DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
170
Hamma turdagi kuzatish usullarida, shu jumladan dala tajribalarida
o'rganilayotgan omillarning ta'sirini o'rganilayotganda yoki biror omil bilan
solishtirilayotganda asosiy ko'rsatkich bu, shu dorivor o‘simliklarining
hosildorligi bo'lib yoki tugallovchi davr bo'lib hisoblanadi. Olingan hosildorlik
ma'lumotlarini aniqlash darajasi to'laligicha hosilni to'g'ri yig'ib olishga va
aniq ishlab chiqishga bog'liq. Mana shu eng mas'uliyatli davrda tajriba ishlarini
bajaruvchi kishining - kuzatuvchini diqqat e'tibori tajriba maydonini yig'imterimiga
yaxshilab
tayyorlash
va
hosilni
o'z
vaqtida
yig'ishtirib,
saranjomlab
olishga qaratilgan bo'lishi zarur.
Tajriba maydonidagi hosilni yig'ib-terib olishga tayyorlash, maydonning
hammajoyini tekshirib ko'rish va agarda qoziqlar yo'qolgan bo'lsa, u holda
yangitdan qoziqlarni qoqib chiqishdan boshlash zarur. Shundan keyin agarda
tajribada dorivor o‘simlik hosili qo'l bilan terib olinadigan bo'lsa, u holda himoya
maydonlari va qatorlari to'laligicha ajratib chiqiladi.
Himoya maydonlari tajriba maydonining boshi va oxiri hamda ikkala
yon tomonlarida ham bo'ladi. Himoya qatorlari yoki maydonlari ajratilganda,
tajribaning hisobga olish qatorlari va maydonlari yana bir bor tekshirib chiqiladi
hamda mavjud g'o'zalar har ikki tomonga bosib, yorib qo'yiladi. Buning
uchun tajriba variantlarini to'g'ri burchak shaklida joylashishi yana bir bor
nazorat qilib qo'yiladi, ya'ni burchaklariga qoziq qoqilib ko'ndalangiga ip
tortib ajratib chiqiladi va odam yuradigan qilib to'g'ri chiziq shaklida yo'laklar
bilan ajratiladi.
Agarda tajnba qaytariqlari ikki yarusdajoylashgan bo'lsa, u holda qaytariqlar
o'rtasidagi yo'lak ham alohida qilib ajratiladi. Tajriba maydonini ajratib
bo'linganidan keyin qaytariq va variantlar oralaridagi himoya qatorlarini
ajratishga kirishiladi. Bu ishni tajriba joylashtirilgandan keyin himoya va
hisobga olish maydonlarining qanday joylashtirilganligiga, variant navidagi
qatorlar soniga mos holda bajarish shart. Agarda ilgarigi mavzudagi to'xtalib
o'tilganidek, variantlarda o'rganilgan omil bir-biridan keskin farq qiladigan
bo'lsa, u holda shu ta'sirlarining hosildorlikka ta'siri bo'lmasligi uchun
himoya qarorlari ham ko'p bo'lishi kerak
Dala tajribalarida qo'l bUan dorivor
o‘simlik hosilini terishda o'rtacha ko'sak massasini aniqlash uchun namunalar terib
olinadi. Har bir variantdan terib olingandorivor o‘simlik hosilini ho iJdo rligiga
aylantirishda qo'shib hisoblanilishi uchun namunaning umumiy sof og'irligi ham
aniqlab qo'yiladi.
Dorivor o‘simlik hosilini hisobga olish uchun terimchilar maxsus tushuntiruv
instruktajdan o'tkazilib, dala tajribasining mohiyati, ahamiyati, olingan
mahsulotning aniqlik darajasi va uni ishlab chiqarishda ahamiyati hamda
terishda bajariladigan ishJar haqida batafsil aytib o'tiladi. Har bir variant
uchun
alohida
nomerlangan
qog'ozchalar
tarqatiladi.
Variant
yoki
qaytariqlardagi dorivor o‘simlikni terib bo'lib taroziga olib kelganda shu
nomerlangan qog'oz orqali variant yoki qaytariq aniqlanib, dorivor o‘simlikning
massasi hu variantdan terib olingan dorivor o‘simlik hosiliga qo shib qo'yiladi. Bu
vazifalar ilmiy xodim yoki diplomatlar tomonidan bajariladi va nazorat qilinadi.