Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet172/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Amaliy mashg‘ulot usuli: Bahs-munozara


Shartnoma – bu bozor munosabatlari sharoitida barcha mulk shaklidagi korxonalar, shuningdek qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda boshqaruv organlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan asosiy huquqiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Xo‘jalik shartnomasining tushunchasi va xususiyatlari:
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini olish, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini olish bo‘yicha tuzilgan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi.
Xo‘jalik shartnomasining xususiyatlari:

  • Shartnoma faqat tadbirkorlik faoliyati sohasida, ya’ni foyda olish maqsadida;

  • Shartnoma yuridik shaxslar va yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar o‘rtasida;

  • Shartnoma tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida;

  • Shartnoma faqat yozma tarzda tuziladi.

Shartnomaning tarkibi:

  • Kirish

  • Shartnoma mazmuni

  • Tomonlarning xuquq va majburiyatlari

  • Tomonlarning javobgarligi

  • Qo‘shimcha shartlar

Shartnomaviy munosabatlarni tashkil etishda har bir tizimning samarali ishlashini tashkil etish butun texnologik jarayonni samarali ishlashiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jaligi maщsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish artibi to‘g‘risida NIZOM»ga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari asosan uchta turdagi shartnomalarni tuzadi (10.1-chizma):
- kontraktatsiya shartnomalari;
- moddiy-texnika resurslari yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar;
- xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar.
Kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha xo‘jalik bunday mahsulotlarni qayta ishlash yoki sotish uchun xarid qiluvchi shaxsga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kelishilgan muddatlarda berish majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa muayyan narx bo‘yicha kelishilgan muddatlarda haq to‘lab ushbu mahsulotlarni sotib olish majburiyatini oladi.
Moddiy-texnika resurslari (ehtiyot qismlar, urug‘lik, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it va boshqalar) yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib beruvchi tashkilot xo‘jalikka o‘zi ishlab chiqaradigan yoki xarid qiladigan moddiy-texnika resurslarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda foydalanish uchun kelishilgan muddatda yetkazib berish majburiyatini oladi, xo‘jalik esa moddiy-texnika resurslarini qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narxlar bo‘yicha haq to‘lash majburiyatini oladi.
Xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha bajaruvchi tashkilot xo‘jalik buyurtmasiga binoan mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish, servis, agrokimyo, agrotexnika xizmatlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash majburiyatini oladi, xo‘jalik esa ushbu ishlar (xizmatlar)ni qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narxlar bo‘yicha haq to‘lash majburiyatini oladi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish