Agrokonsalting


–savol Yer uchastkalarini foydalanishga berish va foydalanish shartlari bo‘yicha maslahatlar



Download 2,27 Mb.
bet56/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

2–savol
Yer uchastkalarini foydalanishga berish va foydalanish shartlari bo‘yicha maslahatlar.
Axborot maslahat xizmatidan mijozlar berilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish yo‘llari, foydalanish darajasini mustaqil baholash bo‘yicha xam maslaxatlar bilan murojat qiladilar. YEr maydonidan samarali foydalanish uchun ekin turlarini joylashtirish, almashlab ekishni joriy qilish, takroriy ekinlar va ulardan olinadigan daromadlar ham ularni qiziqtirgan savolar jumlasidan. Shu sababdan mijozlar o‘zlari dehqonchilik natijasida yerdan foydalanishlarini tahlil qilishlari uchun nazariy bilimlarni ham berib boradilar.
YEr, suv qishloq xo‘jaligining eng asosiy ishlab chiqarish vositalari ekan, ulardan qanday foydalanilganini bilish zarur. Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
Umumiy yer fondidan foydalanish koeffitsiyenti (foizi). Uning darajasini aniqlash uchun qishloq xo‘jaligida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini foydalanish mumkin bo‘lgan yer maydoniga taqsimlash lozim. Buni quyidagi tenglik yordamida aniqlash mumkin:
YEFK = yoki x100:
Bunda: YEFK–umumiy yer fondidan foydalanish koeffitsiyenti, (foizi);
FE–qishloq xo‘jaligida foydalanilgan yer maydoni, ga;
FME – foydalanilishi mumkin bo‘lgan yer maydoni, ga.
Bu ko‘rsatkich koeffitsiyentda yoki foizda aniqlanishi mumkin. Uni aniqlash natijasida yerdan foydalanishning to‘liqlik darajasi aniqlanadi. Uni haqiqiy darajasi, ya’ni koeffitsiyenti 1 dan yoki 100 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bu ko‘rsatkichni aniqlash natijasida tarmoqda (xo‘jalikda) qancha yerdan foydalanilgan va qanchasidan foydalanilmaganligi bilinadi. Shundan so‘ng bunday holning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Foydalanish mumkin bo‘lgan yerlardan bir yilda necha marta foydalanilganlik darajasi. Uni aniqlash uchun haqiqatda urug‘, chigit ekilgan maydonni mavjud ekin ekilgan yer maydoniga taqsimlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
YEFS=
Bunda: YEFS-yerdan foydalanish soni, ya’ni 1 ga maydondan necha marta foydalanilganlik soni;
UEM- bir yil mobaynida urug‘, chigit ekilgan maydon, ga;
FM- foydalanilgan yer maydoni, ga;
Bu ko‘rsatkich yordamida bir maydonga necha marta ekin ekib, foydalanilganlik darajasi, ya’ni soni aniqlanadi. Demak, uning soni birdan ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun mavjud bo‘lgan yerlardan bir necha marta ekin ekib, hosil olishga intilish lozim.
YEr (ekin) maydonlarining mahsuldorligi, hosildorligi. Bu ko‘rsatkich asosan ekin turlari hamda umumiy maydon bo‘yicha, natural hamda qiymat ko‘rinishlarida aniqlanadi, ya’ni ular 1 gektar foydalanilgan maydondan qanday mahsulotlarni qancha miqdorda (kg, sen, tonna) hamda necha so‘mlik mahsulot yoki foyda olinganligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
EX= ;
Bunda: EX- 1 ga ekin maydonidan olingan hosil miqdori, s;
YaX- ekin ekilgan maydondan olingan yalpi hosil miqdori, s. yoki tonnada;
EM- ekin ekilgan haqiqiy maydon, ga.
Bu ko‘rsatkich yordamida 1 gektar ekin ekilgan maydondan qancha miqdorda hosil olinganligi ekin turlari bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi. Uning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi. Bu ko‘rsatkich u yoki bu ekin ekilgan maydonning mahsuldorligini isbotlaydi. Jami ekin maydonlari mahsuldorligini aniqlash uchun ko‘rsatkichni quyidagi qiymat ko‘rsatkichlarida aniqlash, buning uchun har bir ekinning yalpi hosili qiymatini aniqlab olish lozim. So‘ngra ularning yig‘indisini aniqlash kerak.
YEM q : :
Bunda: YEM- foydalanilgan yerlarning mahsuldorligi. Ya’ni, bir gektar ekin ekilgan yoki yaylov, pichanzor maydondan necha so‘mlik yalpi mahsulot, yalpi daromad hamda sof foyda olinganligi aniqlanadi;
YaMK- olingan yalpi mahsulot qiymati, so‘mda;
EM- ekinlar ekilgan maydon, ga;
YaDK- olingan yalpi daromad summasi;
SF- olingan sof foyda summasi.
YErdan foydalanish unumdorligi uch xil bo‘ladi:
1.Tuproq unumdorligi-namlik sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi mexanik, fizik, ximiyaviy , biologik tarkibi, ozuqa moddalarning umumiy zaxirasi bilan o‘lchanadi.
2. Tuproqning tarkibiy unumdorligi- yerga vaqtincha dam berish, daraxt barglari, yovvoyi o‘tlar tanalari, ildiz chirishi, dukkakli ekinlar ekish bilan tuproq ozuqasi boyitiladi.
3. Tuproqning sun’iy unumdorligi- kishilarning o‘z mehnati va qo‘shimcha kapital sarflanishi yo‘li bilan ozuqani kupaytirish tushuniladi.
YErning unumdorligini oshirish organik, mineral o‘g‘itlar, almashlab ekish, progressiv texnologiyalarni qo‘llash, agrotexnika, mehnat vositalari, ishlab chiqarish vositalaridan, rejalarni to‘g‘ri, real tuzish, sho‘rlanishga yo‘l qo‘ymaslik kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanish qo‘yidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:28

  1. Qishloq xo‘jalik yerlarida yer fondidan foydalanish darajasi (qishloq xo‘jalik yerlarining umumiy yer maydoniga nisbatan)

  2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi (100gaqishloq xo‘jalik yeriga yetishtirilgan mahsulot, pul va natura ko‘rinishida)

  3. YErdan samarali foydalanish, har bir gektar yerdan olingan hosil, bir gektar yerga to‘g‘ri kelgan sof daromad, rentabelligi va hokozo.

YErning sifati bilan bog‘liq ishlab chiqarish vositasi sifatidagi qiyosiy bahosini, tabiiy - iqtisodiy sharoitini, joylashish o‘rnini yer kadastri orqali aniqlash mumkin.
YEr kadastri yerning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy ahvoli haqidagi haqiqiy ma’lumotlar yig‘indisidir.
YEr kadastri quyidagilarni:

  • yerdan foydalanishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

  • yerlar sifatining tuproqning turi va xili – relefi, shamol va suv eroziyasiga uchrashi, ozuqa moddalari bilan ta’minlanganligi, sho‘rhokligi va har bir yerdan foydalanish hamda yerga mulkchilik belgilariga ko‘ra hisobga olinishini;

  • tuproq bonitrovkasi, ya’ni o‘simlikshunoslik uchun eng muhim hisoblanuvchi tuproqni tabiiy hususiyatlariga ko‘ra klassifikatsiya qilishni;

  • yer sifatini ishlab chiqarish vositasi sifatida iqtisodiy baholashni o‘z ichiga oladi.

YEr sifatini iqtisodiy baholash deganda sifati turlicha bo‘lgan yerlarning turli tabiiy – iqtisodiy sharoitlardagi nisbiy foydaliligini aniqlash tushuniladi.
YErni iqtisodiy baholash, ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini optimal joylashtirish va zona, viloyat ayrim korxonalarni ixtissoslashtirish, narxlarni va soliq solishni differensiatsiya qilish, korxonalar, xo‘jalik hisobidagi bo‘limlarning xo‘jalik faoliyatlari natijalarini baholash va jamoalarni rag‘batlantirish uchun zarurdir.
YErning sifatini iqtisodiy baholash yalpi mahsulotning qiymati, sof foyda, asosiy ekinlarning hosildorligi, ozuqa birliklarining chiqishi, har bir gektar yerning tannarxi va harajatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
YErning nisbiy qiymatini mehnat va ishlab chiqarish vositalari teng sarflangan asosiy ekinlar hosildorligiga ko‘ra aniqlash eng asoslangan hisoblanadi.
Eng yaxshi yerlar 100 ball baholanadi. Xo‘jalikning gektaridan eng ko‘p miqdorda mahsulot bergan yerlari mazkur xudud uchun etalon sifatida qabul qilinadi.
YErni iqtisodiy baholash uchun quyidagi formula qo‘llanadi:
B = Ya x 100 : E
bunda:
B – baholanayotgan yer bali;
Ya – yalpi mahsulotning bir gektar yer hisobidan olingan qiymati, so‘m;
E – yalpi mahsulotning xo‘jalikdagi etalon gektar hisobidan olingan qiymati, so‘m.
YErni baholashda asosiy o‘lchov birligi qilib ekilayotgan ekinlarning hosildorligi qiymat ifodasida qabul qilindi.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish