Darsning maqsadi: AMXda o‘zaro teskari aloqalar mexanizmlariga oid ko‘nikmalarni talabalarga berish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1. O‘zaro teskari aloqa.
2. Tashxis fazalarining natijalari o‘zaro teskari aloqalarni olib borish asoslari.
3.Manbalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning mavjudligi.
4.AMXda o‘zaro teskari aloqalar mexanizmlari.
5.Individual, jamoaviy aloqalar va ikkilamchi manbalardan axborotlar to‘plash.
Darsning turi: Davra suhbati.Talabalar 3 guruhga bo‘linadi.
O‘zaro teskari aloqalar- mijozga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganish hamda bajarilgan ish bo‘icha xisobotlarni berish maqsadida axborot-maslahat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xodimi yoki maslahatchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalardir. Bu aloqalar natijasida axborot-maslahat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xodimi yoki maslahatchisi berilgan topshiriqni sifatli va belgilangan muddatda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Axborot-maslahat xizmatida o‘zaro teskari aloqalar yo‘lga qo‘yishda qo‘yidagilar amalga oshirish kerak:
-mijozga vaqti vaqti bilan uning tashkiloti haqida yangi va ahamiyatga molik bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha axbarot berishlik;
-olib borilayotgan jarayon haqida va maslaxatchining vazifaga nisbatan yondashuvi haqida mijozni xabardor qilib borishlik;
-bajarilayotgan topshiriqqa nisbatan mijozni qiziqishi va faolligini oshirib borishlik;
-mijoz maslahatchi topshiriqni bajarish davomida to‘g‘ri yo‘ldan borishiga ko‘mak berishiga va zarurat to‘g‘ilganda to‘g‘ri yo‘nalish berib borishi uchun mijozni ishga bo‘lgan e’tiborini oshirib borishlik.
O‘zaro teskari aloqalarni foydalanuvchilar bilan amalga oshirishning bir qancha usullari mavjud. Ularning xar bir afzallik va kamchiliklarga ega (vaziyatni hisobga olganda) va samarali natijalarga erishish maqsadida bir vaqtning o‘zida bir necha usullardan foydalanish mumkin. O‘zaro teskari aloqalar usullari qo‘yidagicha guruhlanadi:
Individual (yakka xolda) usul
Jamoaviy usul
Ikkilamchi manbalardan ma’lumotlarni yig‘ish usuli
Individual (yakka xolda) usul- yakka hola surovlarni o‘tkazish yo‘li bilan ma’lumotlarni to‘plash usulidir. Bu usulning asosiy shartlaridan biri shundaki, o‘zaro teskari aloqalar vaqtida axbarot va ma’lumotlar beradigan insonlar, ma’lumotlar yig‘ish jarayonida bir birlari bilan aloqada, ya’ni yaqin munosabatda bo‘lmasligidir.
Axbarot maslahat xizmat ko‘rsatishda o‘zaro teskari aloqalarni amalga oshirish jarayonida jamoaviy usulni qo‘llash qatnashchilarning o‘zaro munosabatda bo‘lishlari uchun juda qo‘l keladi. Jamoaviy so‘rovnomalar o‘tkazilganda ma’lumotlar yozma yoki og‘zaki taqdim etilishi mumkin. Bu usulning samarali bo‘lishi, axbarot maslahat xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning xodimlarining salohiyati, jamoa orasida o‘zining faolligini ko‘rsatishga bo‘lgan xoxishi va bajargan ishlar natijasida namoyon bo‘ladi.
O‘zaro teskari aloqalardagi jamoaviy usulga asosan qo‘yidagi uslublar mansub:
Delfiy uslubi;
Tematik suhbatlar uslubi;
Nominal jamoaviy uslub;
Norasmiy jamoaviy uslub
Ikkilamchi yani boshqa manbalardan ma’lumotlarni to‘plash usulida ikkilamchi manba ma’lumotlari bo‘lib, ma’muriyat hisobotlari, ma’lumotnomalar va boshqa turli xil ish xujjatlari bo‘lishi mumkin. Bu xujjatlarda ko‘rsatilayotgan xizmatdan qay darajada foydalanilayotganligi va xizmat ko‘rsatishning sifat darajasiga taaluqli ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘lishi mumkin.
AKXlarda o‘zaro teskari aloqalar xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlardan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati haqida axborot olib borishdir. Lekin amaliyotda ko‘pincha o‘zaro teskari aloqalarni o‘xshash kategoriyada bo‘lgan ko‘rsatkich, ya’ni bajarilayotgan vazifani monitoringi va uni baholanishi bilan almashtirib yuboriladi. Agar mijoz xizmat ko‘rsatish jarayonidan qoniqmasa yoki mijoz keyinchalik aynan shu AKX ko‘rsatuvchi sub’yekt xizmatidan foydalanishni hohlamasa, maslahatchi buning sababini o‘rganishi zarur hamda o‘zaro teskari natijasida xizmat ko‘rsatuvchi o‘z kamchiliklarini bilib oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |