Birinchi bosqich modelning asosiy obyektlarini bog’lovchi qonunlarini ifodalashdan iborat. Ikkinchi bosqich matematik modeldagi matematik masalalarni tekshirishdan iborat. Uchinchi bosqichda qabul qilingan modelning amaliy mezonlarini qanoatlantirishi aniqlanadi, boshqacha aytganda, kuzatishlar natijasi modelning nazariy natijalari bilan kuzatish aniqligi chegarasida mos kelishi masalasi aniqlandi. To’rtinchi bosqichda o’rganilayotgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarning yig’ilishi munosabati bilan modelning navbatdagi tahlili amalga oshiriladi, takomillashtiriladi va aniqlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |