Xususiy aktsiyadorlik tijorat banki "Davr-Bank" 2001 yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda bank filiallar tarmog'i 7 ta filialni o'z ichiga olib ular orqali 20 mingdan ortiq mijozlarga xizmat ko'rsatiladi. Bankning barcha filiallari Toshkent shahrida joylashgan. Bank aksiyalari paketiga jismoniy shaxslar va xususiy kompaniyalar egalik qiladi..
Aloqabank -
Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
AT «Aloqabank» universal-tijorat bank sifatida o’z faoliyatini quyidagi litsenziyalar asosida amalga oshiradi:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2014 yil 4 avgustdagi 48-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish litsenziyasi (1995 yil 22 martdagi 48-sonli litsenziyaga almashtirilgan);
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2014 yil 4 avgustdagi 59-sonli xorijiy valyutada amaliyotlarni amalga oshirish haqidagi Bosh litsenziyasi (1996 yil 21 avgust 38-sonli litsenziyasiga almashtirilgan);
Hozirgi kunda bank:
O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi a’zosi;
O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi qatnashchisi;
O'zbekiston linzing beruvchilar Assotsiatsiyasi a'zosi;
sindikatli kreditlash tashabbus markazi hisoblanadi.
Savdogarbank
1994 yil 12 may, 2006 yil 21 iyundan O’zbekiston-Germaniya «Savdogar» aktsiyadorlik tijorat banki sifatida qayta tashkil etilgan, Markaziy bankning 2012 yil 8 iyundagi 16/5-sonli qaroriga asosan Chet el kapitali ishtirokidagi «Savdogar» ochiq aktsiyadorlik tijorat banki qilib o’zgartirildi.
Litsenziyalar:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009 yil 30 apreldagi 42-sonli bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009yil 30 apreldagi 43-sonli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziyasi.
Uyushmalar, to’lov tizimlari va birjalarga a’zoligi: