Agrokonsalting


-chizma. Agroiqtisodiy islohotlar tizimida SIUlar o‘rni va ular



Download 2,27 Mb.
bet61/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

1-chizma. Agroiqtisodiy islohotlar tizimida SIUlar o‘rni va ular
faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurati

SIUlar asosan aniq irrigatsiya-melioratsiya tizimiga bog‘liq bo‘lgan suv iste’molchilarning o‘z hohishi bilan tuziladigan va ular tomonidan boshqariladigan notijorat va nodavlat tashkilotdir. Ya’ni, Suv iste’molchilari uyushmasi muayyan miqdorda suv olish, undan samarali foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarining birlashmasidir.


SIUlarni tashkil etishdan maqsad qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning eng quyi bo‘g‘inida adolatli suv taqsimoti va irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali uyushma hududida suvdan samarali foydalanish uchun iste’molchilarning texnik-moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirishdan iborat.
Bunda mavjud vaziyatni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishda SIUlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishni taqozo etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar; texnologik-iqtisodiy omillar va moliyaviy-iqtisodiy omillar oraqali ifoda etish mumkin.
Fermer xo‘jaliklarining mulkka, yetishtirilgan mahsulotga mulkdor sifatida egaligi, mustaqil mehnat qilishga bo‘lgan ishtiyoqning yuqoriligi, dehqonning o‘z yerida mehnat qilishi natijasida qo‘lga kiritayotgan daromadi o‘z oilasi farovonligining asosi ekanligini e’tirof etgan holda xususiy mulkning qonun himoyasiga olinishi bilan birlikda qishloq xo‘jaligida yer va suvni xususiylashtirish imkoniyati mavjud emasligi masalani yechishning muqobil yo‘llarini qidirishga olib keldi. Bunday sharoitda SIUlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ob’yektiv zaruriyatga aylandi. Buni quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin:

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mol-mulk xususiy bo‘lgan vaziyatda (yer va suvdan tashqari) faoliyat yurituvchi fermer va dehqon xo‘jaliklariga ekinlarni sug‘orish uchun suv yetkazib berish tizimida ham davlat mulki salmog‘ini kamaytirish zarurati paydo bo‘ldi. Chunki, mulkning ishlab chiqaruvchidan uzoqlashib borishi samarasiz sarflarga olib kelishi, resurslar qaytimi kamayishini davlat mulkchiligi tizimi isbot qilgan. Bu muammoni nazariy jihatdan SIUlar orqali hal etish imkoniyati ancha keng. SIU quyi bo‘g‘inda suvni taqsimlash masalasini demokratik asosda boshqarish va bu jarayonga bevosita suv iste’molchilarini jalb qilish imkoniyatini beradi;

- yirik sug‘oriladigan ekin maydonlariga egalik qiluvchi past rentabelli va surunkali zarar bilan faoliyat yuritib kelgan shirkat xo‘jaliklari o‘rnida fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi oqibatida hamda mavjud sug‘oriladigan yerlardan foydalanish egalik huquqini olgan suv iste’molchilari bo‘lgan sub’yektlar sonining ko‘payishi natijasida suvdan foydalanish quyi bo‘g‘inida turli nizoli muammolar kelib chiqishining oldini olish;
- quyi bo‘g‘indagi irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlashga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning yetishmasligi bois, suv iste’molchilari mablag‘larining bir qismini jalb qilish hisobiga suvdan foydalanish munosabatlarini tartibga solish;
- suv iste’molchilari bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklari geografik jihatdan turlicha joylashuvi (sobiq shirkat xo‘jaliklarining alohida bo‘limlari, uchastkalari bo‘yicha joylashuvi) mavjud irrigatsiya-melioratsiya tizimlariga nisbatan turlicha vaziyatni paydo qiladi. Masalan, ba’zi fermerlar ariqning yuqori qismida, boshqalari quyi qismida joylashganligi tufayli sug‘orish suvi manbaiga yaqin-uzoqligi, suv resurslarining vegetatsiya davomida notekis taqsimotini keltirib chiqaradi. Ariqning yuqori qismidagi fermerlar ko‘proq suv olishga harakat qilishsa, quyidagi fermerlar vaziyati yanada yomonlashadi. Bu muammoni suv iste’molchilari mustaqil ravishda o‘zlari hal etishi mumkin emas va SIUlar faoliyati mazkur vaziyatda ham zaruratga aylanadi;
- yonma-yon joylashgan va har biri mustaqil bo‘lgan suv iste’molchilarining vegetatsiya davridagi suv sarfi miqdorini hisobga olish zarurati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, bugungi kunda zamonaviy suv o‘lchash asboblarining yetarli emasligi, suv o‘lchash tizimidagi texnik muammolar har bir hududda mavjud xususiyatlardan kelib chiqqan holda yondashishni taqozo etadi. Bu vaziyatda irrigatsiya tizimini texnik modernizatsiyalashga mablag‘ jalb qilishni, undan samarali foydalanishni tartibga soluvchi sub’yekt sifatida SIUlar ahamiyati beqiyosdir;
- ko‘pchilik holatlarda fermer xo‘jaliklariga ajratib berilayotgan suv miqdorlari ko‘z bilan chamalab, tajribalarga asoslanib taqsimlanadi. Natijada, bu suv isrofgarchiligiga va suv tanqis bo‘lgan yillarda esa, turli ijtimoiy nomaqbul bo‘lgan nizolarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga suvdan foydalanish nazoratini olib borishni qiyinlashtiradi. Chunki, Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan muntazam ravishda xo‘jaliklarda suvdan foydalanish holatini nazorat qilish imkoniyati mavjud emas. Mazkur holatda ham SIUlar faoliyati o‘rni beqiyos;
- SIUlar o‘z moliyaviy va moddiy-texnika resurslari hisobiga ichki xo‘jalik sug‘orish tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish va suvdan foydalanishni tashkil etish masalasini hal etadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatadiki, SIUlarning suv xo‘jaligi tarmoqlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari davlat tashkilotlariga nisbatan ko‘proq samara beradi. Jumladan, suv taqsimotini tezkor, ob’yektiv amalga oshirish, ekspluatatsiya va ta’mirlash harajatlarni nisbiy kamaytirish imkonini beradi;
- qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning quyi bo‘g‘inida SIUlar faoliyati zaruriyati ko‘p jihatdan mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlar bilan ham bog‘liq bo‘lib bunday hususiyatlar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • respublikamizning sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida suv resurslari ahamiyati beqiyosligi bilan birgalikda, sug‘orish uchun yaroqli suv zahiralarining talabga nisbatan ancha kamligi;

  • aholi sonining ko‘payib borishi oqibatida va ekin maydonlarining turli sabablarga ko‘ra muomaladan chiqib ketishi natijasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yer maydonlarining kamayib borishi;

  • global iqlim o‘zgarishi ta’sirida sifatida va umuman turli tabiiy ofatlar, qurg‘oqchilik oqibatida qishloq xo‘jaligida sug‘orish suvi balansining buzilishi kuzatilayotgan bir paytda respublikamizga oqib keladigan suv manbalarining transchegaraviy daryolar bilan bevosita bog‘liqligi.Shu bilan birgalikda suv xo‘jaligi quyi tizimida qishloq xo‘jaligi korxonalariga zarur paytda yetarli miqdorda suv yetkazib berish, suvni adolatli taqsimlash, uni tejash tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni SIUlar doirasida tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati ortib bormoqda.

Suv iste’molchilari uyushmasi (SIU) bir yoki undan ortiq kanal atrofidagi suvdan foydalanuvchilarning xohish-irodasi bilan tuziladigan va ular tomonidan boshqariladigan notijorat tashkilotdir. Suv iste’molchilari uyushmasi muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oishruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari va boshqa yuridik jismoniy shaxslar birlashmasi(uyushmasi)dir.
Suv iste’molchilari – fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa egalari va boshqalar bo‘lib, adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali uyushma hududida sug‘orma dehqonchilikni rivojlantiradilar va buning uchun o‘zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini birlashtiradilar.29
Suv iste’molchilari – cheklangan miqdordagi suvni olish, undan va ichki suv xo‘jaligi ob’yektlaridan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik hamda boshqa faoliyatlarni amalga oshruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardir (Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroridan).
SIUlar a’zolariga yerga egalik huquqini kiritgan yuridik yoki jismoniy shaxslar kiradi.Uyushma a’zolarining bevosita o‘zlari yoki ularning vakolatlari SIU faoliyatini demokratik tamoyillar va uning Nizomi asosida boshqaradilar. SIUning boshqaruv tuzilmasi qo‘yidagicha:

Suv iste’molchilar uyushmasi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan:



    • Suvdan foydalanishda belgilangan qoidalarga muvofiq suv resurslarini o‘z a’zolari o‘rtasida taqsimlash;

    • Uyushma a’zolaring sug‘oriladigan yerlaridan drenaj va oqava suvlarni chiqib ketishini ta’minlash;

    • Olinadigan va taqsimlanadigan suv resurslaring xisobini olib borish;

    • Uyushmaning aybi bilan Uyushma a’zosiga belgilangan ma’lum bir muddatda suv yetkazib berilmasa, u xolda belgilangan limit doirasida boshqa bir muddatda yetkazib berilmagan suv xajmini qoplash.

Suv iste’molchilar uyushmasi faoliyatini yuritish va ularni rivojlantirish bo‘yicha bugingi muommalar quyidagilar:

  • Sug‘orish va drenaj tizimlari texnik xolatini yomanligi

  • Fermerlarda suvni jamoa bo‘lib boshqarish va sug‘orish - drenaj tizimlaridan foydalanish tajribasi yo‘qligi sababli davlat tomanidan texnik va moliyaviy yordamisiz SIU birlasha olmasliklari;

  • SIU moddiy va maoliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgani;

  • SIU boshqaruv organida suvdan foydalanishni rejalashtirish, suvni taqsimlash, sug‘orish va drenaj tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish tajribasining yetishmasligi;

  • Fermerlarda suvni boshqarishda ishtrok etish uchun yetarli tajribaning yo‘qligi;

  • Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari paxta va g‘alla xarid narxi pastligi va boshqa sabablar tufayli fermerlarning SIU ga xizmat xaqini to‘lay olmaѐtgani;

  • Qishloq xo‘jaligi karxonalarini moliyalashtirishda Moliya vazirligi transhlarda SIU ga xaq to‘lashni to‘la xisobga olmasligi.

Bugungi kunda suv iste’molchilar uyushmasi quyi vazifalarni xal etadi:

    • suvdan foydalanish rejasini tuzish;

    • suvdan tezkor foydalanish;

    • suvdan foydalanishni xisobga olish va nazorat kilish;

    • suv xo‘jaligi ob’yektlarini joriy va tubdan ta’mirlash.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish