Kelishildi:
O‘quv- uslubiy boshqarma boshlig‘i ____________ M.M.Atabaev
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o‘rni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi 5853-sonli farmonida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning bir qator ustuvor strategiyalari belgilab berilgan. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish, qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq.
O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni shakllantirish mustaqillikning dastlabki bosqichlaridan iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllariga asoslangan korxona va birlashmalarning paydo bo‘lishi, ulardagi boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, texnik jihatdan qayta qurollantirishni yanada rivojlantirish kabilar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Natijada innovatsiya, innovator, innovatsion loyiha, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon, innovatsion muhit, innovatsion infratuzilma, innovatsion iqtisodiyot, inson kapitali, bilimlar iqtisodiyoti, intellektual salohiyat kabi tushunchalar kundalik hayotimizga kirib keldi va ommalashib bormoqda.
Jahon tajribasi ko‘ra, yangi texnologiyalarning rivojlanishi hamda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi bozorlaridagi raqobatning kuchayishi milliy korxonalarda innovatsion faoliyatni yanada kuchaytirish va samarali tashkil etishga qaratilmoqda. Bu esa, aholining tez o‘sib, o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, so‘nggi kashfiyot ishlanma va texnologiyalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish va tovarlar hayotiylik davrining barqaror o‘sib borishini ta'minlovchi zamonaviy usullardan keng ko‘lamda foydalanishni taqozo etmoqda. Agrobiznesda ham hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatni har tomonlama mukammal o‘rgangan iqtisodchilarni tayyorlash hayotiy zaruriyat hisoblanadi.
«Agrobiznesda innovatsion faoliyat» fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. «Agrobiznesda innovatsion faoliyat» fani boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar (Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti, Menejment nazariyasi, Marketing, Buxgalteriya xisobi, sug‘urta faoliyatini tashkil etish, Iqtisodiy taxlil va audit, Qishloq xo‘jaligida investitsion faoliyat va h.k.) ga asoslanadi va ular bilan uzviy bog‘langan holda o‘qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |