hosil bо‗lgan
viziyatlarda kompyuter telekomunikatsion qо‗llab-quvvatlashlashining umumiy muhitini
yaratadi. Mukammallashgan dasturlardan foydalanadi, bunday tizimlar juda kо‗p
8
manbadan ihtiyoriy vaqtda axborotni taqdim qila oladi. Ba‘zi strategik tizimlarning
chegaralangan analitik imkoniyatlari mavjud.
Dasturiy ta‘minot qо‗llanishi jihatidan bir qator tipik AT larining arxitekturasini
ajratish mumkin.
An‘anaviy arxitektur yechimlar belgilangan fayl-server yoki ma‘lumotlar bazasi
serverlarini
foydalanishga
asoslangan.
Shuningdek,
Internet
(Intranet-ilovalar)
texnologiyalariga asoslangan korporativ axborot tizimlari arxitekturasi variantlari mavjud.
Keyingi axborot tizimlarining kо‗rinishi sifatida (DataWarehouse) «ma‘lumotlar ombori»
konsepsiyasiga asoslangan – integrallashgan axborot muhiti turli axborot resurslarini о‗z
ichiga oladi. Oxirida, global tarqalgan axborot ilovalar qurishda obyektga mо‗ljallangan
uslub asosida integrallan axborot-hisoblash komponentalari arxitekturasidan foydalaniladi.
Avtomashtirilgan boshqarish axborot tizimlari industriyasini yaratish fikri 1950-1960
yillarda tug‗ilgan va asr oxiriga kelib tugallangan shaklda namoyon bо‗ldi.
Birinchi bosqichda AT loyihalash asosiy uslubi, tizim ilovalar jamlanmasi sifatida
yaratila boshlaganda, «yuqoridan-quyiga» metodiga asoslangan, chunki bu vaqtda korxona
faoliyatini qо‗llash juda kerak edi. Bu loyihalarning asosiy maqsadi, konkret tashkilotni
joriy talablariga xizmat qilish uchun, kо‗paytiriladigan mahsulotni yaratish edi. Bu uslub
hozirgi kunda ham saqlanayotir. «Loskudli avtomatlashtirish» doirasida yetarli darajada
alohida
funksiyasining
ta‘minoti
qо‗llanadi,
lekin
strategik
rivojlanish
avtomatlashtirishning kompleks tizimi amaliyotida butunlay mavjud emas, ammo
funksional nimtizimlarni birlashtirish alohida va yetarli murakkab muammoga aylanayotir.
Avtomatlashtirish uchun alohida bо‗lim va boshqaruv tashkil etib, korxonalar
о‗zining kuchlari bilan «(obustroitsya) imkonli bо‗lish» yaratishga intilishdi. Ammo
davriy ravishda ishlash texnologiyasining о‗zgarishi va lavozim yо‗riqnomasidagi
murakkablik, bir ma‘lumotlarning turli foydalanuvchilarda turli talqin qilishi, uzluksiz
ravishda dasturiy mahsulotni kamchiliklarini tо‗ldirishga va yangidan-yangi alohida
ishlovchilarning hoxishlarini bajarish tо‗g‗ri keladi. Natijada dasturchilar ishi,
yaratilayotgan AT larining ba‘zi rahbarlari va tizim foydalanuvchilari о‗rtasida norozilikka
sabab bо‗ldi.
Keyingi bosqich faktlarni tushunish bilan bog‗liq bо‗lib, turli korxona va muassasalar
faoliyatini avtomatlashtirishga mо‗ljallangan standart dasturlarga bо‗lgan talab yetarli
darajada emasligidadir. Ishlab chiquvchilar hamma spektr muammolardan kо‗proq
tanilganlarini
ajratganlar:
buxgalter
analitik
hisobi
va
texnologik
jarayon
avtomatlashirishini olib borish. Tizimni loyihalashni «yuqoridan-quyiga» qarab
boshlashgan, ya‘ni bitta dastur kо‗p foydalanuvchilarning talablarini qondirish kerak.
Universal dasturdan foydalanish ma‘lumotlar bazasi strukturasini, ekran shakli,
hisoblash algoritmlarini tanlashda yaratuvchilarga cheklovlarni qо‗yishga majbur qiladi.
«Yuqoridan» qо‗yilgan qattiq talab korxonaning faoliyatiga quyushqoq (gipkiy)
adaptatsiya qilishga yо‗l bermaydi: texnologik, analitik va ishlab chiqarishni,
ma‘lumotlarni ishlov beruvchi kerakli protseduralarni, har bir ishchi о‗rin funksiyasi va
9
konkret foydalanuvchi texnologiyasini interfeysini ta‘minlashni yetarli darajada chuqur
hisobga ololmaydi. Bu masalalarni yechishda tizimni tо‗ldirish uchun kо‗p mehnat talab
qilinadi. Shunday qilib, material va vaqt xarajatlari buyurtmachining rejalashtirgan
kо‗rsatkichlaridan tizimni qо‗llashgacha kо‗proq sarflanishga olib keladi.
Statistik ma‘lumotlarga kо‗ra, Standish Group (AQSH) yiqqan, 8380 loyihadan, 1994
yilda AQShda tashhiz qilinganda, 30 loyiha muvaffaqiyatsiz bо‗ldi, umumiy xarajat 80
milliard dollardan oshib ketdi. Bunda 16% loyiha о‗z vaqtda bajarilgan holos, byudjetda
rejalashtirilganga qaraganda 189% harajat kо‗p bо‗ldi.
Shu vaqtda, AT buyurtmachilari, korporativ ma‘lumotlarni о‗z faoliyatining
boshqarish va rejalashtirishni ta‘minlash maqsadida, yana kо‗proq talablarni qо‗ya
boshlashdi.
Shunday qilib, axborot tizimlarini qurishning yangi uslublarini zaruratini yaratdi.
Maqsad AT loyihalashning reglamentatsiyasi uslubi shundayki, boshqaruv jarayonini,
AT talablarini bajarilishini kafolatli, shuningdek ishlab chiqish jarayonini tavsiflanishini
ta‘minlashdir. Asosiy maqsad, ularni yechimi korporativ AT loyihalash uslubiga mos
kelishi kerak:
- korporativ AT yaratishni ta‘minlash, tashkil etishning maqsad va vazifalariga javob
berishi, shuningdek ishbilarmon buyurtmachi jarayonlarini avtomatlashtirish talablariga
mos kelishi;
- tizimni yaratishga kafolat о‗rnatilgan loyiha byudjeti doirasida va berilgan vaqtda
sifatli bо‗lishi kerak;
- bilimli rahbar yо‗lboshchiligida tizimni rivojlantirish va imkonini oshirishga;
- yaratilayotgan AT da mavjud axborot tashkilot infrastrukturasida ishlab chiqish
doimiyligini ta‘minlash.
Uslubni qо‗llanishi AT yaratish jarayoni, jarayonni tо‗liq va aniq bayon qilish
hisobiga, shuningdek zamonaviy metod va texnologiyalarni AT yaratishning AT ni butun
hayot siklida – fikrlashdan tortib tatbiq etilgunga qadar murakkabliklarini kamaytirishga
xizmat kilishi kerak.
AT loyihalash uch asosiy sohani о‗z ichiga oladi:
- ma‘lumotlar obyektini loyihalash, ular ma‘lumotlar bazasida tatbiq etiladi;
- dasturni loyihalash, ekran shakli, hisobot, ular ma‘lumotlarga bо‗lgan sо‗rovni
ta‘minlaydi;
- konkret muhit yoki texnologiyani hisoblash, ya‘ni tarmoq topologiyasi, apparat
vosita konfiguratsiyasi, arxitektura foydalaniladigan ( fayl-server yoki mijoz-server),
parallel ishlov berish, tarqalgan ma‘lumotlarga ishlov berish va hokazo.
Axborot tizimini loyihalash doimo loyiha maqsadini aniqlashdan boshlanadi.
Umumiy holda loyihaning maqsadi bir-biriga bog‗liq masalalarni yechishni aniqlash,
tizimni ishga tushirishdan boshlab undan foydalanish davrida ta‘minlashni о‗z ichiga
oladi:
10
- tizimning funksionalligi talab qilinadi va ishlatish davomida о‗zgarish sharoitlariga
moslashish;
- talab qilingan tizimni о‗tkazuvchilik imkoniyati;
- talab qilingan vaqtda tizimni sо‗rovga reaksiyasi;
- tizimni tо‗xtamay ishlashi;
- zaruriy darajadagi xavfsizlik;
- foydalanishning soddaligi va tizimni qо‗llab-quvvatlashi.
Zamonaviy uslubga asosan, AT yaratish jarayoni qurish va AT hayot sikli (HS)
bosqichlari ketma-ket davom etadi. HS ning har bir bosqichida tashkilot xususiyatiga mos
model yaratiladi, AT bо‗lgan talab, AT loyihasi, ilovaga bо‗lgan talab va hokazo.
Modellar loyiha ishchi guruh jamoasi shakllantiradi. Modellarni yaratish, ularni nazorati,
jamoa foydalanishiga о‗tkazish va topshirish maxsus CASE-vosita dastur ishlatish orqali
amalga oshiriladi.
AT ni yaratish jarayoni bir qator bosqichlarga bо‗linadi va ba‘zi vaqt doirasi bilan
chegaralangan va konkret mahsulotni chiqarish bilan tugallanadi (modellar, dasturiy
mahsulot, hujjatlar va hokazo).
Odatda quyidagi AT yaratish bosqichlari belgilanadi: tizimga talablar shakllanishi,
loyihalash, tatbiq etish, test olish, harakatga keltirish, foydalanish va kuzatish [1, 2].
AT yaratishning boshlang‗ich bosqichi, tashkilotda bajariladigan va uning maqsad va
masalalarini tatbiq etadigan biznes-jarayonni modellash hisoblanadi. Tashkilot modeli,
biznes-jarayon terminida bayon qilingan, qolgan talablarni shakllantirishga imkon beradi.
Bu obyektivlikni ta‘minlashda tizimni loyihalash uchun talablarni ishlab chiqishda
metodologiyaning fundamentalligidir. AT talablarining modellar tо‗plami bayoni
keyinchalik, konseptual AT loyihasini bayon qiluvchi, tizimning modeliga о‗tadi. AT
arxitekturasi modeli shakllanadi. Keyin dasturiy ta‘minot (DT) arxitekturasi va axborot
ta‘minoti shakllanadi, korporativ MB ajratiladi va alohida ilovalar, ilovalar uchun talablar
modeli va ularni ishlab chiqishga olib kelinadi, test olish va integratsiya shakllanadi.
AT yaratishning bashlang‗ich maqsadi, tashkilotning faoliyatini tahlil qilish stadiyasi
bajariladi, ya‘ni bunda AT shakllanishi uchun talablarni ishlab chiqish, buyurtmachi
tashkilotining maqsad va masalalarini tо‗g‗ri va aniq akslantirishi kerak. Tashkilot
talablariga javob bera oladigan AT yaratish jarayonini tasniflash uchun, bu talablar kanday
yakunlanishini tushuntirish va aniq ifodalash zarur bо‗ladi.
AT ga bо‗lgan talabni shakllantirish masalasi juda muhim bо‗lib, chunki u qiyin
shakllanadigan va qimmat hamda xatolikka yо‗l qо‗yilganda uni bartaraf etish uchun
murakkab bо‗lgan masalalardan biridir. Zamonaviy instrumental vositalar va dasturiy
maxsulotlar AT ni tayyor talablar bо‗yicha yetarlicha tezkorlik bilan yaratish imkonini
beradi. Lekin, kо‗pgina holatlarda bu sistemalar buyurtmachini qoniqtirmaydi, kо‗plab
tо‗ldirishlarni talab qiladi va AT ning faktik narxini keskin kо‗tarilib ketishiga olib keladi.
Buning asosiy sababi tahlil vaqtida AT ga bо‗lgan talabni notо‗g‗ri, noaniq va tо‗liq
bо‗lmagan holda aniqlanishi bо‗lib hisoblanadi.
11
Loyihalashtirish bosqichida eng avval ma‘lumotlar modeli tashkil qilinadi.
Loyihachilar boshlang‗ich axborot sifatida tahlil natijalarini olishadi. Ma‘lumotlarning
mantiqiy va fizik modellarini qurish ma‘lumotlar bazasini loyihalashning asosiy qismi
bо‗lib hisoblanadi. Tahlillar jarayonida olingan axboraivy model avval ma‘lumotlarning
mantiqiy modeliga, sо‗ngra esa fizik modeliga aylantiriladi.
Ma‘lumotlar bazasining sxemasini loyihalash bilan parallel ravishda AT ning barcha
modullarining tasnifini olish uchun jarayonlarni loyihalash ham bajariladi. Loyihalashning
bu ikkala jarayoni ham bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Jarayonlarni loyihalashning
bosh maqsadi AT modullarida tahlil bosqichida olingan funksiyani tasvirlashdan iborat.
Modullarni loyihalashda dastur interfeysi aniqlanadi: menyuning joylashishi, oyna
kо‗rinishi va h.k.
Loyihalashning yakuniy mahsuloti bо‗lib quyidagilar hisoblanadi:
- ma‘lumotlar bazasining sxemasi (tahlil bosqichida ishlab chiqilgan ER-modeliga
asoslangan);
- tizim modullarining tasniflari tо‗plami (ular funksiya modellari bazasida quriladi).
Undan tashqari loyihalash bosqichida operatsion tizim va platforma tanlovini о‗z
ichiga oluvchi AT arxitekturasini ishlab chiqishni ham amalga oshiradi.
Bir turli bо‗lmagan AT da har xil operatsion tizim yordamida boshqariluvchi bir
nechta har xil apparatli platformalarda kompyuterlar ishlashi mumkin. Bundan tashqari
platforma tanlovi loyihalash boshqaruvida arxitekturani quyidagi tavsiflari aniqlanadi:
- bu arxitektura ―fayl-server‖ yoki ―mijoz-server‖ bо‗ladimi;
- bu arxitektura 3-darajali quyidagi qatlamli bо‗ladimi: server, oraliq qatlamli DT
(ilova serveri), mijoz DT;
- ma‘lumotlar bazasi markaziy yoki tarqatmali bо‗ladimi. Agar ma‘lumotlar bazasi
tarqatmali bо‗lsa, u holda qо‗llab-quvvatlash mexanizmlaridan qaysi biri foydalaniladi:
ma‘lumotlarni keluvchanligi yoki aktualligi;
- ma‘lumotlar bazasi bir turli bо‗lsa, ya‘ni barcha ma‘lumotlar serverlari bittagina
ishlab chiqaruvchining mahsuloti bо‗lsa (barcha serverlar oracle yoki barcha serverlar
faqat DB2 (Data Base-ma‘lumotlar ombori) va UDB). Agar ma‘lumotlar bazasi bir turli
bо‗lmasa, u holda qanday dasturiy ta‘minot (DT) har xil tashkilotlarda ishlab chiqilgan
MBBT (ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari) larda ma‘lumotlar almashinishi
uchun qо‗llaniladi. Talab etilgan ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun ma‘lumotlar bazasini
parallel serverlari (oracle parallel server, DB2, UDB) foydalaniladimi.
Loyihalash bosqichi AT texnik loyihasini ishlab chiqish bilan tugallanadi.
Sinash bosqichida tizimni DT i, texnikaviy qurilmalarni о‗rnatish, foydalanish
hujjatlarini yaratish kabilar amalga oshiriladi.
Testlash (birma-bir sinash) bosiqichi odatda vaqt bо‗yicha tarqalgan bо‗ladi.
Alohida bir modulni yaratish tugallanganda quyidagi ikki maqsadni kо‗zlovchi
avtonom test о‗tkaziladi:
- moduldagi tо‗xtalish (jiddiy xatolik) kuzatilishi;
12
- modul maxsusliklariga mosligi (barcha zaruriy funksiyalar mavjudligi, ortiqcha
funksiyalarning yо‗qligi).
Avtonom test muvaffaqqiyatli о‗tgandan keyin u tizimning ishlab chiqilgan qismiga
qо‗shiladi va ishlab chiqilgan modullar guruhi aloqa testidan о‗tadi.
Ulardan keyin modullar guruhi ishining mukamalligiga testlantiriladi, ya‘ni,
birinchidan tizim tо‗xtalishlarini moslovchi testlar, ikkinchidan tо‗xtalishlarga javoblar
tekshiriladi. Birinchi guruh testlar dasturiy ta‘minot tо‗xtalishdan keyin qanday
tiklanishini hamda apparatli ta‘minot tо‗xtalishini aniqlaydi. Ikkinchi guruh testlari esa
ishlash davomida tizimni turg‗unligini aniqlaydi va tizimni tо‗xtalishsiz ishlash vaqtini
baholab beradi. Turg‗unlik testlarining kopmlektiga tizimga eng yuqori kuch qо‗yilganida
ham moslashtiruvchi testlar kiritiladi.
Undan keyin modullarning barcha komplekti tizimli testdan о‗tadi, ya‘ni mahsulot
mahsulotni sifat darajasini kо‗rsatuvchi ichki qabul testidan о‗tadi.
Modullarning barcha tо‗plamlari tizimli testdan о‗tadi, ya‘ni mahsulotning sifat
darajasini kо‗rsatuvchi ichki qabul test. Bu yerga tizimning fuksionalligi va ishonchliligi
testlari kiradi.
AT ning sо‗nggi testi – topshiruv-oldi sinovi. Bunday test AT buyurtmachiga
kо‗rsatishdan iborat va barcha testlar guruhlarini о‗z ichiga oladi. Shu bilan ishlab
chiqilgan mahsulot buyurtmachining barcha talablariga mosligi aniqlanadi.
AT yaratilish jarayonini bunday tekshirilishini zaruriy barcha maqsadlar amalga
oshirilganligi va turli cheklovlarga mosligini kafolatlab, bu sohaga dasturchi muhandislar
usul va ta‘minotlarini (tarkibiy tahlil, obyektga yо‗naltirilgan modellashtirish, CASE-
tizim) keng qо‗llanishga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |