Vertitsillyoz so‘lishga chidamlilik. Vertucillim dahlie Kleb. zamburug‘i turli irqlardan iborat. Bu esa ekilib kelinayotgan g‘o‘za navlariga moslashish evolyusiyasi bilan bog‘liq.
O‘rta Osiyoda ingichka tolali g‘o‘zani o‘stirish davrida zamburug‘larning uchta irqi aniqlangan. Ikkinchi nav almashtirish navlari (8196, 2034, 8517) no’l irqi deb nomlangani bilan kuchli zararlanar edi. Ularni almashtirish uchun viltga chidamli S– 460, 108– F 137–F 153–F va boshqa navlari yaratilgan edi. Qator yillar o‘tgandan keyin yangi A irqi ko‘rsatilgan navlar uchun kuchli patogen bo‘lib XX asrning 60 nchi yillarida uning tuproqdagi miqdori maksimal holatga etadi va hosildorlik keskin pasayadi.
S.M.Miraxmedov tomonidan A irqiga immunli G.hirsutum L ssp. Mexisanum (Tod) Mayer yovvoyi turi aniqlanib ajratilgan edi va uning asosida o‘ta chidamli Toshkent 1 navi yaratiladi va bu nav 1970 yillarda keng tarqalib 1 mln. ga dan ko‘p maydonni egallaydi. 1970 yillarning oxiriga kelib zamburug‘ning yangi V1 agressiv irqi paydo bo‘lib Toshkent 1 navini kuchli zararlantiradi. Bu irqqa immunli shakllari topilmagan: nisbatan chidamli va tolerant bo‘lib 175–F va S–6524 navlari, G.tricuspidatum turining ruderal shakli (02800 namuna) va boshqalar hisoblanadi.
Mexicanum yovvoyi kenja turining A irqiga chidamliligi bitta R dominant geni tomonidan nazorat qilinishi aniqlangan.
Yovvoyi kenja turni to‘g‘ri kelgan nav bilan chatishtirganda F1 duragaylari vilt bilan zararlanmaydi. Duragayning 2 avlodida 3:1 nisbatida ajralish ro‘y beradi. Chidamli duragaylarni madaniy shakl bilan bekross o‘tkazganda immunitet kuchsizlanadi, chidamsiz ota – ona majmuining modifikator genlari ta’siri ostida mexicanum shakli katnashmagan (ya’ni R genining bo‘lmagani taqdirda) navlarning chidamliligi poligen tizim tomonidan boshqariladi shu bilan birga, chidamsizlik qisman dominant bo‘ladi. Poligenlarning harakati R dominant geni saqlaydigan kenja tur meksicanum bilan duragaylash natijasida bostiriladi. Ammo ular kelgusida bu genning ekspressiyasiga modifikatsion ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
S.M.Miraxmedovning aytishicha g‘o‘zaning viltga chidamliligi – genetik bog‘lanishli xususiyat. U ilk bor G.hirsutum L ssp. mexisanum (Tod) Mauer var. Nervosum (Watt) yovvoyi shaklining organizmida Vertucillim dahlie Kleb polifag zamburug‘iga immunitetlik himoyalash mexanizimini aniqlagan. Yarim yovvoyi shakllarning chidamliligi ekilib kelinayotganlarga nisbatan kuchliroq. Madaniy navlarni yovvoyi shakli bilan chatishtirganda F1 da yovvoiy shaklining viltga chidamliligi to‘lig‘icha dominant holatda bo‘ladi. F2 da belgining monogibrid ajralishi kuzatiladi. Bu holat analitik chatishtirishlar natijasida isbotlanadi (1:1 nisbatda). Abdukarimov D.T., Lukov M.Q (2015
O‘zbekistonda g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ITI da chatishtirishda genetik donor sifatida ssr. Mexisanumdan foydalanish natijasida g‘o‘zaning S-2601, S-2602, S-9060, S-9061, O‘zPITI da 162-F, 163-F, 164-F, 165-F, 167-F, 168-F yangi navlari yaratilgan. “Toshkent” navlarining populyatsiyalaridan analitik tanlash o‘tkazilib rayonlashtirilgan yangi Kizil-Ravat, Uychi-2 navlari yaratildi.
X.Saydalievning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida O‘z g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ITI dagi g‘o‘za jahon kolleksiyasining bir yillik shakllaridan zamburug‘ning 1 irqiga chidamli Meksikadan kelib chiqqan 0803, 07008, 0776, 0796 va boshqa orginal namunalari ajratilib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |