247
Kerakli jihozlar va reaktivlar:
Belkurak, monolit quttilari, pichoq, lineyka,
qalam, qog‘oz.
Ishning bajarilish tartibi:
Uzoq tuman, viloyatlar tuprog‘ining tabiiy holatini
o‘rganish uchun tuproq monoliti, ya’ni yaxlit namuna yordamida uning tabiiy holatda
saqlangan
morfologiyasi, tuzilishi genetik qatlamlarini joylashishi va qalinligi (sm),
o‘simlik ildizlarining tarqalish chuqurligi va boshqa belgilari o‘rganiladi.
Shuningdek, tuproqning yaxlit namunasi-monolit tuproq muzeyini tashkil etishda,
ma’ruza o‘qishda ko‘rgazmali qurol sifatida qo‘llanilib, darsning sifatini oshirishda
monolitdan foydalaniladi. Tabiiy holati saqlangan tuproqdan
monolit olish uchun
andozali (standart) qutidan foydalaniladi. Qutining uzunligi 100 sm, qalinligi 10x12
sm bo‘lib, qopqog‘i prizma shaklida bo‘ladi. Monolit (yaxlit) namuna olish uchun
chuqurligi 150 sm, kengligi 80-100 sm bo‘lgan chuqur qaziladi. Chuqurning monolit
olinadigan tomoni yaxshilab tozalanadi, tekislanadi, shundan keyin qutining qopqog‘i
va tubini olib, qolgan qismi chuqur devoriga o‘rnatiladi. Bunda qutining yuqori qismi
tuproqning yuza qsimi bilan bir tekisda turishi kerak. So‘ngra pichoq bilan qutining
hajmiga ko‘ra chizib chiqiladi (yon va tagi). Chizilgan joydan 2-3 sm qochirib, chiziq
atrofii pichoq bilan o‘yilib chiqiladi. Bu o‘yilgan chuqur quti chuquriga to‘g‘ri kelishi
lozim. Shundan keyin chiqilgan chiziq chegarasigacha pichoq bilan tekislanib,
yashikning hajmiga to‘g‘rilanadi. Quti o‘yilgan tuproq devoriga o‘rnatiladi.
1-rasm. Monolit qutisi
248
Tuproq chuqurini ta’riflash uning qayerda joylashgani (viloyat, tuman,
aholi
punkti, shirkat, fermer xo‘jalik, bo‘lim, brigada, dala) ni ko‘rsatishdan boshlanadi.
Shundan so‘ng relyefga ta’rif berishga o‘tiladi (makrorelyef, mezorelyef,
mikrorelyef). Chuqur kovlangan joyning mikrorelyefi elementlarini ta’riflashga
alohida ahamiyat berish zarur. Mikrorelyefning asosiy formalari quyidagilardan
iborat: mayda tepachalar yoki mayda do‘ngliklar, uyumlar ko‘rinishidagi
nisbatan
ko‘tarilgan joy formalari (ularning paydo bo‘lishi ko‘pincha yer kovlovchi umurtqali
hayvonlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi); past-balandliklar, botqoqlangan o‘tloqlarga
xosdir; likobchasimon pasaygan joylar-uncha chuqur bo‘lmagan oqovasiz tekis
joylar; mikropotyajjinalar – qiyofasi noaniq, uncha chuqur bo‘lmagan,
egri-bugri
kambar pasaygan joylar.
Chuqur o‘rganilayotgan o‘simliklar tavsifiga alohida e’tibor berish lozim. Agar
chuqur ekinzorda kovlangan bo‘lsa, u holda ekinlarning holati baholanadi, ekinning
nomi, gullash fazasi, rivojlanishi, ekinlarning qalinligi, bir tekisligi, zararkunandalar
bilan zararlanganlik darajasi kablar yozib qo‘yiladi. Shuningdek begona o‘tlar bilan
ifloslanganlik darajasi va ko‘proq uchraydigan begona o‘tlarning turlari ham
ko‘rsatilishi zarur.
O‘simliklardan so‘ng tuproq sirtining ta’rifi beriladi. Bunda tuproq yuzasida
o‘simlik qoldiqlari qoplamining bor-yo‘qligiga, ularning
tarqalish xarakteriga
(o‘rmon to‘shamasi, chim, o‘simlik qoldiqlari namati) tuzlar va ohak bo‘lishi, ildizlar
tarqalishi, yoriqlarning bo‘lishi, toshloqligi, suv bosish alomatlari borligi kabilarga
e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: