Nazorat uchun savollar.
Soliq masslahati tizimining huquqiy va tashkiliy asoslari?
Soliq maslahati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari?
Soliq maslahati tushunchasi?
Soliq maslahatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlarni qanday turlarini bilasiz?
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzishning majburiy sharti nimadan iborat?
Soliq maslahatchilari tashkiloti va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi?
Soliq maslahatchilari tashkilotining huquqlari?
Soliq maslahatchilari tashkilotining majburiyatlari?
Soliq maslahati bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish tartibi?
21- MAVZU. QIShLOQ XO‘JALIGIDA SELEKSIYa XIZMATLARI BO‘YIChA MASLAHATLAR
Darsning maqsadi: Qishloq xo‘jaligida o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik xizmatlari, zooveterinariya xizmati va shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha maslahatlar bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi.
1.Qishloq xo‘jaligida o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik xizmatlari.
2.Chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar.
3.Chorvachilikda naslchilikni rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar.
4.Zooveterinariya xizmati va shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha maslahatlar.
Darsga oid jihozlar:Markerlar, flamaster, plakatlar, kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Noa’nanaviy amaliy mashg‘ulot: Talablarda yetarli bilim va ko‘nikmalar mavjud.O‘qituvchi buni ”Aqliy hujum” orqali tasdiqlaydi va shundan so‘ng talabalarni guruhlarga bo‘lib, ularga vazifalarini bajarishga ruxsat beradi.
Amaliy mashg‘ulot usuli: Bahs-munozara
Urug‘chilik ishlarini tashkil qilishda Davlat urug‘chilik tizimiga rioya etiladi. Urug‘chilikda Davlat va xo‘jalik
nazorati ishlari olib boriladi. Nav - inson faoliyatining mahsuli bo‘lib, dehqonchilikda mehnat unumdorligini oshiradigan, mo‘l va sifatli hosil olishda ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtiradigan vositalardan biridir. Yangi navni ekish hisobiga ilgaridan ekib kelinayotgan navlarga nisbatan 10-40% ba’zi hollarda 70-80% va undan ko‘proq hosilni oshishi natijasida, katta maydonlarda hatto million tonnalab qo‘shimcha mahsulot yetishtirishga erishiladi. Oqibatda iqtisodiy samaradorlik keskin oshadi. Seleksiyaning samaradorligi har bir zona yoki tuproq sharoiti uchun navlarni to‘g‘ri tanlab mahalliylashtirish orqali ko‘zga tashlanadi. Odatda qurg‘oqchilik hududlarida ertapishar va qurg‘oqchilikka hamda issiqqa chidamli navlarni ekishga mahalliylashtiriladi. Suv yoki namgarchilik bilan yaxshi ta’minlangan dehqonchilik sharoitida intensiv tipga mansub navlarni ekish yaxshi samara beradi.
Seleksiya va urug‘chilik ishlarini tashkil etish va rivojlantirish hozirda yanada kattaroq ahamiyatga ega. Davlat bu ishlarga ko‘p e’tibor berib kelmoqda. Qator qonunlar va qarorlar qabul qilinib, seleksiya va urug‘chilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va malaka oshirish borasida ham ishlar olib borilmoqda.
Chorvachilikni yuritish tizimlari podani takror ishlab chiqarish, chorva mollarini qish va yoz paytlarida asrash va boqish usullari, yem-xashak yetishtirish manbalari, tarmoqning intensivligi, bir bosh chorva moli va 1 gektar yem-xashak maydoniga qilinadigan mehnat va mablag‘ xarajatlari darajasi hamda 1 gektar yer maydoni hisobiga yetishtirilgan mahsulot miqdori bilan farqlanishi kerak.
Chorva hayvonlari mahsuldorligini oshirishda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:
-Chorva hayvonlarning zotdorlik belgilarini saqlash va yanada mustahkamlash
-Qishloq xo‘jalik korxonalari, fermer, dehqon xo‘jaliklarini yuqori mahsuldor zotli chorva mollari bilan muntazam ta’minlash
-Chorvadorlarning mehnat unumdorligi va mehnat haqini barqaror oshirish
-Hayvonlarni saqlashning progressiv usullaridan, shu jumladan, bog‘lamasdan saqlash, maxsus qo‘ralardan foydalanish.
-Asosiy vositalardan ayniqsa, chorva binolari va inshootlari quvvatidan oqilona foydalanish.
-Zooveterinariya xizmatlaridan foydalanish.
Veterinariya xizmati chorva mollarini kasalliklardan muhofaza qilish va davolash ishlari ularni xonakilashtirish davridan boshlangan. Davlat veterinariya xizmatini Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmalari, tumanlar, viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarning davlat veterinariya bo‘limlari, ular qaramog‘idagi hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash stansiyalari(tuman veterinariya stansiyalari), diagnostika markazlari, veterinariya shifoxonalari, laboratoriyalari, ekspeditsiyalari, hayvon kasalliklariga qarshi kurash qismlari, dehqon bozorlaridagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari va davlat veterinariya tarmog‘ining boshqa muassasalari amalga oshiradi.
Idoraviy veterinariya xizmati vazirlik, idora, korxona, muassasa va tashkilotlar tasarrufida bo‘lib, veterinariya mutaxassislari o‘z vakolatlari doirasida hayvonlarga idoraviy veterinariya nazorati va veterinariya xizmati ko‘rsatishini amalga oshiradi. Xususiy veterinariya xizmati bilan veterinariya vrachi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va boshqalar, shuningdek veterinariya feldsherlari va texniklari, veterinariya vrachi nazoratida shug‘ullanishi mumkin.
Hozirgi davrda respublika veterinariya xizmati tarmoqlarida 5454 nafar oliy toifali veterinariya vrachlari, 6 mingdan ko‘proq nafar feldsherlar mehnat qilmoqda. Davlat veterinariya xizmati tarmog‘i tizimida 13 viloyat veterinariya bo‘limi, 165ta tuman veterinariya shahobchalari, 13 viloyat veterinariya laboratoriyalari, 126 tuman va tumanlararo veterinariya laboratoriyalari, 246 veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari, 55 uchastka veterinariya shifoxonalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |