Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo‘lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egallaydi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig‘indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish xaqi, iqtisodiy rag‘batlantirish va x.k.), ya’ni xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo‘jalik bo‘g‘ini bilan o‘zviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, ular mohirona va o‘z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xuquqiy usullar bilan qo‘shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonalar, aksiyador jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri - biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko‘zlab, xo‘jalik amaliyotida ob’yektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o‘zaro uzviy bog‘liq tizimidan iboratdir.
Xo‘jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo‘llash bilan bog‘liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to‘ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari. Huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga asoslanadi.
Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o‘tkazadi. Boshqaruv tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo‘llash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy extiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo‘llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o‘rganish xodimlar nerv sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab etadi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo‘lgan mehnat omillarini o‘rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini ta’qiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o‘rganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, harakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis etish qobiliyatini o‘rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o‘qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining psixologik jihatlari) faoliyatini o‘rganadi.
Kishilar fikrlash usulida o‘zgarish yuz berishi va ular madaniy hamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar ahamiyati ham ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning extiyoj va manfaatlari ma’naviy soha tomon o‘zgarib boradi. O‘z mehnatidan qiniqishning muhim omili bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning rahbar bilan o‘zaro yaxshi munosabati ishlab chiqarish dagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat qiladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (o‘zaro munosabat tizimi, ijtimoiy extiyojlar) qo‘llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoi tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.
Korporativ moliyaviy strategiyani amalga oshirishda, korporativ tuzilma bozor bahosini maksimallashtirishda korporativ madaniyatni oshirishga alohida urg‘u beriladi. Madaniyat kompaniya shakllanishining o‘zagi bo‘lib, uni daraxtning ildizlariga qiyoslash mumkin. Ildiz ko‘rinmaydi, biroq agar chirik bo‘lsa daraxt qulaydi. Buni faqat hissiyot darajasida anglash mumkin. Madaniyat muhit yoxud iqlimga o‘xshaydi.Yangi madaniyat sifatlari:
- o‘zgarishlarga tayyorlik;
- muhimi sifat va mijozdir;
- innovatsiyalar va marketing;
- baynalminallik;
- aniqlik va to‘lovga qobiliyatlilik.
Korporativ boshqaruvning samarali amal qilishida korporativ madaniyat alohida ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo‘jaligi axborot-maslahat xizmatining asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarga yordam berish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etishdir. Amalda bu fermerlar daromadini oshirishga intilishida va ularni qo‘llab-quvvatlashda namoyon bo‘ladi. Hozirgi vaqtda axborot-konsalting xizmati faoliyat sohasi foydalanuvchilarni qamrab olish bo‘yicha ham, ishni bajarish uslubiyoti bo‘yicha ham, ancha kengaygan. Ushbu tizim qishloq joylarida yashovchilarga ularning muammolarini yechishda ko‘maklashishi va qishloq joylarini rivojlantirishni rag‘batlovchi tizim sifatida ta’riflanadi. Shuning uchun ham, qishloq xo‘jaligida konsalting xizmatlarini tashkil etish tamoyillarini tadqiq etish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |