umumiyligi holatiga ta‘sir ko‘rsata olmasa ham lekin sodir etiladigan xatolikni
belgilashi mumkin. Variantlar sonini 12-16 ga qadar ortilishi tuproq sharoitlari
turlicha bo‘lgan yer uchastkasining unumdorligi bir xil bo‘lgan maydonlarda esa
variantlar soni 6 dan 48 ga kadar ortganda ham xatolik ko‘p o‘smaydi.
Tajriba sxemasi tuzilganida variatlar soni 12-16 atrofida, tajriba maydonchalari
esa 60-64 ta bo‘lgani ma‘qul hisoblanadi. Variantlar soni ko‘p bo‘lgan tajribalarda
ularni o‘tkazish ancha murakkab metodikani talab etadi, ya‘ni bunda har bir
takrorlanishlarda 2-3 ta kontrol variant kiritilishini, variantlarni joylashtirishda esa
parchalangan (ajratilgan) usuldan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Agar tajribada variantlar soni, aksincha kam 2-3 ta bo‘lsa, bunda hosil bo‘ladigan
xatolikning qiymatini kamaytirish uchun tajribada takrorlanishlar sonini ortishi
lozimdir.
Tajriba maydonchasining sathi (delenka)ning sathi, shakli va yo‘nalishi.
Tajriba maydonchasinig sathi. Tajriba maydonchasi o‘rganiluvchi tajriba va
kontrol variantlarni joylashtirish uchun xizmat qilib, ular ma‘lum sathni egallagan
bo‘ladilar.
Tajriba maydonchalarining yo‘nalishi — bu maydonchalarning dala tajriba
uchastkasida joylanuv holatidir. Umuman tajriba maydonlarining yo‘nalishi shu yer
uchastkasini tuproq unumdorligini yuynalishida bo‘lgani ma‘quldir. Bu holda hamma
variantlar bir xil sharoitda bo‘ladilar. Tajriba maydonchalari qiyalik yerlarga
joylashtirish zarur bo‘lgan taqdirda ularning shu qismini yo‘nalishi bo‘yicha
joylashtirish lozim.
Agar tuproq sharoitlari bir xil yoki ular bir holatga keltirilgan maydonlar bo‘lsa,
tajriba maydonchalarining yo‘nalishi hoxlagan ko‘rinishda bo‘lib, bunda faqat
ko‘llaniladigan texnik holatlar nazarga olinadi.
Takrorlanishlar. Takrorlanish va variantlarni yer maydonida joylashtirish
sxemasi.
Dala tajribasining aniqligini va hosil etilgan o‘rtacha qiymatlarini ishonchlilik
darajasi tajribani vaqt va maydonda takrorlanishiga chambarchas bog‘likdir.
Tajribani maydonda (er uchastkasida) takrorlanishi bu har bir variantni o‘xshash
tajriba maydonlaridagi uchrash qiymatiga tushunilsa, vaqt davomida takrorlanish esa,
tajribani necha yil davomida sinab ko‘rilishidir.
Tajribani maydonda takrorlanishi orqali o‘rganilayotgan variant turli unumli
tuproq sharoitlarida bo‘lishini ta‘minlashdir. Yil davomida tajribasi takrorlanishi esa
turli meteorologik sharoitlarda (turli yillarda) o‘rganilayotgan faktorlarning ta‘siri va
o‘zaro ta‘siri sinab ko‘rilishidir.