4. DALA TAJRIBASINI TANLASH, JOYLASHTIRISH VA UNI
AMALGA OSHIRISH.
Dala tajribasining asosiy vazifasi ma‘lum tuproq - iqlim sharoitida o‘simliklarni
ekib o‘stirishning tajribada o‘rganiladigan usullariga qiyosiy baho berishdan iborat.
Dala tajribalari natijalari asosida ishlab chiqarishga joriy etish uchun yangi
agrotexnikaviy usullar ishlab chiqariladi. Dala tajribalaridan olingan ilmiy
ma‘lumotlar va ularni ishlab chiqarishda qo‘llash, shu tajribani uslubiy jihatdan
qanchalik to‘g‘ri qo‘yilganligiga bog‘lik bo‘ladi.
Dala tajribalarining turlari, maqsadi, o‘tkaziladigan joyi, tajribaning davomiyligi,
paykal (maydon) larning katta - kichikligi va boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra bir necha
turga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |