saqlash honalarini xodimlari gerbariy bilan tanishtirish haqida zarur foydali
ma‘lumotlar berishlari mumkin.
Yuqorida keltirilgan barcha ishlar ekspeditsiya boshlanishidan oldin bajarilishi
kerak. Olib borilgan ishlar natijasida o‗simliklarga boy xududlar (tog‗, tog‗oldi, dasht)
aniqlanadi.
SHunday yo‗l tutilsa o‗simliklar tarqalgan erlardagi asosiy populyasiyalar
aniqlanib resursshunoslik ishlar to‗g‗ri olib borilayapti deb hisoblanadi.
Bu izlanishlardan so‗ng geobotanik ma‘lumotlariga suyangan xolda, umuman
uchraydigan o‗simliklar bilan tanishib chiqadi. O‗rganilayotgan erdagi
o‗simliklar fitotsinozi assosatsiyalar va formatsiyalar bilan tanishadi. Flora bilan
tanishgandan so‗ng dorivor o‗simliklarga alohida e‘tibor qaratiladi.
O‗zbekistonda ancha endemik o‗simliklar uchrab turadi, ularga ham alohida
e‘tibor beriladi. Ferula turlari, qora qovuq- ungerniya va boshqalar.
Ekspeditsiyaga tayyorgarlik qilinadi. Taxlil qilinadigan joyga borgandan so‗ng,
o‗simliklar xaqidagi ma‘lumot erlik, qishloq xo‗jalik yoki bor bo‗lsa o‗simliklar
kartasi bilan tanishiladi.
Ma‘lum darajada erlik axoli yordamidan foydalaniladi. Ular yordamida o‗simlik
bor erlarni va ularga etib borish masalalari xal qilinadi.
Ko‗p xollarda o‗simliklarning kimyoviy tarkibi, xossalarini yanada chuqurroq
o‗rganish natijasida uning tibbiyotning boshqa soxasi qo‗llanish xollari uchrab turadi.
Bundan izlanuvchilar asosan bir paytlar tabobatda qo‗llanilgan biroq xozirda
unitilayotgan o‗simliklarni o‗rganish orqali ularni yana amaliyotga joriy qilishlari
mumkin.
Bunday o‗simliklarga resursshunoslar alohida e‘tibor qilib, ularni chuqurroq
o‗rganadilar. O‗sayotgan eri hosil qilgan populyasiyasi va zahirasiga qarab tavsiyalar
qilinadi.
Azaldan ma‘lumki botanik jixatdan qarindosh bo‗lgan o‗simliklar kimyoviy
tarkibi bir-biriga yaqin bo‗lishi mumkin. Buning natijasida farmakologik ta‘siri ham
yaqin bo‗ladi. Bu shu biologik qonuniyatni bilgan holda izlanish olib borish ancha
maqsadga muvofiqdir. Ko‗pincha bizning olimlarimiz o‗simliklarni sistematik o‗rnini
uning kimyoviy tarkibi orasidagi bog‗liqliklarni o‗rganadilar. Bunda u muammoni
o‗rganish doirasida aniq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Qonuniyatdagi cheklanish
xolatlaridi o‗simliklarning fiologenetik, bioximik ko‗rsatgichlari o‗rtasida hech
qanday paralellik mavjud bo‗lmasligi mumkin. Ko‗pchilik xollarda o‗simliklarga
bo‗lgan talab bir paytlar maxsus belgilangan bir o‗simlik xom ashyosini yig‗ish orqali
qondiriladi. Bu dorivor o‗simliklarni o‗rganishni rivojlanishiga to‗siqlik qiladi.
Filogenetik usullardan foydalangan holda qarindoshligi yaqin bo‗lgan o‗simliklarni
aniqlash va xom ashyo sifatida tavsiya qilinadi.