Agrokonsalting


Mikrofirmalar uchun qulay muhit yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 2,27 Mb.
bet105/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

3.Mikrofirmalar uchun qulay muhit yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari
Muomala ko‘nikmalari konsultantlar uchun muhim ahamiyat kasb etib bormoqda va hattoki texnik bilimlar va boshqa ko‘nikmalarini o‘z soyasida qoldirishi mumkin.. Konsultantlar o‘zlarining kommunikatsion tajribalarini muammoni aniqlashga va uni yechimini topishga foydalanishlari lozim. Konsultantlar marketing, texnologiyalar va kompyuter dasturlari kabi alohida muammolar bo‘yicha o‘z yordamini beruvchiyuqori bilimli texniklar bilan doimiy aloqada bo‘lib turishlari lozim bo‘ladi. YEchim topilgandan so‘ng konsultant o‘zining shaxsiy muomala ko‘nikmasidan foydalangan holda menejerni ushbu yechimni joriy etishning afzallik tomonlariga ishontirishga harakat qilishi lozim.
Kichik korxona egalari ko‘plab muammolarga duch kelishadi, shuning uchun konsultant korxona egasi tomonidan turli talablar va ehtiyojlarga tayyor turishi lozim. Konsultantlar deyarli barcha zaruriy yordamlar uchun “yagona darcha” sifatida qaralishi mumkin. Quyida berilgan bosqichlar o‘ziga xos hayot sikli asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi korxona menejerlari bilan shug‘ullanuvchi konsultantlar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aks ettirishga yordam beradi:
Biografik faktlar muvaffaqqiyatli kichik korxona egalari menejerlari ma’lum bir fazilatlarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Ular ko‘pincha oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib dunyoga kelishadi va hayotda boshqalarga nisbatan juda erta ma’suliyat hissini bilishadi. Juda ko‘p holatlarda ular ishbilarmonlarning farzandlari bo‘lishadi. Bu kabi odamlarda qo‘shimcha bilimga ega bo‘lishmaydi ammo ishda 5 yildan ziyodroq malakaga ega bo‘lishadi.
Shaxsiyatiga kelsak, optimistik va riskni o‘rtacha moyillar sifatida guruhlashadi, hayotda pul topish motivatsion asos bo‘lishiga qaramasdan o‘zlarining taqdirini nazorat qila olishadi. Bu kabi odamlar odatda oilali, ammo biznesga oilaviy ta’sir eng past darajada bo‘lishadi bunga asosiy sabab odatda rafiqalari ham tushunadigan turmush o‘rtog‘ining talablarini qadrlovchi bo‘lishadi. Tadbirkorning oilaviy holati korxonaning samarali yuritilishida sanalishi mumkin bo‘lgan jixatlardan biri hisoblanadi.
Eng asosiy xususiyat bu tadbirkor aqlan va jismonan juda ham faol bo‘lishi lozim. Ular o‘z vaqtini yaxshi boshqarishadi va yaxshi tashkilotchi hisoblanishadi. Muvaffaqiyat sifatdan kelmasligi mumkin ammo aniq dasturdagi miqdor rejalashtirilgan va rivojlantirilgan bo‘ladi. Qisqa qilib aytganda, eng kuchli ta’sir bu katta muvaffaqiyat kalitidir.
Endi ish boshlayotgan tadbirkor bilan ishlashda konsultant tadbirkorni haqiqiy ishbilarmon bo‘la olish yoki bo‘la olmasligini aniqlash uchun uning qiziqishlari, hobbilari, oilaviy ahvoli haqida ma’lumot to‘plashi zarur. Loyiha tekshiruvdan o‘tkazilishi, kichik korxonaning va tadbirkorning kuchli va kuchsiz tomonlari hisoblab ko‘rilishi lozim bo‘ladi. Nazorat ro‘yxati ko‘rib chiqilishi uchun ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Mijozlarning yangi ishlab chiqarishni boshlashga bo‘lgan xohishlarini baholagan holda konsultant takliflarni muhokama qilib va qayta ko‘rib chiqqandan so‘ng eng kamida uchta favqulodda tegishli rejalarni ishlab chiqishi lozim bo‘ladi:

  1. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lganlarning eng yaxshisi qay biri? (“ko‘k osmon” yondashuvi);

  2. Qay birining sodir bo‘lish ehtimoli yuqori (“biznes reja” uchun asos)?;

  3. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lganlardan eng yomoni qay biri (“salbiy risk”ni haqqoniy baholash)?

Konsultantlar ijodiy muammolar sanaluvchi birinchi ikkita imkoniyatlari to‘g‘risida o‘z mijozlari bilan erkin suhbatlashishi lozim. Uchinchi turdagi korrektiv muammolar konsultantning shaxsiy maslahatlari uchun saqlab qo‘yiladi. Agarda “Merfi qonuni”ga ruxsat uchun sabablar bo‘lmasa u holda Konsultant har uchala alternativlar uchun tegishli rejalarni tuzib qo‘yishi lozim bo‘ladi. Kichik korxonaning yaxshi menejeri doimo g‘oyalarni tezlik bilan umumiylashtira oladi.
Konsultant buni ruhlantirib turishi lozim va ikkita sababga ko‘ra ushbu g‘oyalar haqida ma’lumotlarni yozib olish va yig‘ishda mijoziga yordam berishi lozim bo‘ladi: birinchi sabab bu alternativlar ichidan mantiqiy tanlov amalga oshirish uchun yordam berish va ikkinchisi boshqaruv tajribasida dastlabki boshlangan rejadan so‘ng yuzaga kelgan noqulaylik tug‘diruvchi g‘oyalarni qo‘llab quvvatlovchi faktlarni ishlatish.
Asosan dastlabki bosqichlarda xatolar qilinadi, ular ham umumiy o‘rganish jarayonining bir qismidir. Konsultantning vazifasi ushbu bosqichlarda menejerlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarni minimallashtirish hisoblanadi. Ammo imkonsiz loyihani muddati o‘tib ketgandan so‘ng qaytarishga urinishga yunaltirilgan dasturning samarasizligini tan olgan ma’quldir. “Qayta tirilishdan ko‘ra tug‘ilish osonroqdir”. Agar, imkoniyat va sharoitlar yetarli bo‘lsa mijozni qayta tiklanishiga ruhlantirishga yo‘l qo‘yish lozim. Agar korxona bilan oldinga siljishga qaror qilinsa barcha munosabatlar qo‘llab quvvatlanadi. Faoliyatni rag‘batlantiruvchi samarali qaror qabul qilish juda muhim, yangi korxonalarda xatolik va muzokaralar xonasi mavjud.
Funksional nuqtai nazardan qaraganda konsultant mijozlarni imkoniyati bo‘lsa boshidan ba’zi mutaxassislarning xizmatidan foydalanishga undashi lozim. Agarda korxona o‘sayotgan bo‘lsa boshida kelgan mutaxassislar uning tarixi, amaliyoti va natijalari bilan yaxshi tanish bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida ularni eng to‘g‘ri yo‘lni topishiga yordam beradi. mutaxassislar o‘z ichiga quyidagilarni qamrab olishi mumkin.
• Qonuniy firma
• Hisobchi;
• Banker;
• Sug‘urta agenti;
• Marketing vakili, reklamachi yoki bozor tadqiqotchisi (odatda bu korxona shakliga bog‘liq bo‘ladi)
• IT konsultanti (mos ilovalarni tanlash IT bo‘yicha turli tuzoqlardan uzoqroq bo‘lish uchun dasturlar tanlash)Kichik korxona konsultantlari keng ko‘lamda,ayniqsa moliyaviy masalalarda funksional ekspertizani talab qilishadi. moliya sohasi kapital shakllanishi va xarajatlar va tushumlarni nazorat etishda o‘z muammolarini yuzaga chiqaradi. konsultantlarning ushbu sohada yaxshi ta’riflanmaganligi mijozlar uchun xavfli hisoblanadi va davr mobaynida professional mahoratni davo qila olishmaydi.
Bu tez-tez faqatgina moliyaviy baholash orqali amalga oshiriladi, konsultant lozim bo‘lgan taqdirda opearatsiyalarni davom ettirishga undashdan ko‘ra uni to‘xtatishga oid noxush vazifalarni ham bo‘yniga olishga qodir bo‘lishi kerak.
Start-up davrida konsultant kichik korxonalar faoliyatiga oid potensial muammolarga yo‘naltirilgan bir qancha tadqiqotlarga asoslangan quyidagi nazoratni amalga oshirishi lozim. muammoli hududni tekshirishning muhimligiga ko‘ra konsultant 7 "M" lar kabi klassifikatsiyalangan kamchiliklarni qidirishi lozim:
• Boshqaruv (tajribani kamligi)
• Monetar(kapital yetishmasligi; xarajatlarni nazorat qilishning sustligi)
• Material(noqulay joylashish)
• Mehanizm (ortiqcha aktivlarning sotib olinishi)
• Marketing( noqulay bozorlar uchun noo‘rin mahsulotlar)
• Aqliy(kengaytirishni rejalashtirishning past darajada ekanligi)
• Motivatsiya(ish va ma’suliyatga noto‘g‘ri munosabat)
1 va 2 bosqichlarni muzokara qilgach, konsultant korxonani kengayishi kabi bir qancha yangi holatlarga duch kelishi mumkin va bunda konsultant vazifasi progressiv yondashuvni talab qiladi. bu zaif tomonni yengishni imtixondan o‘tkazish, yaqin rivojlanish uchun imkoniyatlar va korxonaga berilgan ko‘p imkoniyatlardan foydalishga yordam beruvchi resurslarni muqobil taqsimlashni vaqtining kelganligidan darak beradi. menejerga resusrslarni taqsimlashga yordam berishda konsultant "to‘rttasi birga tamoyili" asosida ishlashi lozim:
• Savdoning 80% mijozlarning 20%dan keladi;
• Harakatlarning 80 foizini aksiyalarning 20 foiziga to‘g‘ri keladi;
• 80 foiz intizomiy muammolarni xodimlarni 20 foizi amalga oshiradi;
• 80 foiz savdo 20 sotuvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Konsultant "foiz o‘ynash" faoliyatini va muhim sohalarda o‘z fikrini jamlay olishiga undashi lozim bo‘ladi. kamolotga yetish davrida kundan kunga operatsion muammolarga g‘arq bo‘layotgan menejer korxonaning yashab qolishi yoki o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli yoki qisqa muddatga mo‘ljallangan rejalarga yetarlicha e’tibor berishga imkoni ham vaqti ham bo‘lmaydi. konsultantlar ayni mana shu paytda konsultantlarni ruhlantirib kelejakka qarashlariga e’tibor qaratishlariga yordam qilishlari lozim bo‘ladi. masalan, konsultantlar tashkilotning joriy qismlari va ish tasvirlarini tayyorlay olishadi va ularni 5 yoki o‘n yil ichida qanday bo‘lishi ulardagi o‘zgarishlarni ko‘rsatgan holda solishtira oladilar. yangi rivojlanishlar yetarli darajada ko‘tarinki ruh, sezilarli inkubatsiyaniva kondensatsiyani talab qila oladi. shuning uchun konsultant menejerning rejalari kelajak o‘sish va rivojlanish uchun resurslar hamda vaqtni tug‘ri taqsimlay olishga qaratilganligiga ishonch hosil qilishlari lozim.
Muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi menejerlarning mashhur xususiyatlaridan biri shuki, ular judayam yaxshi tashkilotchi bo‘lishadi. Menejment rivojlantirish jarayonlarining bir qismi sifatida menejerlarni menejment ob’yektlarini tushunishga va prognozlar, byudjet va nazoratni qat’iy talab qilishga ruhlantirish uchun tatbiq etilishi lozim. balki iloji bo‘lsa ayni mana shu kamolot davrida hisobchi (moliyaviy nazoratchi) lavozimini joriy etish foydadan holi bo‘lmaydi.
Biznes rivojlanishi va o‘sishida marketingning ham ahamiyati oshib bormoqda. tadbirkor xaridor o‘z ishini rivojlantirish uchun dav’at etilishi, bozor tadqiqotlarining muhimligi bilan tanishtirilishi va faoliyatni yaxshilash hamda muammolar doirasini kamaytirish maqsadida kerakli takliflarni o‘z ichida mujassamlashtirgan mijozlarning shikoyatlarni qabul qila olishga qodir bo‘lishi lozim.
Konsultant bir necha firmalar borasidagi bilimlarini hayolida solishtirgan holda joriy mijozning ishlab chiqarish salohiyatini baholashiga to‘g‘ri keladi. Kirim-chiqim va ishlab chiqarish salohiyati bo‘yicha bir necha solishtirishlarni baholash bu judayam qiymati yuqori hisoblanadi, ayniqsa agar tuzatuv me’yorlari lozim bo‘lgan holatda uning qiymati judayam ortadi. konsultant esa bu kabi ma’lumotlarni qayerdan olishni juda yaxshi bilmog‘i lozim hisoblanadi.
Ushbu uchinchi bosqich mustahkamlashuv bosqichi bo‘lib, bu bosqichda o‘sishning eng optimal darajasiga erishiladi va bundan ortiq kelgusi kengayishlar tadbirkorga xavf sifatida taassurot uyg‘otishi mumkin. biznesning "yanada kattarish" davom etishi bilan, o‘z o‘zidan korxona va tadbirkor yanada "qarib" boradi. konsultantlar menejerlarga ularning qiziqish va kelajakdagi ehtimolli harakatlarini hisobga olgan holda muvaffaqiyatli rejalarni rivojlantirishga yordam berishda eng asosiy va muhim rolni o‘ynashadi.
Nihoyat korxona ma’lum bir o‘sish darajasiga yetadi va bunda uning faoliyati "kichik korxona" sifatida boshqa e’tirof etilmaydi. moliya, korporativ struktura, delegatsiya va shu kabi sohalari o‘sadi. Kichik korxona konsultanti menejerni yangi holatlarni to‘g‘ri baholay oladigan yangi mutaxassislarga jo‘natishi lozim bo‘ladi. muvofiq holda, menejer korxonani boshqarish yo‘nalishi, biror yangilikni boshlash, ishchi vazifasiga qaytish yoki nafaqaga chiqish kabi qarorlar bilan o‘z yo‘nalishini oldindan qabul qilishi kerak bo‘ladi. Ushbu nuqtada korxona faoliyati o‘z yo‘liga tushirilishi lozim.
Korxonani monetar salohiyatini baholashda odatda quyidagi uchta yo‘ldan biri tanlanadi:
• Oldindan uyushtirilgan kimoshdi savdolarida qatnashib eng yuqori xaridga sotuvchi korxonaning tugatish yoki nochor savdo qiymati;
• narxi eng kam amortizatsiya xarajatida bo‘luvchi va tanlangan bozorlarga asta sekinlik bilan sotiluvchi maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonada buyurtmalar kiymati
Muammoli sifatida sotiluvchi va narxi gudvil kabi mahsulotlarni o‘z ichiga oluvchi korxonaning bozor qiymati
Turli holatlar (masalan, korxona xo‘jayinini vafoti) qaysi baholash metodi qo‘llanilishini aniqlab beradi. umuman olganda, bozor qiymati sotuvchi uchun eng yaxshi axborotni taqdim etadi.
Konsultant mijozga yordam berish bilan bir qatorda eng yaxshi kelishuvni olish uchun ma’sul hisoblanadi. shunday bo‘lsada, konsultant eng yaxshi sotish jarayoni o‘z ichiga tirishqoq sotuvchi va ko‘ngilli xaridorni olishini esdan chiqarmasligi lozim. ushbu quvonarli holga erishish uchun konsultant sotuvchini yangi xo‘jayin uchun "ichida biror narsa qoldir" qabilida undashi lozim. Bu orqali sotish imkoniyatlari oshiriladi, vaqt tejaladi va bir birini ayblash ehtimolligi kamaytiriladi. Korxona salohiyatidan kelib chiqib eng yuqori darajadagi foydani qo‘lga kiritish uchun yangi xo‘jayin axborotlarni kamaytirish borasida shug‘ullanish lozim.
Menejer oila a’zosi yoki boshqa birov tomonidan o‘z maqsadiga erishsa bunda yana bir yo‘lning yakuniy holati sodir bo‘ladi. Aniq tenglik va ma’suliyatlilik doirasidan tashqaridagi doktorlar va advokatlar sherikligidagi kichik korxonalar menejmentni o‘zaro baham ko‘rishlari mumkin. ma’suliyat, nazorat va yo‘nalish maqsadlari odatda ikkita aka ukaga nisbatan bitta aniq menejer bo‘lganligi ma’qul.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish