Nazorat uchun savollar
Agrokonsalting fanining maqsad va vazifalari?
Agrokonsalting fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi?
Agrokonsalting tushunchasi.
Konsultatsiya nima va nima uchun kerak?
2-MAVZU.“AGROKONSALTING” FANINI O‘RGANISh USULLARI
Darsning maqsadi: Talabalarga “Agrokonsalting” fanining o‘rganish usullari, asosiy xususiyatlarini, mamlakatimizda xususiy tadbirkorlik ko‘rinishidagi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga axbarot maslahat xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘nikmalar berish va tushuntirish hisoblanadi.
Darsning rejasi:
1 Agrokonsaltingni asosiy yo‘nalishlari.
2 Maslahatdan maqsad va konsultant xizmatidan foydalanish yo‘llari.
3.Agrokonsalting xizmatini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati.
4.Agrokonsalting xizmatidan foydalanadilar tarkibi.
Darsning shakli: Davra suhbati, guruhlarga bo‘lish
Darsga oid jixozlar: - Flamaster, tarqatma materiallar, kerakli adabiyotlar. Marker va plakat bo‘lmagan taqdirda sinf taxtasi, bo‘rdan foydalanish mumkin.
Qishloq xo‘jaligida AKXning maqsadi - mijozlarni muammolariga yechim topish va bu borada maslahat berishdan iborat. Shu sababli, AKXda mijozga xizmat ko‘rsatuvchi maslahatchilar nafaqat o‘z bilimlari, balki markazdagi mutaxassislarga murojaat qilgan holda mijoz topshiriqlarini bajaradi. AKXi tarkibi rahbar, maslahatchilar va mutaxassislardan iborat. Maslahatchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadilar:
ichki va tashqi;
tajribali va yosh maslahatchilar.
Ichki maslahatchilar markazning doimiy xodimlari sanalsa, tashqi maslahatchilar ba’zi bir murakkab yoki noan’anaviy muammolarni yechimini topishda malakali mutaxassis olimlar bo‘lishi mumkin va ular markaz bilan shartnoma asosida ish olib boradilar.
Tajribali maslahatchilar yillar davomida faoliyat olib borayotgan va tajribaga ega bo‘lsalar, yosh maslahatchilar yangi kelgan xodimlar bo‘ladi.
Axborot xizmati mutaxassislari quyidagi turli yo‘nalishlarda bo‘ladilar:
Ilg‘or agrotexnologiyalarnijoriyetish bo‘yicha;
-Chorvachilikva veterinariya xizmatlari bo‘yicha;
O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha;
Urug‘chilikni tashkiletishbo‘yicha;
Marketing va huquqiy AKXlari ko‘rsatish bo‘yicha;
Shartnomalarva hamkorlik munosabatlaribo‘yicha;
Buxgalteriya hisobi va moliya bo‘yicha;
Soliqlar va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha;
Korxonani biznes-rejalashtirish bo‘yicha va hakozo.
Konsalting firma boshqarish vazifalari orqali mijozlar ishlarini bajaradilar. Har qanday tanlovlar firmaning strategiyasi, sifat kafolati, xodimlar-personallarni rivojlantirish va innovatsion mahsulotlar hisobga olinib boshlang‘ich mijoz topshiriqlarini operatsion dastur intervension usullardan foydalangan holda o‘zgartirilishi kerak. Aks holda, kelajakda boshqaruv hamkorlari bilan yirik loyihalar va mijozlar bilan olib boriladigan ishlar oldindagidek davom etadi. Bundan tashqari, individual mijozlar konsalting firmaning turli xil vazifalardagi negizini boshqarishi ham mumkin. Qo‘pol va ehtiyotsiz boshqaruv vazifalari mijozlar tomonidan samarasiz va faoliyati talab darajasida emas deb e’tirof etiladi.
Har bir vazifani qanday boshqarishni mutaxassislik firmasi tanlaydi. Tanlash masalasi quyidagi talablarni o‘z ichiga oladi:
standart va maxsus boshqaruv jarayonining qo‘llanilishi;
ishchan jamoa yetakchisini tanlash zaruriyati va u bilan kelishuv;
bosh maslahatchilar yoki hamkorlarning ish tajribasi turlari va darajasi;
batafsil boshqaruvlar nazorati va maqbulligi;
mijoz firmasining yuqori darajadagi boshqaruvi haqida axborot olish yoki jalb etish;
yangicha usul va yo‘nalishlar imkoniyatini sinab ko‘rish va maqbulligini tekshirish;
kelajakdagi tadbirkorlik faoliyatni rivojlantirish ahamiyatliligi.
Bu qarorlarni qabul qilishda konsalting firmasi amaliyotda qo‘llanilgan topshiriqlarning yangicha tahliliga amal qilishi kerak. Garchand har qanday topshiriqlar o‘rtasida o‘xshashliklar bo‘lsada, lekin hech qachon ikki topshiriq to‘liq bir xil bo‘la olmaydi, chunki inson omili va sharoitlar har doim o‘ziga xos bo‘ladi. Agar firma topshiriq tipologiyasini ishlab chiqqan bo‘lsa va har xil xarakterli boshqaruv talablari belgilab olingan bo‘lsa, bu tipologiyadan ehtiyotkorona foydalanish lozim.
Jamoa rahbarlari va loyiha menejerlari topshiriqlarini bajarilishini boshqaruvida asosiy rol o‘ynaydi (qoida bo‘yicha). Umuman, maslahat beruvchi firmada tajriba va yuqori darajadagi mutaxassisligi bo‘lgan ishchilar guruhi yuqori o‘rinda bo‘lishlari kerak. Funksiya, ya’ni vazifa ko‘pincha muzokara va yangi topshiriqlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi: mijoz tashkilotining dastlabki tayinlangan shartnomalari so‘rov qilsa, katta maslahatchi mijozga taklif qilingan taklifni tayyorlashni muvofiqlashtiradi. Shunday qilib, jamoa rahbari to‘liq vakolatni va faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning dasturiy ish vaqtini belgilash, ishni tashkil qilish va mijozga berilgan maslahat qarori uchun javobgar bo‘lishi kerak.
Qo‘shimcha sifatida, mutaxassis maslahatchilar shu vaqt ichida bir qancha topshiriqlarga, hatto nafaqat jadallashtirish va muvofiqlashtirishda, balki texnik yaqinlashuvning kelib chiqishi, intelektual zaruriyat va bir yoki boshqa kasbga ishonchida ham hissa qo‘shishi kerak.
Bu nazorat mas’uliyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Boshqaruchi maslahatchilarning topshiriq bo‘yicha davomli tashriflari;
Topshiriq jarayonidagi nazorat va tahlil;
Boshqaruvchi maslahatchilarga texnik yordam va ko‘mak;
Mijoziga tanishish uchun hisobot va takliflar;
Ijro davomida mijoz bilan o‘zaro ishonchli aloqani ushlab turish.
Mijoz bilan kasbiy munosabatlarni ochiq-oydin aniqlashtirish har doim muhim hisoblanadi va boshqaruvchi maslahatchilar yoki nazoratchilar bilan barcha masalalarni muhokama qilib maslahatlashish zarur. Masalan, mabodo topshiriq bajarilishi tezlashmasa, mijoz boshqaruvchi maslahatchiga yetarlicha vaqt ajratmagan bo‘ladi, nazoratchi mijoz bilan bu masalani ko‘tarishi kerak va kelishib olishi kerak. Qachonki, mijozlar uchun topshiriq bo‘yicha xulosalar diagnostikasi yaratilsa, ushu vaqtda nazoratchi uchrashuvga kelib, boshqaruvchi maslahatchiga uning tajribalari asosida ko‘mak berishi va qo‘llab-quvvatlashi zarur43.
Konsalting firmalarining maslahatchilarini hatto bir ish kunini ham bekor ketkazmasdan eski amalga oshirganlaridan boshlab, yangisigacha o‘zaro bog‘liqlikda harakatlanishlarini hohlaydi. Ishning boshlanish tartibi va topshiriqlarning grafiklarini amalga oshirish maqsadida kelishadilar. Ahloqiy yondoshish zarur, biroq, agar sizning mijozingiz qiyin vaziyatda qolsa va tezkor yordamga muhtoj bo‘lsa, siz hech qachon bunga o‘zingizni ishingizni yengillatish maqsadida ishonch hosil qilishi uchun kutmasligingiz zarur. Bundan tashqari, siz va’da bergan bo‘lsangiz o‘z va’dangizda turishingiz zarur.
Konsalting firmalari har bir topshiriq uchun reja tuzishdan oldin, tanlangan maslahatchilar belgilangan vaqtida mavjud bo‘lishlariga ishonch hosil qilishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |