Agrofizika
Agrofizika
, agronomik fizika – oʻsimliklarning hayot sharoitlarini fizik usullar bilan tadqiq etish
va ular hayot faoliyatining fizik jarayonlari haqidagi fan. Agrofizika ekinlarining hosildorligi va
tezpisharligini oshirish uchun tashqi muhitning fizik xususiyatlarini oʻrganadi va ularni boshqarish
usullarini ishlab chiqadi. A.ning boʻlimlari: tuproq fizikasi (tuproq havosi fizikasi, tuproq
gidrofizikasi, tuproqning qattiq qismi fizikasi, issiqlik va boshqalar); havoning yer atrofi qatlami
fizikasi (aerodinamik, radiatsion va boshqa koʻrsatgichlar); oʻsimliklar radiobiologiyasi va yorugʻlik
fiziologiyasi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay tabiiy
sharoitlar yaratish maqsadida ekinlarga hamda tashqi muhitga faol ta’sir koʻrsatadigan agrofizik
usullar, vositalar. A. fan sifatida 20-asrda shakllangan va hozirgi zamon tabiatshunosligi, ayniqsa,
biofizika, shuningdek, mat., elektronika, kibernetika va boshqa fanlarning nazariy yutuqlari
negizida rivojlandi, natijada oʻsimliklarning oʻzida va tashqi muhitda sodir boʻladigan
169jarayonlarni miqdoriy baholash imkoniyatlari yaratildi. A.ni rivoj-lantirishda K. A. Timiryazev, D.
N. Pryanishnikov, N. A. Kachinskiy, A. A. Rode (Rossiya), E. Rassel (Buyuk Britaniya), V. Shou
(AQSH) va boshqa katta hissa qoʻshgan. Agrofizik tadqiqotlarda vegetatsion va dala usullari
qoʻllaniladi, tashqi muhit sharoitlarini oʻrganish uchun aniq oʻlchov asboblari ishlatiladi. Tadqiqot
natijalaridan tuproqning suv, havo, issiqlik rejimlarini yaxshilashda, optimal ekish usullari va
muddatlarini, tuproqqa ishlov berish, sugʻorish me’yorlari va boshqalarni belgilashda foyda-
laniladi. A. tadqiqotlari xulosalari, ayniqsa, ekinlarning hosildorligini programmalashda va dala
ishlari sifa-tini baholashda katta ahamiyatga ega. Fitotron, oranjereya, issiqxonalarda iqlimni
boshqarish, tuproq issiqlik ba-lansipi, oʻsimlik transpiratsiyasi, ularga oziq moddalar va suvning
shimilishi tezligini oʻlchaydigan asboblar yara-tilgan. Agrofizik asboblarni qoʻllash yirik
omborxonalarda kartoshka va me-valarni saqlash jarayonlarini avtomat-lashtirish,
nobudgarchilikni kamaytirish, mahsulot sifatini buzmay saqlash, chiqindilar miqdorini ka-
maytirish imkoniyatini beradi. Dehqonchilik va oʻsimlikshunoslikning fizik muammolari
Soʻnggi tahrir 6 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot
instituti, oliy oʻquv yurtlari kafedralarida oʻrganiladi.Abdurahim Ermatov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Agrofiz
ika&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Agrofizika&oldid=2397848
"
dan olindi
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |