«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» faning predmetini
o`rganish usullari
Iqtisodiy fanlar o`z predmetlarini o`rganish maqsadida qanday usullardan foydalansa, “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyot” fani shu usullaridan foydalanadi. Faqatgina o`z xususiyatlaridan kelib chiqib ayrim usullardan ko`proq, ayrimlardan kamiroq foydalanadi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o`z predmetini o`rganishda muayyan usullardan ko`proq foydalanadi. Bu usullarga: monografik tadqiqotlar, iqtisodiy –matematik, iqtisodiy taxlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash, statistik, induksiya va deduksiya tarjiba, hisob konstruktorlik kabilar kiradi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani tarixiy fandir. U o`z rivojlanish tarixiga ega. Fanning muammolarini o`rganish juda qadim davrlarga borib qadaladi. Lekin olohida fan sifatida shakllanganiga uncha katta vaqt bo`lgan emas. Adabiyotlarda “agrosanoat integratsiyasi”, “agrobiznes”, “agrosanoat majmuasi” tushunchalari 1950 yillar oxiri 1996 yillarning boshlariga to`g`ri keladi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” alohida fan sifatida 1960 yillardan boshlab o`rganila boshlandi. Bizning mamlakatimizda bu fan 1970 yillarning o`rtalarida shakllandi va mutaxassislar tomonidan o`rganilib rivojlantirilmoqda. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani rivojlanib boryotgan fanlar qatoriga kiradi. Shu sababli dunyo iqtisodiyotida va mamalakat iqtisodiy siyosatida yuz berayotgan berayotgan hodisalar “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining rivojlanishiga bevosita ta`sir etadi. Shunday ekan, fan o`z predmetini o`rganishda tarixiy –dealektik rivojlanish usulidan ham keng foydalanadi. Bunda majmuaga kirgan bir tarmoqda yuz bergan o`zgarish uning boshqa tarmoqlari foliyatida o`z aksini topishi doimiy hisobga olinib turiladi. Demak, “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fan boshqa iqtisodiy fanlar kabi iqtisodiyot yuz berayotgan barcha o`zgarishlarni bir-biriga bog`liq holda o`rganadi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining
vazifalari
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifasi o`quvchilarni agrosanoat majmumasi tarmoqlarida iqtisodiyotning dolzarb masalalari bilan tanishtirish, ularni yechish bo`yicha mutaxassilarga yetarli darajada bilim berishdir. Ushbu masalalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
agrosanoat integratsiyasi;
agrosanoat majmuasi tarmoq tarkibi;
agrosanoat majmuasi tarmoqlari rivojlanishining hozirgi holati;
majmua tarmoqlaridagi ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish yo`llari;
agromarketing;
agrosanoat madmuasi menejenti;
majmuaning moliya va kredit, soliq siyosati;
agrosanoat majmuasi tarmoqlarini rivojlantirish yo`nalishlari.
Ushbu masalalarni to`g`ri tushunish va ularning yechimlari to`g`risidagi bilimlar bilan talabalarni, mutaxassislarni qurollantirish agrosanoat majmuasining asosiy vazifalari hisoblanadi. Fanni o`rganish tufayli o`quvchi agrosanoati majmuasi to`g`risida, uning iqtisodiy masalalari, muammolari haqida minimal bilimlar majmuasi ega bo`ladi. Turli tarmoqlar iqtisodiyotini alohida-alohida o`rgangan mutaxassislarni agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlar iqtisodiy manfaatlarini bir –biriga moslashtirishining, ta`bir joiz bo`lsa, bo`ysundirishning zarurligi to`g`risidagi bilimlar bilan qurollantiradi. ”Agrosanoat majmusi iqtisodiyoti” fani talabalarning iqtisodiy bilimlari yanada mukammal bo`lishini ta`minlaydi, ularni ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida to`g`ri qabul qilishga o`rgatadi.
Mamlakat hukumatining iqtisodiy siyosatini o`rganish va uning tegishli qismini mutaxassislarga yetkazish “Agrosanoat majumasi iqtisodiyoti” fani talabalarga bir-biri bilan texnologik jihatidan bog`langan ko`plab tarmoqlar mutonosib rivojlanishi zarurligi to`g`risidagi bilimlarni o`rgatadi, aholining turmush darajasi, eng avvalo, ushbu majmua tarmoqlarining rivojlanganlik darajasiga va ularning mutonosib rivojlanishiga bog`liq ekanligini isbotlaydi.
Agrosanoat majmuasi resurslaridan foydalanishning eng maqbul yo`llarini ko`rsatish ham ushbu fanning vazifasiga kiradi. U mutaxassislarga agrosanoat majmuasi korxonalari mahsulotlariga bo`lgan talab uzoq va qisqa davrlarda shakllanishining umumiy qoidalarini o`rgatadi, ularni majmua mahsulotlariga narx shakllanishining o`ziga xos tomonlari to`g`risidagi bilimlar bilan qurollantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |