Ахборот – комуникация технологиялари воситасида ўқувчиларнинг ўқув – билув мотивларини шакллантиришнинг илмий – назарий асослари



Download 1,1 Mb.
bet41/56
Sana08.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#334312
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi n

Psixologik-pedagogik talablar


Mazmuni







1.

Mazmunniig ilmiyligi

Pedagogika, psixologiya nazariyasining asosiy tamoyillarini xisobga olgan holda ta'limiy faoliyatning mazmunini uning maqsadiga mosligini ta'minlaydi.







2.

Ochiqliq (ammaboplik)

Faoliyatni boshqarishning ixtiyoriy usulini tatbiq qilish imkoniyati; ta'lim maqsadlariga mos keluvchi tanlashning mavjudligi;







3.

Maqsadga yo‘nalganlik

Ta'lim va tarbiyaviy faoliyatning yaqin va uzoq maqsadlari, maqsadga erishish darajalari haqidagi doimiy axborotlar bilan ta'minlash.







4.

Faoliyatni

hamkorlikda olib borishni ta'minlash

Resurslardan imkon qadar hamkorlikda foydalanish imkoniyatini berishi lozim.







5.

Kirish nazoratining

Mavjudligi

Ta'lim va tarbiyaviy faoliyatni individuallashtirish maqsadini tashhisli o‘rnatish, shuningdek talab qilingan birinchi yordamni ko‘rsatish;







6.

Motivlash-

tirishni ta'minlash

Ta'lim va tarbiyaviy faoliyatning shakllari, yuqori ko‘rgazmalilik, o‘z vaqtidagi teskari aloqa, maqsadga yo‘nalganlik bilan mustahkamlanuvchi doimiy yuqori motivlashtirishning shakllanishi.







7.

Ta'lim va tarbiyaviy faoliyatni individuallashtirish

Ta'lim va tarbiyaviy faoliyatni individuallashtirishning mazmuni foydalanuvchilarning individual va yosh imkoniyatlariga mos kelishi, tajribadan o‘tgan bilim, ko‘nikma va malakalarni hisobga olgan holda ko‘rilishi lozim.








Ta'lim jarayonini o‘rganish:

O‘qituvchi o‘quvchilarda mustahkam ta'lim motivlarini shakllantirish uchun o‘quvchilarning o‘zini rivojlantirish motivatsiyalari o‘sishi dinamikasini muntazam kuzatib, tahlil qilib borish hamda o‘zlashtirishda nuqsoni mavjud ayrim o‘quvchilar faoliyatiga tegishli tuzatishlarni kiritib borishi talab qilinadi.

Buning uchun esa o‘quvchilarning motivatsiyalari va ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda ularni (so‘rov o‘tkazib borish) tashxislash hamda tashxis natijalari monitoringini yuritish talab etiladi.

Albatta, shaxsning umumiy rivojlanishi dinamikasini o‘rganish yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar faqatgina shaxs motivlarini aniqlash maqsadidagina olib borilmaydi, bu xususida ishimizning boshqa o‘rinlarida alohida to‘xtalib o‘tamiz, hozir esa o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi motivatsion faoliyati xarakterini aniqlash xususida to‘xtalib o‘tamiz. Buning uchun o‘qituvchining aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quvchi faoliyatini muntazam kuzatishi eng muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘quvchilar motivlarini o‘rganishning uzoq muddatga mo‘ljallangan shaklida bolalarda tez-tez takrorlanib turadigan qiziqishlarni o‘rganish va aniqlash:

O‘quvchida o‘quv-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqish mavjudmi?

Agar bo‘lsa aynan nimalarga nisbatan ko‘proq qiziqadi?

O‘quvchidan alohida olingan bir fanga nisbatan qiziqish bormi?

Mazkur predmetda uni quyidagilardan aynan nima qiziqtiradi?


  • O‘quv fani mazmuni;

  • Yangi bilimlarni egallash metodlari;

  • Misol va masalalar yechish metodlari;

  • Tashqi natijalar-baho, obro‘ va boshqalar.

Kuzatishdan tashqari turli shakl va mazmundagi anketa so‘rovlari, insholar tanlovi, suhbatlarni amalga oshirish ham mumkin.

Motivni o‘rganish va shakllantirish quyudagi algoritm asosida olib borildi:



  1. Ta'limning maqsadini aniqlash va belgilash.

  2. Motivatsiyani yosh xususiyatlariga mosligini aniqlash.

  3. Motivatsiyaning boshlang‘ich o‘rnini aniqlash, o‘rganish.

  4. Motivlarning kerakli, asosiylarini aniqlash, o‘rganish.

  5. O‘zgarish (kamayish, ko‘payish, doimiy) sabablarini o‘rganish.

  6. Kerakli motivlarni shakllantirish.

  7. Yutuqlarni baholash va keyingi ishlarni rejalashtirish.

Motivni qo‘yish strategiyasi.65

  1. Strategiya: ishni uzoq vaqtga rejalashtirish.

  2. Hamkorlik: dars jarayonida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

  3. Tarkibiy tuzilishi: mashg‘ulot uchun aniq vaqtni belgilash.

  4. Aniq reja: o‘qishning maqsad maqsad va vazifasini belgilab olish.

  5. Motiv: o‘qish mazmunini qachon, qaerda qo‘llanilishini, qachon kerakligini belgilab olish.

  6. Doimiylik, ketma-ketlik: oson – qiyin – o‘ta qiyin sxemasi asosida ishlash.

  7. Qo‘shimcha: o‘rganilayotgan materialga qo‘shimcha rasm, jadval, izohlar tuzish.

  8. Rag‘batlantirish: bajarilgan ishlar uchun rag‘batlantirib borish.

  9. Kengaytirish: qo‘shimcha adabiyotlar o‘qing, munozaralar uyushtirish.

  10. O‘rganilgan materiallarni takrorlash.

Bundan tashqari motivni aniqlash uchun quyudagicha so‘rovnoma o‘tkazish rejalashtirildi:

  1. Kim nima uchun o‘qiydi?

  2. Nega maktabga keladi?

So‘rovnoma natijalari asosida o‘quvchilarda mavjud o‘quv motivlari aniqlandi.

O‘quv motivlarini aniqlashda individual yondashuv nisbatan aniqroq hamda xususiy ahamiyat kasb etadi. Natijalarni umumlashtirish esa ob'ektiv bahoni keltirib chiqaradi.

Individual shakllantiruvchi tajriba metodi. Bunda o‘qituvchi bola vazifa va topshiriqlarni bajarishi uchun o‘quvchiga qo‘shimcha mashg‘ulot tashkil qiladi va unga tegishli metodik yordam ko‘rsatadi.Bu jarayonda o‘qituvchining metodik yordami mashq yoki masalani yechish paytida bevosita amalga oshiriladi va so‘ngra o‘quvchidan xuddi shunga yaqin shartdagi mashq yoki masalani mustaqil bajarilish talab etiladi. Natijada o‘quvchida o‘zi mustaqil mashq yoki masalani bajarish ko‘nikmasi mavjudligiga ishonch shakllanadi. O‘qituvchi esa bolaning aynan qaysi o‘rinda oqsayotganligini aniqlab oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi.

O‘quvchilar motivlarini aniqlashning individual shakllantiruvchi tajriba metodida topshiriqlar xilma-xilligi va murakkablik darajasining turliligi sharoitida amalga oshirilishi katta samara beradi. Shuningdek, individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi metod o‘quvchilar motivlarini aniqlashning eng samarali metodlaridan biri hisoblanadi.

Individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi tajriba metodining samarali variantlaridan biri o‘quvchini konkret–real sharoitda tanlovni amalga oshirishga majbur qilish shakli hisoblanadi. Bunda motivlar to‘qnashuvi vaziyati yuzaga keladi va o‘quvchi ulardan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday sharoitni mashg‘ulotlar jarayonida o‘qituvchi sun’iy tarzda yaratadi yoki real ta'lim sharoitida yuzaga kelgan vaziyatdan samarali va oqilona foydalanishga harakat qiladi.

Individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi tajriba metodi dialog tarzida amalga oshiriladi. Bunda ta'limning ikki sub'ekti o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasidagi kommunikativlik shakli muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun har ikkala tomon, ayniqsa, o‘qituvchi muomala madaniyatini yuqori darajada egallagan bo‘lishi talab etiladi. Bolalarning motivatsiyalarini aniqlashga qaratilgan dialogning bunday shaklida o‘qituvchi savollarni berish va ularga javob olish asnosida ekspert vazifasini bajaradi. Ya'ni bolaning o‘tilgan mavzu materiallarini bilmasligiga aynan nima sabab ekanligini dialog jarayonida aniqlay olishi va uni bartaraf etish yo‘llarini bolaga taklif qila bilishi lozim. Buning uchun esa o‘qituvchi mashq yoki masalani qaysi usul yoki yo‘l bilan bajariganligini yoki bajarishga uringanligini, topshiriqlarning mohiyatini bolaning qanchalik to‘g‘ri anglab yetganligini aniqlab olishi shart. Bu kabi o‘quvchi bilan amalga oshirilgan dialog o‘ziga xos diagnostik xarakterga ega bo‘lib, o‘qituvchiga shu orqali o‘quvchining motivatsiyalari darajasini, ta'lim olishga bo‘lgan motivlarini to‘laligicha bilib olish imkonini beradi.



Motivlarni axborot-texnologiyalari asosida shakllantirish quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi:

1. Ta'limning maqsadini aniqlash va belgilash;

2. O‘quv motivlarining boshlang‘ich o‘rnini aniqlash va o‘rganish;

3. Axborot texnologiyalarining o‘quvchilarda mavjud motivlar (ijtimoiy motivlar, bilish motivlari va h.k)ga ta'sirini (aynan qaysi motivlarga) o‘rganish, baholash va kerakli motivlarni shakllantirish;

4. Motivlarning va uni shakllantirishga qaratilgan texnik vositalarning o‘quvchilar yosh va individual xususiyatlariga mosligini aniqlash asosida shakllantirish;

5. Motivlarning o‘zgarish (kamayish, ko‘payish, doimiy)lar sabablarini o‘rganish, aniqlash;

6. Fan-texnika taraqqiyoti, moddiy texnika ba'zalarining o‘sib borishi o‘quvchilar motivlarining shakllanishiga ta'sirini baholay olish va ijobiy ta'sirini oshirish;

7. Yutuqlarni baholash va keyingi ishlarni rejalashtirish;



Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi darsning bosqichlari:

1. Tashkiliy bosqich.

Bosqichning psixologik masalasini yechish ko‘rsatkichlari:

- o‘qituvchi va o‘quvchilarning yaxshi munosabatda bo‘lishi;

- sinf o‘quvchilarining ishchanlik ritmiga tez kirishib ketishi;

- barcha o‘quvchilar diqqatini jalb etish;

- tashkiliy qismning qisqaligi;

- o‘quvchilarning va texnika vositalarining darsga to‘liq tayyorligi.

Bu bosqichda o‘quvchilarning vaqti kompyuterga parol kiritish, saytlarni qidirish va dasturlarni o‘rnatishga ketmasligi kerak. Ular faqat predmet bo‘yicha shug‘ullanishlari lozim. Bunday ishlarni yordamchi dasturchilar tayyorlab qo‘yishlari kerak. Yoki bu ishlarni tez bajaradigan o‘quvchilar yordam berishlari lozim.

2. Uy vazifasini tekshirish bosqichi.

Bosqichning o‘quv-tarbiyaviy masalasini yechish ko‘rsatkichlari:

- butun sinf o‘quvchilarining uy vazifasini bajarganlarini aniqlash (5-7 daqiqa), ommaviy xatolarni bartaraf etish;

- uy vazifasini bajarmagan ayrim o‘quvchilardan sababini aniqlash;

- o‘quvchilarga uy vazifasini bajarmaslik kelajakda umumiy natijalarga ta'sir etishini tushuntirish;

- uy vazifasining maqsadlari va o‘quvchilarning uy vazifasini bajarishga bo‘lgan munosabatlariga qarab nazoratning turli shakllaridan foydalanish.

Bu bosqichda bir nechta variantni qo‘llashni tavsiya etish mumkin:

- elektron uy vazifalarini uyda bajarish shart emas, hammaning ham uyida kompyuter yo‘q. Maktab kompyuterlaridan foydalanish mumkin. Elektron uy vazifalarini saqlash ko‘p vaqt talab kilmaydi. Bunday uy vazifalari avvaldan tuzib qo‘yilgan papkalarda saqlanadi;

- sinov testlari tuzish. Bu jarayonda o‘quvchilar ham qatnashishlari mumkin.

3. Bilimni tekshirish bosqichi.

Bilimni o‘zlashtirish darajasini tekshirganda faqat xotirani emas, o‘quvchining fikrlashini tekshirish kerak. Savollar o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quv materiallariga yangicha yondashuv, nazariy bilimlarni amalda qo‘llash kerak. Bunda o‘quvchilar bir-birlarining ishlarini baholashlari va o‘qituvchi bu jarayonni oqilona tashkil etishi muhim hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari asosida 3-sinflarda ushbu dars ishlanmasi asosida dars tashkil etildi:

Sifat” mavzusiga oid dars ishlanma.




Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish