●
xorij hamda respublikamizdagi agrobiznes sub'ektlarining erishgan yutuqlarini
chuqur o‘rganish va ularni xo‘jaliklarga joriy qilish;
●
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va realizatsiya qilishda
innovatsion usullarni qo‘llash;
●
agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish yo‘llarini muntazam tadqiq etish;
●
ekin maydonlari birligi hisobiga ko‘proq va arzonroq mahsulot yetishtirish uchun
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni joriy qilish va ularni turli ko‘rinishda
iste'molchilarga yetkazib berish imkoniyatini yaratish uchun iqtisodiy tadbirlar ishlab
chiqish.
Agrar soha tadbirkorlari, ya'ni fermer va dehqon xo‘jaliklarining daromadini oshirish
eng avvalo hosildorlikka bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildarlikka erishish esa ko‘p
jihatdan innovatsion, zamonaviy faoliyat olib borish, innovatsion tenika-texnologiyalarni
yaratish, ularni oqilona ravishda faoliyatga tadbiq etishga uzviy bog‘liqdir. Innovatsion
tenika-texnologiyalardan keng ko‘lamda foydalanishning yana bir ahamiyati fan va
texnikani rivojlanib borishiga ham bog‘liqdir. Negaki fan va texnikani rivojlanib borishi
tabiat hamda inson uyg‘unligida global muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa
insoniyatni tabiatdan oqilona foydalanishga, suv, tuproq va havo kabi unsurlarga nisbatan
odil bo‘lishga chorlanishga, tabiiy mutanosiblikni saqlashga da'vat etib kelmoqda
3
.
Iqtisodiyotning turli darajalari va har bir sohasidagi asosiy qonuniyat, ishlab chiqarish
munosabatlarining xarakteri va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ularning o‘zaro
shartlanishi va o‘zaro ta'siridan iboratdir. Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi ishlab
chiqarish munosabatlarining takomillashuviga yangicha talablar qo‘yadi. Ishlab chiqarish
munosabatlarining yangi shakllari, ishlab chiqarish kuchlarining oldingi darajasida qolib
ketishi natijasida rivojlanmay qolishlari mumkin. Qishloq xo‘jaligida mahsulotlarini ishlab
chiqarish jarayonining rivojlanishi, hozirgi kunda, faqatgina ilmiy izlanishlar olib borish,
xo‘jalik faoliyatiga zamonaviy boshqaruv elementlarini joriy etish hamda ishlab chiqarishni
yangi tejamkor texnika-texnologiyalar asosida tashkil etishgagina bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Yer yuzida aholi soni tobora ortib borayotgan bugungi kunda, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari, xususan, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ham tobora oshib bormoqda.
Bu talab nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori, balki uning sifatida ham namoyon
bo‘lmoqda. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda iste'molchilarning toboro o‘sib borayotgan
ehtiyojlarini qondirish maqsadida, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sur'atlarini o‘stirish
yo‘lida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan sun'iy, tez va arzon xom-ashyolar
(emulgator, stabilizator, glyutamat natriya, sun'iy ta'm beruvchi moddalar, konservatorlar)
yordamida tayyor mahsulot yetishtirish an'anaga aylanib bormoqda.
Ishlab chiqarish sifatini oshirishda har qanday qishloq xo‘jaligi korxonasi oldida
turgan asosiy vazifalardan biri,-bu hozirgi kun talablariga javob bera oladigan ilmiy
izlanishlarni tashkil etish hamda innovatsion faoliyatni jadallashtirishdir
4
.
Bu o‘rinda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi birinchidan ilmiy
boshqaruv natijasida ishlab chiqarish sifati iste'molning qay darajada qondirilganini
o‘lchovchi mezon sifatida yuzaga chiqadi. Bu yerda sifat ijtimoiy iste'mol qiymatining
miqdoriy xarakteristikasini, mehnat mahsulining foydaliligi darajasini aks ettiradi.
Ta'kidlash joizki, fan-texnika taraqqiyoti natijasida mahsulotlar sifatiga qo‘yilayotgan talab
darajasi keskin oshmoqda. Yuqori sifatli mahsulotni iste'mol qilish iste'moldan qoniqish
darajasini va uning foydaliligini ortishi bilan tavsiflanadi.
3
Аристер Н.И. и др.“Организация инновационной дятельности в аграрном производестве” 2012 год
4
Аристер Н.И. и др.“Организация инновационной дятельности в аграрном производестве” 2012 год
Innovatsiya faoliyati esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yaroqliligi, resurs sarfi
darajasi, ekologik xavfsizligi, tashish va saqlashga qulayligi, tayyor mahsulot chiqish
darajasi, tolaning pishiqligi, mustahkamligi kabi bir qator sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga
o‘z ijobiy ta'sirini ko‘rsatishi muqarrar.
Ikkinchidan, ichki va tashqi bozorlarda vujudga kelayotgan keskin raqobat muhiti
sharoitida ko‘pgina tadbirkorlar tomonidan “yashab qolish” uchun mahsulot ishlab
chiqarish prinsiplari ko‘lamida faoliyat olib borilishi, mahsulot sifatini ko‘tarish eng zarur
shartlardan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat
mahsulotlari bozorida o‘zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan birga tashqaridan
import qilingan mahsulotlar ham sotiladi. Bu esa, o‘z navbatida raqobatbardoshlik
darajasiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Shu bois ham milliy fermer xo‘jaliklarida tadbirkorlik
faoliyatini ilmiy izlanishlar asosida olib borish innovatsion faoliyatni tashkillashtirish
muhim masalalar jumlasidan o‘rin olib turibdi.
Ta'kidlash joizki agrobiznesda innovatsion faoliyatni to‘la va unumli amalga oshirishni
ta'minlaydigan omillardan biri-mazkur sohani yaxshi biladigan, tushuna oladigan,
zamonaviy texnika-texnologiyalarni samarali ishlata oladigan, turli voqyealar, vaziyatlarni
o‘rganib tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.
Uchinchidan, keyingi paytlarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlarning tashqi
iqtisodiy faoliyati faollashib bormoqda va mahsulotni tashqi bozorlarga eksport qilish odatiy
holga aylanmoqda. Bu o‘rinda aytib o‘tish lozimki ilmiy izlanishlar, avvalambor, ichki
bozorni mahsulotga to‘ldirgandan so‘ng tashqi bozorlarga chiqish rejalarini tuzib chiqishiga
qaratilishi maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda. Chunki h ukumatimizning ham asosiy
iqtisodiy siyosati aynan, respublikamiz aholisining ijtimoiy himoyasiga qaratilgan bo‘lib,
ichki bozor iste'mol mahsulotlari bilan to‘yintirilgandagina tashqi bozorlarga chiqishni
rejalashtirishni taqozo etadi.
To‘rtinchidan innovatsion faoliyat asosida mahsulot sifatini oshirish korxonalarning
mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflaydigan resurslar sarfi samaradorligini oshirishga
imkon yaratadi.
Ta'kidlash joizki respublikamizdagi qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot ishlarini
rivojlantirish, yangi texnika-texnologiyalar, ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy etish, fan va
amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unligini ta'minlash, olim va tadqiqotchilarini moddiy-ma'naviy
jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilishiga, bu boradagi ishlarni amalga
oshirish uchun davlat byudjetidan har yili salmoqli miqdorda mablag‘ ajratilishiga
qaramasdan, hozirgi kunda agrar sohada zamonaviy texnika-texnologiyalarni amaliyotga
tadbiq etish bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishmasligi bo‘lib turibdi.
Bu masalalani yechimini topilishida hozirgi kunda ham Respublika Prezidentining
2008-yil, 15 iyulda qabul qilgan “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab
chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur qarorga muvofiq keyingi
yillar mobaynida keng ko‘lamda qishloq xo‘jaligiga oid yarmarkalarni o‘tkazilishi
zamonaviy texnika-texnologiyalarni yaratish bo‘yicha 2000 mingdan ziyod innovatsion
g‘oyalarini yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. Buning asosida 20 dan ortiq turdagi
mahsulotlarni ishlab chiqarish, 20 nomdagi sanoat va 49 turdagi tajriba-sinov mahsulotlari
ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
Agrar
industrial
jamiyatida
innovatsiya
jarayonlari
rivojlangan
davlatlar
iqtisodiyotining tarmoq tarkibida tub o‘zgarishlar ro‘y berishi bilan birgalikda qishloq
xo‘jaligini innovatsiyalash faoliyatida, fan-texnika ko‘z o‘ngimizda kundan- kunga
rivojlanib taraqqiy etib borayotgan, iqtisodiy va barcha ijtimoiy munosabatlar tizimida
chuqur sifat o‘zgarishlari kechayotgan hozirgi murakkab o‘tish davrida iqtisodiyotda
salmoqli tarkibiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Barcha qishloq xo‘jaligidagi korxonalarida
tarkibiy o‘zgarishlarni o‘rganish,innovatsiya faoliyatida amalga oshirishning ustivor yo‘llari
va usullarini ishlab chiqish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanib innovatsion
faollikni oshirishga e'tiborni qaratadi.Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlarning
maqsadi ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini, fan va
texnikaning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish innovatsion faoliyatni
takomillashtirish, aholi ijtimoiy himoyasini va farovonligini oshirishda innovatsion faollikni
tutgan o‘rni yuqori hosildorlikka va mahsuldorlikka erishishdan iborat bo‘lishlikdan iborat
bo‘ladi. Mazkur siyosat asosini mamlakatning yirik tabiiy resurslari, ichki salohiyatidan
samarali foydalanish, agrar sohada va sanoatda ilmiy asoslangan holda iqtisodiyotning
asosiy tarmoqlarini taraqqiy ettirish va ularning mamlakatdagi ichki iqtisodiy muammolarni
hal etishda investitsiyani yo‘naltirish, aholi bandligini ta'minlash va boshqalarni tashkil
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |