Agrokimyo va agrotuproqshunoslik


O‘zbekistonda agrokimyo fanining yuksalish bosqichlari



Download 35,01 Kb.
bet7/9
Sana17.07.2022
Hajmi35,01 Kb.
#817540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Berdiqulova Guloyim 2

4.O‘zbekistonda agrokimyo fanining yuksalish bosqichlari
Aholi sonini tez su’ratlar bilan ko'payib borishi Rusiya imperiyasining 0‘rta Osiyoni bosib olib, o'zining asosiy paxta bazasiga aylantirishi, ekinlar hosildorligining keskin oshirishni taqozo qilgan edi. Bu m uam mo tabiiyki, mineral o‘g‘itlarni q o ‘llash yo‘li bilangina hal qilinishi mumkin edi.
Birinchi fosforli o‘g‘it 1843-yilda Looz tomonidan Rotamsted stansiyasida, kaliyli 1861-yilda Stasfurtda olingan bo'lishiga va o‘g‘itlar ustida juda ko‘p tadqiqotlar o'tkazilganligiga qaram asdan, Osiyoga mineral o ‘g‘itlar birinchi marta XX asrning boshlarida, to‘g‘rirog‘i 1906-yilda keltirilgan.Turkistonda ekinlarga m ineral o ‘g‘itlarni qo'llash borasidagi dastlabki tadqiqotlar R.R. Shreder, M.M. Bushuyev, I.K. Negodnovlar tomonidan amalga oshirilgan va bu tajribalarda har bir gektar maydonga 30-60 kilogramm atrofida azotli va fosforli o ‘g‘itlar qo'llanilgan.Qilanilgan o ‘g‘itlar miqdorining kamligi va agrotexnikaviy tadbirlar saviyasining pastligi tabiiyki, o‘g‘itlar samaradorligini ko‘rsatib berish imkonini bermagan.Eski Qovunchida (hozirgi Yangiyo‘l) o ‘g‘it qo'llash stansiyasining ochilishi, o‘simliklar oziqlanishini o'rganish borasida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining keng quloch yoyishiga yordam berdi.Bu stansiyaning faoliyati A.I. Kurbatov, D.A. Sabinin, E.A. Jorikov, V.P. Machigin, V.N. Mandrigin, I.T. Chernov va boshqa bir qator taniqli tadqiqotchilarning nomlari bilan cham barchas bog'liqdir. Ular tomonidan bajarilgan ilmiy izlanishlar 0‘rta Osiyoning barcha tuproq tiplarida ham azotli o'g'itlarni qo'llash (ayniqsa fosforli o ‘g‘itlar fonida) ijobiy natija berishini ko'rsatdi.
0'zbekistonda agrokimyo va tuproqshunoslik fanlarining rivojlanishida 1920-yilda O'rta Osiyo Davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan Tuproqshunoslik va geobotanika institutining roli kattadir.Institut hozirgi davrgacha turli nomlar bilan atalib, turli-tuman vazirlik va qo'm italar tassarufida bo‘ldi; 1932-yilda Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining 0'g‘it va agrotuproqshunoslik Markaziy stansiyasiga aylantirildi. 1943—60-yillarda 0 ‘zSSR Fanlar Akademiyasi, 1960—61-yillarda O 'zSSR qishloq xo'jalik Fanlar Akademiyasi, 1961—64-yi 1 larda 0 ‘rta Osiyo Paxtachilik Davlat Qo‘mitasi, 1964—72-yillarda Qishloq xo'jalik vazirligi, 1972-yildan 1999-yilgacha O'zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibidagi va 1999- yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo'mitasi ixtiyoriga o'tkazildi.1929—30-yillarga kelib o'g'it bo'yicha ilmiy tadqiqot instituti (NIU) va paxtachilik ilm iy tadqiqot instituti (U zN IX I oldingi SoyuzNIXI)larining ochilishi paxtachilikda o'g'it qo'llash masalalarini hal qilishda va agrokimyo sohasining rivojlantirishda muhim o'rin tutdi.
Shu davrda mazkur ikki ilmiy maskan O'rta Osiyoning paxtachilik mintaqasida tarqalgan barcha tuproqlarda amalga oshiriladigan tajribalarni yo'lga qo'ydi. Tajribalar paxta yakka ziroati (monokultura) va almashlab ekish sharoitida o'g'itli hamda o'g'itsiz fonlarda amalga oshirildi.
Respublikamiz ishlab chiqarishiga ko'plab iqtidorli mutaxassislarni tayyorlab berishda, shuningdek, agrokimyo va tuproqshunoslik fanlarini rivojlantirishda hozirgi Toshkent Agrar Universitetining alohida tutgan o'rni mavjud. 1918-yilda Turkiston xalq universiteti qoshida qishloq xo'jalik fakulteti ta’sis etilgan bo'lib, 1930-yilning aprelida O'rta Osiyo davlat universitetidan niustaqil O'rta Osiyo Qishloq xo'jalik instituti bo'lib ajralib chiqdi. U 1956-yildan boshlab O'rta Osiyo paxtachilik va ipakchilik instituti, 1934-yilda esa Toshkent Qishloq xo'jalik instituti nomini oldi. 1990-yilning boshida u Toshkent Davlat Agrar Universitetiga aylantirildi.1930— 1936-yillarda Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti, shu jumladan lining Markaziy o'g'it va agrotuproqshunoslik stansiyasi tuproqagrokimyoviy xaritanomalarmi tuzish hamda o'g'itlarning samaradorligini aniqlash borasida keng ko'lamdagi tckshirishlarini o'tkazadi. Shu maqsadda faqat 1935-yilning o'zida birgina O'zbekistonda 620 dan ortiq dala tajribalari o'tkazildi. Bu tajribalarga Ya.M. Chumakov, L.I. Golodkovskiy, D.V. Chernov, I.V. Sivinskiy va boshqalar rahbarlik qildilar. M ana shu ishlarning natijasi o'laroq O'zbekistonda, asosan paxtachilikda qo'llash uchun, ko'p miqdorda mineral o'g'itlar keltirila boshlandi. 1936-yilga kelib O'rta Osiyoning paxtachilik xo'jaliklaridagi o'rtacha hosildorlik gektar hisobiga 16—17 sentnerga yetdi.1936-yildan boshlab agrokimyo yo'nalishidagi ilmiy tadqiqotlar o'g'itlarni, ayniqsa azotli o'g'itlarning, samaradorligini ko'tarilishiga qaratildi. L.I. Golodkovskiy m a’lum otlariga qaraganda azotli o‘g ‘itlardan foydalanish koeffitsienti bu davrga kelib 27 foizni tashkil qilgan.
Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda agrokimyoda nazariy masalalarni o'rganishga ko‘proq e’tibor berildi. 0‘g‘itlarni qo‘shimcha oziqlantirish sifatida qo'llashning afzalliklari nazariy jihatdan asoslab berildi, g‘o ‘za rivojlanishining turli davrlarida oziqa elem entlarini o‘zlashtirish qonuni aniqlandi, o ‘g‘itlarni mexanizatsiya yordamida qo'llash yo‘lga qo‘yildi, tuproqlarning agrokimyoviy xossalarini o'rganishga e’tibor kuchaytirildi.1939-yilda B.P. Machigin O'rta Osiyoning serkarbonat tuproqlari tarkibidagi harakatchan fosfatlar m iqdorini aniqlash usulini taklif qildiki, qaysiki, bu usul hozirgi kunda ham o‘zining aham iyatini yo'qotmagan.
Urush yillarida Respublikamizga Rusiya va qardosh Respublikalardan ko‘plab ilmiy-tekshirish vositalari hamda ilm ahli evakuatsiya qilindi.Ularning yordamida (D.N. Pryanishnikov va uning shogirdlari) bir qator amaliy agrokimyo masalalari liai qilindi. Ayniqsa Sam arqandda faoliyat ko‘rsatgan D .N . Pryanishnikov 0‘rta Osiyoda almashlab ekish tizimiga qand lavlagini kiritilishi mamlakat aholisini qand bilan, shuningdek chorvachilikni to‘yimli ozuqa bilan ta’m inlash bilan bir qatorda g‘o‘za hosildorligini oshirishda ham ijobiy natija berishini isbotlab berdi.XX asrning 50-yillaridan boshlab 0‘zbekistonda agrokimyo fani yanada tez su’ratlarda rivojlana boshladi.1949-yilda Toshkent Davlat Universiteti tarkibida ochilgan agronomiya kafedrasi ( 1985-yilda agrokimyo kafedrasi deb nomlangan) paxtachilikning bir qator nazariy va am aliy muammolarini hal qilishda salmoqli ishlarni amalga oshirdi. S.N. Rijov, N.P. Malinkin, K.B. Saakyans, J. Sattorov, G.A. Kamenir-Bichkov kabi taniqli olim lar yetuk agrokimyogarlarni tayyorlash bilan bir qatorda bu fanni va Respublikamiz qishloq xo'jaligini rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdilar.
0‘zbekiston fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi J.Sattorov navagrokimyosi yo'nalishiga asos soldi va o‘g‘it samaradorligini oshirish sharoitini yaratdi. G.A. Kam enir-Bichkov B.S. Musayev bilan birgalikda tuproq gumusi va azotidan foydalanish va sho‘r yerlarni o‘g‘itlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqdi, o‘g‘it foniga qarab g‘o‘za navlari ildizining o ‘sishini har xil boMish sabablarini aniqladilar. Bu davrda asosiy e’tibor paxtachilikda o‘g'it ishlatish me’yorlari, muddatlari va usullarini nazariy jihatdan asoslab berishga qaratildi.Kuzgi shudgor ostiga (imkoniyati bolmagan payitlarda, bahorgi ishlov berish payitida) yiilik fosfor miqdorining 60—70 foizi, kaliyning 50 foizi qoMlanilishi lozimligi asoslandi. Barcha ekin maydonlarida ekish bilan birgalikda gektariga 20—30 kg fosfor va 10—15 kg azot berish tavsiya qilindi.
G‘o‘zaning oziqlanishida qo‘shimcha oziqlanishning ahamiyati, birinchi va so‘nggi qo‘shimcha oziqlanishning muddatlari ilrniy jihatdan asoslab berildi.
Respublikamizda agrokimyo fanining rivojlanishiga paxtachilik ilmiy instituti (sobiq SoyuzN IX I) jamoasi salmoqli hissa qo'shdi. Institutning Oq qovoqdagi tajriba maydonlarida so‘ngi 80 yil ichida amalga oshirilgan tajribalar o ‘g‘it qo'llamasidan surunkali ravishda paxta ekiladigan maydonlarning har birgektaridan 15 s, gektariga 150 kg azot, 100 kg fosfor, 50 kg kaliy qo‘llanilgan maydonlardan o'rtacha 35,8 s hosil olish mumkinligini ko‘rsatdi.Bundan ko‘rinib turibdiki, hosilning yarmidan ko‘prog‘i (deyarli 2/3 qismi) mineral o ‘g‘itlar hisobiga olinadi.0‘rta Osiyoning tuproqlari kaliyga ancha boy bo‘lganligi sababli yaqin-yaqingacha ham kaliyli o ‘g‘itlarni qoMlash niaqsadga muvofiq emas deb kelindi. F aqatgina M.A. Belousov, 1.1. Madraim , P.V . Protasovlarning olib borgan tadqiqodlari natijasida kaliyli o‘g ‘itlarning paxta hosili va tolasining sifatiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri asoslab berildi. 80-yillarning boshlariga kelib, kaliyli o‘g‘itlarni qo'llash m uddatlari, m e’yorlari va boshqa turdagi o ‘g‘itlar bilan nisbatlari yuzasidan tegishlicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Hozirgi davrga kelib kaliyli o‘g‘itlar paxtachilikda keng ko'lamda ishlatilmoqda.1963-yilda tuproqlarning oziqa elementlari bilan ta’minlanganligini liamda qishloq xo‘jalik ekinlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda turli tuproq-iqlim regionlarida o‘g‘itlarni taqsimlash va qo'lashni ilmiy asosda to'g'ri tashtil qush maqsadida Respublikamizda ixtisoslashtirilgan agrokimyo xizmati tashkil etildi.Toshkent Davlat Universiteti, Agrokimyo kafedrasida amalga oshirilgan ko‘p yiilik tadqiqotlar natijasida (J.S. Sattorov, A.A. Nazarov, M. Teshaboyev, G.A. Kam enir-Bichkov, L.A. Kopeykina, B.S. Musayev, A. Raximov, A. Shomurotov va b.) agrokimyo fanida yangi yo'nalish - paxtachilikda nav agrokimyosiga asos solindi. Buning natijasida g‘o‘zaning naviga bog'liq holda 1 tonna paxta xomashyosini shakllanishi uchun 40 kilogrammdan 70 kilogrammgacha azot, 10 kilogrammdan 30 kilogramm gacha fosfor va 50 kilogrammdan 80 kilogramgacha kaliy kerak bo'‘lishi isbotlandi, qaysiki ko‘p miqdorda mineral o‘g‘itlarni tejash ham da atorof-muhitni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish imkonini beradi.Respublikamizda sabzavot ekinlari hamda kartoshkani o‘g‘itlash masalalari Respublika sabzavot, poliz rahbarligida) boshoqli don ekinlarini o‘g‘itlash masalalari esa, G‘allaoroldagi «Don» ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasida o‘rganildi va o‘rganilmoqda.


Download 35,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish