Kichik korxona – band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni quyidagi hajmda bo‘lgan korxona:
1. YEngil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida - 100 kishigacha;
2. Mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida - 100 kishigacha;
3. Fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishigacha bo‘lgan sub’yektlar kiradi.
VMning 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan qaroriga binoan Iqtisodiyotning sermehnat toifasiga kiruvchi sohalaridagi kichik korxonalarning cheklangan xodimlar sonini 200 kishigacha oshirishga ruxsat berildi(ilgari 50-100).
Odamlar sonini 200 kishigacha ko‘paytirish huquqiga ega bo‘lgan sohalar ro‘yxatiga:
-sun’iy tola,
-elektron detallar, kompyuterlar,
-maishiy texnika, yoritish texnikasi
-podshipnik, yuk ko‘tarish,
-sovutish va ventilyatsiya uskunalari
- qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalar kiritildi.
Bundan tashqari: Omborxona va saqlash, pochta va kurerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi:
1. Mikrofirmalar xodimlari sonini ikki baravarga – 20 kishigacha,
2. Kichik korxonalar – 50 kishigacha oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Mikrofirmalarda ishlovchilar soni 25 kishini, kichik korxonalarda 100 kishini tashkil etadi (ilgari mos ravishda 10 va 20 kishi)38.
O‘tgan bo‘limlarga nazar solsak, konsultantlar shug‘ullangan menejment holatlari va muammolari o‘z ichiga kichik korxonalar konsultatsiyaga bog‘liq bo‘lgan konsepsiya va tajribalarni o‘z ichiga qamrab oladi.39
Kichik korxona konsultantlari biznesning o‘zgarishlariga mos ravishda o‘zgarishlari talab etiladi. Ular axborotlar va ularni qanday foydalanishdan xabardor bo‘lishlari lozim. Kichik korxona faoliyatiga doir bo‘lgan kompyuter texnologiyalari va dasturlarini ishlatishni bilishlari juda muhim hisoblanadi, ayniqsa oddiy ma’lumotlarni kichik korxona menejeri uchun foydali ma’lumotlar sifatida foydalana olishi muhimdir. Kichik korxonalar munosabatlarining rivojlanayotgan sohalari: informatsion va kommunikatsion texnologiyalar, globalizatsiya va jahon savdo tashkilotining kichik korxonalar bo‘yicha kelishuvlari va muammolarini eshitib his qiladigan kasaba uyushmalari hamda savdo birlashmalari mavjud davlatlarda sanoat aloqalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |