8. Mehnat resurslar
8.1. Mehnat resurslarga bo‘lgan talab
boshqarish ishchilari – 1 ta
texnolog – 3 ta
xizmat ko‘rsatuvchi personal – 3 ta
ishchilar – 30 ta
qo‘shimcha ishchilar – 3 ta
8.2. Xarjatlarni baholash
Boshqarish, ishlab chiqarish, va xizmat ko‘rsatish personalni tuzilmasi quyidagi jadvalda berilgan.
10-jadval
|
soni
|
Ish xaki
1 oyga
|
Ish xaki
1 yilga
|
Jami
|
Ajratmalar
|
Kiymati
|
Jami
|
Mavsumiy ishchilar
|
|
|
|
|
|
|
Texnolog
|
|
|
|
|
|
|
Jami ish xaqi
|
|
|
|
|
|
|
Administratsiya
|
Boshqaruv
|
|
|
|
|
|
|
Buxgalter
|
|
|
|
|
|
|
Omborxona mudiri
|
|
|
|
|
|
|
Elektr
|
|
|
|
|
|
|
uborshitsa
|
|
|
|
|
|
|
Faroj
|
|
|
|
|
|
|
Ish xaqi jami
|
|
|
|
|
|
|
Ish xaqi hammasi
|
|
|
|
|
|
|
Ish rejimi
Ishchilar
Ish kunlari – 200 (8 oy), 3 smena – 8 soat.
Xizmatchilar
Ish kunlari – 300 (12 oy), 1-smena – 8 soat.
9. Loyihani amalga oshirish sxemasi.
9.1. Loyihada moliyalashtirish shartlari.
Kredit summasi – 307,065 AQSh doll;
Kredit muddati – 5 yil;
Foiz stavkasi 12%;
Kredit bo‘yicha to‘lash davomiyligi – 6 oy;
Investitsiya davri – 6 oy.
10. Moliyaviy baholash.
10.1 Loyiha qiymati
11-jadval
Loyiha qiymati
Nomi
|
Qiymati
|
Asosiy kapital uchun investitsiyalar
|
Uskuna
|
|
Uchastka tayyorlash
|
|
Boshka asosiy fondlar
|
|
Ishlab chiqarishdan oldingi xarajatlar
|
Loyiha tuzish
|
|
Garov sugurtasi
|
|
Moliyaviy chegirmalar
|
Akkreditiv ochish uchun komissiya
|
|
Majburiyatlar uchun komissiya
|
|
Dokumentlarni tekshirish komissiyasi
|
|
Bir martalik komissiya
|
|
Kredit bo‘yicha komissiya
|
|
Ko‘zda tutilmagan xarajatlar
|
|
Aylanma kapital
|
Asosiy omborxonadagi xom ashy
|
|
Omborxonadagi xom ashy
|
|
Omborxonadagi ehtiyot qismlar
|
|
Investitsion chegirmalar
|
|
10.2. Loyihani moliyalashtirish: moliyalashtirish manbai va mexanizmi.
Loyihani umumiy qiymati 451 238 AQSh dollari
12-jadval
Loyihani qiymati
№
|
Moliyalashtirish manbai
|
Xarajatlar qiymati,
AQSh dollari
|
Foizlar
|
1
|
O‘z mablaglari
|
144 173
|
32%
|
2
|
Kredit summasi
|
307 065
|
68%
|
|
Jami
|
451 238
|
100%
|
10.3. Iqtisodiy samaradorlikni baholash.
Loyihani moliyaviy ko‘rsatkichlari
Daromadni ichki me’yori (IRR) – % (5 yil)
Sof diskont daromad (NPV) – USD
Loyiha rentabelligi yuqori.
Uskuna ishlab chiqarish kuvvati 16% darjasida loyiha bo‘yicha zarasizlik ta’minlanadi.
Nazorat uchun savollar
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashni tashkil etishda biznes reja tuzishning ahamiyati?
Don mahsulotlarini saqlashni tashkil etish biznes rejasini tuzish bo‘yicha konsalting xizmatlar?
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariniqayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha qanday muammolar mavjud?
Binolarni sabzavot saqlash omborxonalariga rekonstruksiya qilish biznes rejasini tuzishda agrokonsalting xizmatining o‘rni?
Biznes reja tuzishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Meva sabzavotchilik xo‘jaliklari biznes rejasini tuzish bo‘yicha qanday konsalting xizmatlarini tashkil etish mumkin?
Biznes reja samaradorligi qanday baholanadi?
Agrokonsalting xizmatida biznes rejalashtirish bo‘yicha murojatlar qanday qondiriladi?
25- MAVZU. FERMER XO‘JALIGIDA MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YIChA MASLAHATLAR
Darsning maqsadi: Talabalar qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy texnika va qishloq xo‘jaligi mashinalari bilan ta’minlash yo‘llari, moddiy-texnika ta’minotining iqtisodiy omillari va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari hamda texnik servis xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish bo‘yicha maslahatlar berish bo‘yicha ko‘nikma hosil qiladilar
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Moddiy-texnik bazani shakllantirish va mustahkamlash bo‘yicha maslahatlar.
2.Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy texnika va qishloq xo‘jaligi mashinalari bilan ta’minlash yo‘llari.
3.Moddiy-texnika ta’minotining iqtisodiy omillari va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.
4. Texnik servis xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish bo‘yicha maslahatlar.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar,tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Noa’nanaviy amaliy mashg‘ulot:”Aqliy hujum”bilan boshlanadi.Chunki talablarda yetarli bilim va ko‘nikmalar mavjud.O‘qituvchi buni ”Aqliy hujum” orqali tasdiqlaydi va shundan so‘ng talabalarni guruhlarga bo‘lib, ularga vazifalarini bajarishga ruxsat beradi.
Amaliy mashg‘ulot usuli: Bahs-munozara
Axbarot konsalting xizmatidan juda ko‘p fermer xo‘jalik rahbarlari o‘z moddiy texnik ba’zalarini mustaxkamlash maqsadida yangi zamonaviy texnikalarni joriy etishning eng samarali yo‘llari bo‘yicha maslahatlar bilan murojat qiladilar. Ma’lumki texnika olish uchun o‘z mablag‘i yoki kredit yoki lizingga texnika olishlari mumkin. Fermer xo‘jaliklari uchun eng afzal yo‘lni tanlashlari uchun axbarot maslahat xizmatidan foydalaniladi.
Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi:
lizing ob’yektining tavsiflanishi (lizing ob’yektining miqdori, sifati, ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari) va shartnoma umumiy pul summasining ko‘rsatilishi;
taraflarning lizing ob’yektini olish va berish bilan bog‘liq majburiyatlari;
lizing ob’yektini berish tartibi, shu jumladan lizing ob’yektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;
lizing ob’yektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
shartnomaning amal qilish muddati;
sotuvchi va lizing ob’yektini tanlash uchun masul tarafning ko‘rsatilishi.
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:
lizing ob’yektini sotib olish tartibi va muddatlari;
lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish;
lizing ob’yektini sug‘urta qilish;
fors-major holatlar;
lizing beruvchi qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi, bunday xizmatlarsiz lizing ob’yektidan foydalanib bo‘lmasa;
lizing sub’yektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi.
Har bir hududda fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlashda hisobga olinadigan omillarga quyidagilar kiradi:
hududlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibi;
fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashganlik darajasi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining tarkibi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan talabi.
Fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
har bir qishloq xo‘jaligi hududiga mos va iqtisodiy samarali bo‘lgan mexanizatsiya tizimini shakllantirish;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali suv resurslaridan samarali foydalanish;
mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlash;
kasallikka chidamli, tezpishar va yuqori hosildor qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lari bilan ta’minlash;
qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish, biologik vositalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish;
ishlab chiqarish bino va inshootlar qurilishiga amaliy yordam ko‘rsatish;
moddiy-texnika resurslarini xarid qilish va foydalanishda imtiyozlar joriy qilish;
xizmat ko‘rsatish va ta’minot yo‘nalishidagi korxona hamda tashkilotlarni samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |