Nazorat savollari:
Sho’rlangan tuproqlar deb nimaga aytiladi?
Respublikamizda qancha sho’rlangan tuproqlar mavjud?
Cho’l zonasida tarqalgan tuproqlarning sho’rlanishi?
Taqir va taqirli tuproqlarning xossalari
MAVZU:TUPROQ BONITIROVKASI VA UNING AHAMIYATI. TUPROQ XARITALARI TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH.
Reja
Yerlarni unumdorligi bo’yicha baholash
Tuproqlarni iqtisodiy baholash haqida tushuncha.
Tuproqlarni unumdorligi bo’yicha baholash
Tuproq xaritalari xaqida tushuncha
Respublikamizning yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, qishloq xo’jaligi ekinlari hosilini aniqroq rejalashtirish yerlarni har tomnlama sifatli baholashni taqozo etadi. Tuproq unumdorligini belgilovchi xususiyatlarga qarab yerni sifat jihatidan aniq baholash usullarndan biri uni unumdorligi bo’yicha baholash (bonitirovka qilish), yani yerning eng muhim, agronomik xususiyatlariga ko’ra unga ball bilan nisbatan solishtirma baho qo’yish bo’lib, bu fermer kadastrda muhim o’rin tutadi.
Unumdorlik bo’yicha baholash - agrotexnikannng va dexkonchilikni intensivlashning o’rtacha darajasnda tuproqning sifatiga hamda unumdorlik xususiyatiga nisbatan baho berish demakdir. Unumdorlik bo’yicha baholash muayyan yerdagi qishloq xo’jaliklari ekinlarining talablari hisobga olingan xolda o’tkaziladi.Unumdorligini pasaytiruvchi-tuman xususiyatlarga ega bo’lgan har xil tuproqlarni baholashda tegishli dasaytirish koeffisiyentlar qo’llaniladi.
Tuproq unmdorligini belgilovchi hamma xususiyatlarini eng muhim omillaridan biri uning mexanik tarkibidir, yengil va o’rtacha qumoq tuproqlar eng yaxshi tuproqlar hisoblanadi. Bunday tuproqlarni ishlash ham oson, ular juda yaxshi suv - fizikaviy xossalarga ham ega. Sug’oriladigan yerning sifatini mayda tosh - shag’al aralashgan bo’lsa buzadi, unga mexanizasiyalashtirilgan ishlov berish qiyinlashadi, qo’l mehnati ko’payadi, tuproqning suv xossalarn yomonlashdn, uning aktiv massasi hajmi kichrayadi.
Tuproqning sifatini buzadigan, unumdorligini pasaytiradigan omillardan yana biri - suv eroziyasidir. Eroziyaga uchrash darajasiga qarab, tuproq bonitetini tabaqalashtiriladi.
Yerlarni iqtisodiy baholash - bu yerning qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatidagi solishtirma qadr-qiymatini aniqlash demakdir. Bu ko’rsatkichlar ham nisbiy kattalikda, ya’ni ballarda ham absolyut ko’rsatkichida narxlar so’mlarda bo’lishi kerak.
Iqtisodiy baholash yerning tabiiy sifati va ishlab chiqarish ko’rsatkichlari uning tabiiy iqtisodiy sharoitlariga mos ravishda iqtisodiy munosabatlarning farqi asos qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |