Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet62/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Suvdan foydalanish rejasini tuzish.Suvdan foydalanish gidrologik yilda ikki marta: vegetatsiya davrida (aprel-sentyabr) va vegetatsiya oralotidagi davrda (oktyabr-mart) tuziladi. Suvdan foydalanish rejasini tuzish uchun kuyidagi boshlangich axborotlardan foydalanaladi:

  • ekin maydoni va kishlok xo‘jaligi usimliklari turlari, ularni xo‘jalik shoxobchalari va gidromodul tumanlarga bog‘lashda boshqa cyg‘orish manbalari buyicha joylashuv tartibi kursatilgan ishlab chiqarishning ekish rejasi;

  • sho‘r yuvishga xamda vegetatsiya oraligidagi boshqa sug‘orishga muxtoj shurlangan (zaxkash, zaxiradagi va boshqa) yer maydonlari va ularning joylashuv tartibi;

  • turmush va boshqa extiyojlar uchun suvga bulgan talablar;

  • sug‘orish tarmorining foydali ish koeffitsiyentlari;

Qishloq xo‘jaligi usimliklarini sug‘orish tartibi, uz navbatida quyidagi kursatkichlardan iborat:

    • xo‘jalik xududi kenglik kulamini belgilovchi iqlim mintaqasi;

    • xududda tuprok hosil kilish jarayoni yo‘nalishini belgilovchi tuproq melioratsiya tumani;

    • yer osti suvlari satxining joylanish chukurligini belgilovchi gidromodul tuman;

    • sug‘orish turlari (vegetatsiyaga oid, sho‘r yuvish va x.k.);

    • sug‘orish me’ѐrlari (m3/ga);

    • xar bir sug‘orish muddati (boshlanishi-tugashi);

    • sug‘orishning davomiyligi (kecha – kunduz);

    • xar bir sug‘orishning sug‘orish gidromoduli (l/s 1 ga).

Suvga bulgan extiyoj xammaga ma’lum usul bilan aniqlanadi va oxir – oqibatda suvdan foydalanish rejasi quyidagi kursatkichlar buyicha (10 kunliklarga ajratib, xo‘jalik shoxobchalari buyicha va butunlay xo‘jalik bo‘yicha) ifoda etiladi:

    • yetkazib berish suv sarfi (l/s);

    • un kunlik suv berish davrida okib tushgan suv xajmi (m3);

    • usib boruvchi suv berish yakunidagi suv xajmi (mln. m3);

    • un kunlik sug‘orish topshirigi (ga.).

Suvdan foydalanish rejasi tuman qishloq va suv xo‘jaligiga muvofiqlashtirish uchun beriladi, u esa uz navbatida olinadigan suvnyng muayyan me’ѐrlari buyicha nazorat rakamlarini xo‘jalikka beradi. Xo‘jalik gidrotexnigi ushbu rakamlarga asoslanib, xo‘jalikning umumiy limitini xo‘jalik shoxobchalari va xo‘jalikning dala bulinmalari urtasida taqsimlaydi va suvdan foydalanish rejasini tasdiklatish uchun xo‘jalik raxbarlariga takdim etadi.
Suvni tezkor taqsim etish.Suvni tezkor taqsim etish sug‘orish davri mobaynida kuyidagi omillar tufayli suvdan foydalanish rejasiga tuzatishlar kiritishdan iborat:

  • tabiiy – xo‘jalik sharoitlar uzgarganda surorish muddatining o‘zgarish (baxorning erta ѐki kech kelishi, qayta ekish, sug‘orib ishlov berishdan keyin orkada qolib ketish va x.k.);

  • suv olish jadvalidagi rejaga tegishli o‘zgarishlar;

  • xo‘jalik uchun avval belgilangan suv olish limitlarida o‘zgarishlar kiritilganda.

Xo‘jalikka suv olishning xar qanday o‘zgarishi dala bulinmalariga suv taqsimlashning o‘zgarishiga olib keladi. Bunda dala bulinmalarini suv bilan bir xilda ta’minlash prinsiplariga amal qilishga xarakat qiladilar. Biroq kator ob’yektiv va sub’yektiv sabablar tufayli ushbu mezonga xar doim xam rioya etib bulmaydi.
Xo‘jalik ichida yirik dala bulinmalariga (50 ga. va undan ortiq) suv taqsimlashda odatda doimiy oqib tushadigan suv uzatiladi. Dala bulinmalari ichida suv aylanishi, ya’ni suvni sug‘orish uchastkalari, zvenolar, fermer xo‘jaliklari va boshqalarga berishda navbat saqlash tartibi qullaniladi. Suvni uzatishda navbat saqlash tartibi usimliklar axvolini xisobga olish, sug‘orishdan keyingi ishlarni bajarish, sug‘oruvchilarning xozirligi va boshqa xo‘jalik omillariga qarab belgilanadi. Suvni tezkor taqsimlash quyidagi sxema buyicha amalga oshiriladi: xo‘jalik gidrotexnigi suvni dala bulinmalari o‘rtasida taqsimlaydi, dala bulinmalarining raxbarlari suv berish navbatini belgilab chiqadi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish