Ахборот хақида тушунча, унинг турлари, хусусиятлари. Axborotni kodlash usullari. Kodlarni turlari. Grafik axborotni kodlash



Download 399,7 Kb.
bet2/2
Sana25.12.2019
Hajmi399,7 Kb.
#31559
1   2
Bog'liq
АХБОРОТ РЕСУРСЛАРИ


Grafik axborotni kodlash

Agar oq-qora rangdagi tasvirni kattalashtiruvchi oyna orqali ko‗rsak, u mayda nuqtalar jamlanmasidan tashkil topganini ko‗ramiz.



Bu nuqtalar raster

Raster - bu graphic axborotni kodlash uchun qabul qilingan metod.

Har bir nuqtani chiziqli koordinatasini va individual xususiyatini (yorqinlik darajasini) butun sonlar orqali ifodalash mumkin. Xozirgi kunda oq-qora tasvirning xar- bir nuqtasi , kul rangning 256 xil gradatsiyasi kombinatsiyalaridan biri orqali ifodalanadi.Demak ixtiyoriy nuktani yorqinlik darajasini ifodalash uchun ikkilik sistemasidagi sonning sakkizta razryadi yetarli. Rangli tasvirni kodlash uchun , ixtiyoriy rangni asosiy tashkil qiluvchi ranglarga to‗ldirish prinsipi, ya'ni dekompozitsiya RGB prinsipi qo‗llaniladi. Tashkil qiluvchi rang sifatida qizil (Red, R), yashil (Green, G) va ko‘k (Blue, B) asosiy ranglardan foydalaniladi.Amalda shu asosiy ranglarni mexanik aralishtirish orqali inson ko‗ziga ko‗rinadigan xar qanday rangni xosil qilish mumkin deb xisoblanadi. Kodlashni bu turi RGB sistemasi deyilib, asosiy ranglarni bosh harfi orqali nomlangan. Shunday qilib har bir rangli nuqtani kodlash uchun 24 razryad sarflanadi. Bu kodlash sistemasi 16,5 mln xil rangni o‗zaro bir qiymatli ifodalash imkonini beradi. Rangli tasvirni ikkilik sistemasidagi sonning 24 razryadi orqali ifodalash (True Color) deyiladi. Agar ikkilik razryadini miqdorini kamaytirsak, kodlanuvchi ranglar diapazoni anchagina qisqaradi. Rangli tasvirni ikkilik sonini 16-razryadi orqali kodlash High Color rejimi deyiladi. Rangli nuqtani oldindan aniqlangan , palitra deb ataluvchi jadval elementlariga mos holda kodlash indekslash metodi deyiladi. Bu ranglar jadvalida 256 xil rang keltirilgan.

Ахборотнинг тузилиши ва туркумланиши.

Иқтисодий ахборот тузилиш нуқтаи назаридан иккига бўлинади:



  1. физик тузилиш

  2. мантиқий тузилиш

Физик тузилиш иктисодий ахборотни турли хил ташувчиларида жойлашишини ифодалайди.

Мантиқий тузилиш эса ахборот бўлаклари ўртасидаги ўзаро муносабатларини ифодалайди.

Физик тузилишни ўрганиш учун информатика соҳасига тегишли бўлган махсус фанларни ўрганиш талаб қилинади. Шунинг учун ҳам биз мантиқий тузилишни ўрганиш билан чегараланамиз.

Мантиқий тузилишга кўра ахборот қуйидаги бўлаклардан ташкил топади:



  1. Ахборот тизими.

  2. Ахборот оқими.

  3. Ахборот массиви.

  4. Кўрсаткич.

  5. Реквизит.

Иқтисодий ахборотнинг энг кичик бўлаги реквизит ҳисобланиб, у икки қисмга бўлинади:

  1. Реквизит белги.

  2. Реквизит асос.

Реквизит белги ахборотнинг сифат томонини характерлайди, сўзлар ёрдамида ифодаланади ва мантиқий амалларни бажаради. Масалан: товарнинг номи, операция тури.

Реквизит асос ахборотнинг миқдор томонларини характерлайди, рақамлар ёрдамида ифодаланади ва арифметик амалларни бажаради. Масалан: 10, 250, 1000.

Реквизитлар биргаликда ахборотнинг юқори бўлаги - кўрсаткични ташкил қилади. Масалага тегишли бўлган бир хил кўрсаткичлар ахборот массивларини ташкил қилади.

Ахборот массивлари ахборот оқимини, оқимлар эса ахборот тизими системасини ташкил қилади.

Ҳозирги кунга қадар ахборот туркумланишининг ягона тизими яратилган эмас. Умумий холда иқтисодий ахборот қуйидаги белгиларга кўра гуруҳларга ажратилади.


  1. Бошқариш функцияларига кўра:

а) режалаштириш,

б) ҳисобот олиш,

в) назорат қилиш,

г) иқтисодий тахлил.

каби ахборот гурухларига бўлинади.
2.Фаолият кўрсатиш сохасига кўра:

а) қишлоқ хўжалиги;

б) саноат;

в) савдо;

г) транспорт;

д) алоқа.

ва бошқа ахборот гуруҳларига бўлинади.


  1. Турғунлик даражасига кўра:

а) доимий,

б) шартли доимий,

в) ўзгарувчан.

ахборотларга бўлинади.

4.Объектга тааллуқлигига кўра:

а) ички, ташқи ахборот;

б) кирувчи, чиқувчи ахборотларга бўлинади.


  1. Тўлиқлик даражасига кўра:

а) етарли;

б) тўлиқ бўлмаган;

в) ортиқча ахборотларга бўлинади.


  1. Ифодаланиш усулига кўра:

а) харф рақамли;

б) жадвалли;

в) чизмали;

г) сигналли ахборотга бўлинади.



Xulosa

Kodlash ma`lumotlarni yuborishdagi xavfsizlik darajasi bilan ajralib turadi. Ma`lumotlar kodlanganda shuni etiborga olish zarurki kodlangan ma`lumot hajmi hech qachon asl ma`lumot hajmiga qaraganda kichik bo`lmaydi. Yoki teng yoki katta bo`ladi. Ma`lumotlarni kodlashda asosan ikki xil turdagi usul, yani aparatli va dasturli usullardan foydalaniladi. Aparat usul dasturli usulga qaraganda o`zining tezligi bilan ajralib turadi. Dasturli usul esa o`zining o`zgartirish kiritilishi bilan ustunlik qiladi.

Kompyuterlarda foydalanuvchining ayrim predmet sohalaridagi amaliy ilovasini ishlab chiqishda Axborotlar ta’minoti muhim o’rin tutadi. Iqtisodiy Axborotlar hususiyati Axborot dolzarbligiga, ishonchligiga, kirishning oddiyligiga va Axborotni izlash tezligiga nisbatan yuqori talablarni qo’yish bilan ajralib turadi. Axborotlar ta’minotining asosiy maqsadi foydalanuvchi vazifasini hal etish uchun zarur ma’lumotlarning butun to’plamini mashinaviy tashuvchilarda ishonchli saqlash va ushbu ma’lumotlarga qulay kira olishdir.

Foydalanuvchining vazifasini hal qilish jarayonida Axborotlar ta’minoti masalasiga ishlanmaning nisbatan mustaqil va muhim qismi sifatida qaraladi. Zarur Axborotlar tarkibi va tashkil etilishi bo’yicha nomashinaviy va mashinaviy ichki sohala-rida qaror qabul qilinadi.

Bu shu narsa bilan izohdanadiki, ilk Axborotlar mashinadan tashqari muhitda, boshqaruvchi shahsning qaror qabul qilish ja­rayonida hrsil bo’ladi. Odatda, ilk Axborotlar nomashinaviy soha hujjatlarida qayd etiladi.

Kompyuterda foydalanuvchining amaliy ilovasini yaratish va u bilan ishlash uchun nomashinaviy soha muloqotlari mashi­naviy sohaga o’tqazilishi keraq U erda mashina ichki Axborotlar bazasini tashkil etadi.



ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:


  1. М. Икромов “Автоматлаштирилган бошқариш системалари”. Т.:”Ўқитувчи” 1992 й.

  2. “Бошқарув жараёнларининг ахборотли технологияси”. Ўқув қўлланма. 1994 йил.

  3. С.С.Гуломов ва б. «Ахборот тизимлари ва технологиялари». 2000.

  4. Абдувоҳидов А. М., Позилов Б. К. «Замонавий ахборот технологияси». - Т.: 1999.

Download 399,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish