Kompyuterlar paydo bo‘lishidanoq parollar operatsion tizimlar va servislar ishiga
kiritilgan. Agar undan to‘g‘ri foydalanilsa ko‘pchilik tashkilotlarda bu servis
yetarlicha xavfsizlik ta’minotini berishi mumkin. Shunga qaramay bu servis
autentifikatsiyaning eng zaif bo‘laklaridan hisoblanadi. Chunki parolni oson eslab
qolish uchun uni odatda sodda, sevimli ibora, yaqinlarning ismi, muhim sana va
boshqa o‘ziga yaqin ma’noli so‘zlardan foydalaniladi. Parol kirituvchini yaxshi
bilgan yomon niyatli shaxs bunday parollarni osongina topa olishi mumkin.
kuzatayotgan odamning o‘ta maxfiy seyfi parolini osongina topgani (chunki o‘sha
odam «karamba» so‘zini ko‘p ishlatar ekan) haqida ma’lumot bor. Ba’zan
parollarni yashirib ham o‘tirmaydilar, chunki u tizim o‘rnatilganidan beri
o‘zgarmagan va tizim hujjatlarida ko‘rsatilganicha qolgan bo‘ladi.
Parollarni kuzatish yo‘li bilan yashirincha ko‘rib olish (masalan, masofadan
turib durbin orqali, orqa o‘girib terilayotgan parolni esa ko‘zgudagi aksidan ko‘rib
va hokazo usullar bilan), bu haqda bilgan hamkasblardan (ko‘pincha biror zarurat
bilan – kasal bo‘lganda o‘rniga ishlaganda va hokazo – parolni ularga aytishga
to‘g‘ri keladi) surishtirib bilish mumkin. Aslida bunday holatlardan keyin parol
o‘zgartirilishi yoki boshqa ehtiyot chorasi ko‘rilishi lozim, lekin hayotda ko‘pincha
bunday mayda-chuydalarga ahamiyat berilmaydi. Yana parollarni yozib olib oson
topish mumkin bo‘lgan joylarda, yon daftarchada, kichik qog‘ozga yozib cho‘ntak,
tortma yoki kompyuterning ostida va shunga o‘xshash joylarda saqlash ham
ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Parollarni «qo‘pol kuch ishlatish» usuli, ya’ni
lug‘atdan foydalanib yoki parollarni ketma-ket berib parol izlovchi dasturlar
yordamida topish ham mumkin. Buning uchun shifrlangan va parolli fayllarni
nusxalab olish hamda kerakli parolni bemalol o‘z kompyuteringizda izlab topib,
shifrni buzib, ma’lumotlarni o‘qib olish mumkin.
Parol himoyasining sifatini oshirish uchun quyidagi choralarga amal qilish
lozim:
- hajm va tarkib talablari (ortiqcha kalta ham, uzun ham bo‘lmasin, imkon
boricha ko‘p elementli harf-belgilar to‘plamidan foydalansin – raqamlar, lotin va
kiril alifbolari, tinish va boshqa maxsus belgilar va hokazo);
- davriy yangilab turish talablari (kuniga, har xaftada, har oyda, dekada - o‘n
kunda va hokazo muxlatlarda);
- parollar fayliga murojaat etishni cheklash talablari (faqatgina shunga xuquqi
borlargina uni ko‘ra olsin);
- noto‘g‘ri terishlar soniga talablar (masalan, uch marta noto‘g‘ri terilgach,
tizim yoki xizmat o‘z ishini to‘xtatishi);
- iste’molchilarni parollar bilan ishlash omillariga o‘qitish;
- parol yaratishda maxsus parol generatorlaridan (ma’lum bir tasodifiy
belgilarning esda qolishi qulay ketma-ketligini yaratib beruvchi dastur) foydalanish
kabi talablarning bajarilishi.
Bu talablar ko‘p marta qo‘llanuvchi parollar uchun. Agar siz faqat bir marta
ishlatiladigan parollardan foydalanadigan bo‘lsangiz, uni bilib olganlarning oldiga
poxol solgan bo‘lasiz. Bu parollar bilan sizni Bellcore kompaniyasining S/KEY
tizimi ta’minlab turadi. Uning g‘oyasi quyidagicha. Aytaylik, qandaydir bir
yoqlama (teskari funktsiyasini qurish oson bo‘lmagan) funktsiya mavjud bo‘lsin va
uni ham server, ham iste’molchi bilsin, yana iste’molchida faqat unga ma’lum
bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: