Ахборот хавфсизлигига бўладиган хавфлар


Ichki obyektlar dastur yaratilishini osonlashtiradi



Download 34,45 Kb.
bet2/3
Sana24.11.2022
Hajmi34,45 Kb.
#872215
1   2   3
Bog'liq
Ma’ruza 3. Python dasturlash tilida satrlar. Python operatorlari.

Ichki obyektlar dastur yaratilishini osonlashtiradi. Oddiy muammolarni hal qilish uchun ko'pincha juda ko'p o'rnatilgan turlar mavjud. Sizning ixtiyoringizda to'plamlar (ro'yxatlar) va qidirish jadvallari (lug'atlar) kabi kuchli vositalar bor, shuning uchun ularni to'g'ridan-to'g'ri ishlatishingiz mumkin. Ular bilan birga siz katta hajmdagi ishni juda qisqa vaqtda bajarsangiz bo'ladi.
Ichki obyektlar — kengaytmalarning tarkibiy qismlari. Python tili sinflari (class) yoki C tili interfeysidan foydalanilgan holda, murakkab muammolarni hal qilish uchun siz o'zingizning obyektlaringizni yaratishingiz mumkin. Biroq, quyida ko'rsatilganidek, qo'lda realizatsiya qilingan obyektlar odatda ro'yxatlar va lug'atlar kabi ichki turlarga asoslangan. Misol uchun, stack tipidagi ma'lumotlar strukturasini yaratish uchun, ro'yxatlarga asoslanib sinf sifatida yozilishi mumkin.
Ichki obyektlar odatda, qo'lda yaratilgan ma'lumotlar tuzilmalaridan ko'ra samaraliroq. Python tilining ichki turlari yuqori tezlikda ishlashga erishish uchun, C tilida amalga oshirilgan optimallashtirilgan ma'lumotlar tuzilmalaridan foydalanadi. Siz bunga o'xshash turdagi tuzilmalarni yaratishingiz mumkin, lekin siz ichki turdagi obyektlar tomonidan taqdim etilgan tezlikka erishish uchun ko'p harakat qilishingiz kerak bo'ladi.
Ichki obyektlar tilning standart qismidir. Python tilida siz o'zingizning obyekt turlarini yaratishingiz mumkin, ammo bu tilni o'rganishning boshida tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, o'rnatilgan komponentlar Python tilining standart tarkibiy qismlari bo'lganligi sababli, ular har doim o'zgarishsiz qoladilar, qo'lda yozilgan tuzilmalar esa vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi. Boshqacha qilib aytganda, o'rnatilgan obyekt turlari nafaqat dasturlash jarayonini soddalashtiradi, balki ular qo'lda yaratilgan turlarning aksariyatiga qaraganda ko'proq samaradorlik va ishlab chiqarishga ega. O'zingizning obyekt turlaringizni yaratsangiz ham, o'rnatilgan obyektlar Pythonda har qanday dasturning yadrosidir.
Python tilidagi asosiy ma'lumotlar turlari
Quyidagi jadvalda Python dasturlash tilining bir qancha ma'lumot turlari keltrilgan va ba'zilarining sintaktik tuzlishi literallar sifatida ko'rsatilgan. Literallar — ma'lumot turlarini yaratish ifodalaridir. Ba'zilari sizga tanish bo'lib ko'rinishi mumkin, ayniqsa siz boshqa dasturlash tillari bilan to'qnash kelgan bo'lsangiz.

Ma'lumot turi

Misol

Sonlar

1234. 3.1415, 2+5j

Satrlar

'foo', "bar", b'a\x01c'

Ro'yxatlar

[3, [4, "foo" ], 5 ]

Lug'atlar

{'foo': 'bar', 'two': 2 }

To'plamlar

(2, 'bar', 4, 'Q')

Fayllar

myfile = open("bar", 'r')

Jamlanmalar (set)

set('abc'), {'1', '2', '3'}

Boshqa ma'lumot turlari

None, mantiqiy qiymatlar

Bu jadvalda barcha ma'lumot turlari ko'rsatilmagan, chunki Python dasturlash tilida qayta ishlanishi kerak bo'lgan hamma ma'lumotlar obyekt hisoblanadi.


Jadvalda keltirilgan obyekt turlarini ko'pincha bazaviy turlar deb atashadi, chunki ular Python dasturlash tiliga tog'ridan tog'ri o'rnatilgan, ya'ni ularning ko'pini yaratish uchun aniq bir sintaksis ishlatish zarur. Masalan, ushbu kod amalga oshayotganda:
>>> 'foobar'
texnik til bilan gapirganda, literal-ifoda (bu misolda: ' ', qo'shtirnoqlar) ishga tushadi va bizga yangi satr obyektini qaytaradi. Shunga o'xshab, kvadrat qavslar orasiga qo'yilgan ifodalar ro'yxat xosil qilsa, gullik qavslar ({ }) esa lug'at yaratadi va hokazo. Ko'rib turganingizdek, tip ko'rsatish konstruksiyasi Pythonda shart emas, sintaksisning o'zi kerakli bo'lgan tip turini yaratdi va ishga tushiradi.

Download 34,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish