AGROKIMYO FANI VA FAN USLUBLARI
Agrokimyoviy kimyo yoki agrokimyo – o’simliklarni oziqlanishi to’g’risidagi fan bo’lib, tuproq unumdorligini oshirish va qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori, hamda sifatli hosil yetishtirishda oziq moddalarning dehqonchilikdagi aylanishini va o’g’itlardan samarali foydalanishni o’rganadi. Demak agrokimyo fani tabiatda oziq elementlarini aylanishini, o’simliklar bilan munosabatini va qishloq xo’jalik ekinlarini hosildorligini oshirishda tuproq bilan mineral o’g’itlarni o’zaro bog’liqligini o’rganadi.
Agrokimyo fanining asosiy vazifasi - tuproq o’simlik tizimida oziq elementlarining aylanishini va ularning balansini ya’ni tengligini o’rganishdir. Dehqonchilikda oziq moddalarning aylanishiga insonlar faqatgina mineral va mahalliy o’g’itlarni ishlatish yo’l bilan aralashadi.
Qishloq xo’jaligida o’g’itlarni qo’llashdan asosiy maqsad – bu dehqonchilik qilinadigan yerlarda oziq elementlarini aylanishini tartibga solish va o’simliklarni oziq moddalarga bo’lgan talabini to’lik qondirishdir.
Ma’lum tuproq – iqlim sharoitida mineral o’g’itlardan samarali foydalanishda o’g’itlarning tuproq va o’simliklar bilan bog’liqligini o’rganish kerak.
Agrokimyo fanining asoschilaridan bo’lgan akademik D.N.Pryanishnikov shunday deb yozgan edi "o’simlik, tuproq va o’g’itlar orasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rganish, hamma vaqt agrokimyogarlarni asosiy vazifasi bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi".
Agrokimyoni asosini tashkil etuvchi bu bog’liqlikni akademik D.N.Pryanishnikov quyidagi uchburchak holida tasvirlaydi.(25-rasm)
Bunda tuproq ma’lum iqlim sharoitida hisobga olinadi va o’z navbtida u o’simlikning oziqlanishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
O’simlikni, tuproq va o’g’itlar bilan o’zaro bog’liqligini ma’lum tuproq iqlim sharoitida o’rganish natijasida o’simliklarni rivojlanishida va oziqlanishida yetishmaydigan faktorlar aniqlanilab sifatli yuqori hosil yetishtirish usullari tavsiya etiladi.
Agrokimyo biologiya va kimyo fani. Biologiya fani o’simlik o’sishi, rivojlanishi, oziqa o’zlashtirishi uni metobolizimi, genetika va fiziologiyasiga bog’langan holda o’rganadi.
Agrokimyo tuproq biologiyasi, tuproqda o’tadigan mineral va biologik jarayonlar bilan bog’liq holda o’simliklarni oziqlanish sharoitini o’rganadi. Agrokimyo mineral o’g’itlarni to’plash va saqlash jarayonida kechadigan mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlarni o’rganadi.
A
B
rasm. A – Pryanishnikov uchburchagi B – Mineyev V.G.
Agrokimyo kimyoviy fan chunki tuproq tarkibida bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni, o’simlik metabolizmi jarayonidagi kimyoviy reaksiyalarni hamda o’g’itlarni ishlab chiqarish davridagi reaksiyalarni o’rganadi.
Agrokimyoning markaziy masalasi o’simlikning oziqlanish va shu jarayon bilan bog’liq bo’lgan tuproq, o’simlik va o’g’it o’rtasida o’tadigan jarayonlar va o’zgarishlarni o’rgangan holda o’simlikni kerakli miqdorda to’g’ri shaklda va eng kulay vaqtda oziqa moddalar bilan ta’minlash.
Asosiy vazifalardan biri oziqlanish jarayonida ekologik muvozanatni saqlash, sifatli, iqtisodiy, samarali mahsulot yetkazish.
Mineral o’g’itlarni qo’llash natijasida dehqonchilikda yangi oziq elementlari aylanishiga kiritiladi, organik va o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida paydo bo’lgan moddalarni daladan asosiy va qo’shimcha hosil bilan chiqib ketgan bir qism elementlar o’rni to’ldiriladi. Natijada ekinlar hosili bilan, shamol va suv eroziyasi, sho’rlanishi, gaz holida atmosferaga ketadigan oziq elementlar miqdorini saqlab qolish bilan bir vaqtda, tuproq unumdorligini oshirish mumkin bo’ladi.
Demak, agrokimyoda o’rganiladigan uchta asosiy manba - o’simlik tuproq va o’g’itlar bo’lib, ular doimiy ravishda o’zaro aloqada va bir-biriga ta’sir etib turadi.
Shuning uchun ham o’simliklarni oziqlanishini, o’simlik tuproq va o’g’it orasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rganish agrokimyoning nazariy tashkil etadi. Ushbu asoslarni bilish dehqonchilikda o’g’itlarni qo’llashga doir amaliy masalalarni ijobiy hal qilishga imkon beradi va bu masalalarni agrokimyo ishlab chiqadi. Qishloq xo’jaligida o’g’itlarning eng samarali miqdori, shakllari va nisbatlarini, ularni turli xil tuproq zonalarida har xil ekinlarga qo’llashning optimal muddatlari va usullari, o’g’itlarni qo’llashni yerlarga ishlov berish, almashlab ekish, sug’orish va boshqa agrotexnikaviy tadbirlar bilan birgalikda olib borish ana shunday muhim masalalar jumlasiga kiradi.
O’simliklarning oziqlanishini o’rganishda agrokimyo fani o’simliklar fiziologiyasi va bioximiyasi bilan chambarchas bog’liq. Dehqonchilikda ishlatilayotgan o’g’itlarning tuproqda o’zgarishi tuproq turiga, mexanikaviy tarkibiga, asoslar bilan to’yinish darajasiga, eritma reaksiyasiga, mikrororganizmlarni aktivligiga bog’liq bo’lib, u kimyoviy va mikrobiologik jarayonlar tasirida bo’ladi shuning uchun ham agrokimyo fani tuproqshunosliq kimyo, biologiya va mikrobiologiyaga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |