ahamiyatliligi shundaki, ehtimollik nazariyasi matematik fan sifatida bevosita
tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning modellarini o‘rganadi. O‘z navbatida esa, bu
modellar asosiy tushuncha sifatida qabul qilingan “Elementar hodisalar”
tushunchasi orqali ifodalanadi.
Qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlarni tushunish uchun o‘quvchidan
kombinatorikaga tegishli dastlabki tushunchalar va birinchi, ikkinchi kurslarda
o‘qitiladigan matematik analiz elementlari bilan tanish bo‘lish talab etiladi.
Ushbu darslik mualliflarning ko‘p yillar davomida Mirzo Ulug‘bek
nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Nizomiy nomidagi Тoshkent Davlat
Pedagogika Universitetida o‘qigan ma’ruzalari asosida yozilgan.
Ushbu kitobning yozilishida Nizomiy nomidagi Тoshkent Davlat
Pedagogika Universitetining «Matematik analiz» kafedrasining o‘qituvchilarining
maslahatlaridan foydalanildi. Mualliflar mazkur kafedra a’zolariga, shuningdek,
fizika-matematika fanlari doktori O.Sh.Sharipovga,hs fizika-matematika f
Do'stlaringiz bilan baham: |