Agrar siyosatning asosi-davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni to’g’ridan-to’g’ri boshqarib borishdan voz kechishdir



Download 21,15 Kb.
bet1/2
Sana15.04.2022
Hajmi21,15 Kb.
#553728
  1   2
Bog'liq
Agrar siyosatning asosi


Agrar siyosatning asosi-davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni to’g’ridan-to’g’ri boshqarib borishdan voz kechishdir. Islom Karimov
Dunyo iqtisodida yetakchi o’rinlardan birini egallovchi agrar sohaeng avvolo, har bir davlatning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlanadi. Bundan tashqari tuproq, iqlim sharoitlari, ishchi kuchi eksport masalalari ham katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshqa sohalarda bo’lgani kabi agrar sohada ham keng islohotlar o’tkazishga alohida e’tibor berila boshladi. Xo’jalik yuritishning sovet davridan qolgan, o’zini oqlamagan shakllaridan voz kechib, ularning o’rniga butun dunyoda joriy etilgan xususiy fermer xo’jaliklari tashkil etildi.
Islohotlar o’tkazishdan maqsad, respublikamiz aholisini turmush darajasini oshirish, qishloq xo’jaligini barcha tarmoqlarini rivojlantirish, agrar sohaga rivojlangan mamlakatlar texnika va texnologiyalarini olib kirish, sohani har tamonlama rivojlantirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan yuksaltirishga qaratilgan. Bu borada Prezidentimiz I. Karimovning “islohotlar-islohot uchun emas avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun ”1, -degan fikrlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining X sessiyasidagi ma’ruzasida qayd qilingan, qishloqda bozor munosabatlarini joriy qilish muammolarini yechishda mutlaqo yangicha yondashuv bo’lishi kerakligiga asoslangan.
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning naqadar muhimligi quyidagilar bilan belgilanadi:
Iqtisodiy masala – agrar sohada mamlakat yalpi ichki mahsulotining chorak qismi yaratiladi, agrar soha bilan ishlab chiqarish va intellektual salohiyatning yarmidan ortig’iga bevosita aloqador va shu qatori qishloq xo’jaligi mahsuloti mamlakat eksport salohiyatida asosiy o’rinni egallaydi;
Ijtimoiy masalada – qishloq xo’jaligini rivojlantirishning samaradorligi bilan faqat qishloq joylarida yashaydigan 60% aholining turmush darajasigagina bog’liq bo’lmay, balki butun mamlakat aholisining farovonligiga bog’liqdir;
Siyosiy masalada – qishloq xo’jaligini isloh qilishning borishi va samaradorligi bilan jamiyat yangilanishining hamma jarayonlari amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari, o’zgarishi va jamiyatda demokratik asoslarning rivojlanishiga bog’liq bo’lib qolmoqda.
Mustaqillikni qo’lga kiritgunga qadar davlatimiz sobiq ittifoq bo’yicha paxta xom ashyosi bilan ta’minlaydigan bir holatda sobiq ittifoq tarkibida o’zini o’zi boqolmaydigan eng qoloq respublikalar qatoriga tushib qolgan edi. Davlatimiz mustaqil bo’lgan dastlabki kunlarida aholini non va non mahsulotlari bilan ta’minlash bo’yicha ham og’ir qiyinchilik va muommolar poydo bo’lgan edi, sababi g’alla va un mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarimizning 80 foizidan ortig’i chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobidan qoplangan. O’zbekistonda paxta yakkahokimligi shu qadar avjiga chiqqan ediki, masalan, Andijon viloyatidik aholi zich yashaydigan hududda ekin maydonlarining 88 foiziga paxta ekilgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan fikr yuritib, Prezidentimiz jumladan shunday deydi: “Birinchi navbatda qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilganimiz, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berganimiz tufayli g’alla mustaqilligiga erishdik. O’zbekiston bugungi kunda o’zining g’allaga bo’lgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tarkibidagi qo’shni mamlakatlarga, Afg’oniston, Eron va boshqa davlatlarga g’alla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda ”Mustaqillik yillarida o’tkazilgan agrar islohotlar davomida qishloqda yangi xo’jalik tuzilmasi shakllandi. Eski tizimdagi davlat va jamoa xo’jaliklari o’rniga, bozor munosabatlariga mos keladigan va qishloq xo’jaligi tarmog’ida bozorning ob’ektiv qonunlaridan biri bo’lgan raqobatchilik muhitini tashkil etish uchun qishloq xo’jaligida teng huquqlarga ega bo’lgan shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari tashkil etildi.
Respublikaning umumiy yer fondi 44 797,7 ming ga, barcha qishloq xo’jalik yerlari 27987 ming ga, shundan sug’orishga yaroqli yerlar 5 mln. ga, sug’oriladigan yerlar maydoni 4238,6 ming ga, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 32 mln. ga, ekiladigan yerlar 4090,2 ming ga, haydalma yerlar 4474,5 ming ga. Respublika yer fondining asosiy qismi (62% ga yaqini) qishloq xo’jalik yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar yerlari-tomorqa (1%), o’rmon va to’qayzorlar (3,2%) va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlardan (34,2 %) iborat. Sug’oriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,2 % ni tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 98,5 % shu yerlarda yetishtiriladi.1
O’zbekistonda 20 asrda sug’oriladigan yerlar maydoni sezilarli ko’paydi (1914 yilda 1809,5 ming ga; 1994 yilda 4238,6 ming ga). Keyingi o’n yilliklarda irrigatsiya-melioratsiya ishlariga katta e’tibor berildi. Respublika aholisi sonining o’sish sur’atlari sug’oriladigan yerlarni kengaytirish sur’atlaridan o’sib ketish natijasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’oriladigan haydalma yer maydoni yildan-yilga kamayib bordi. Yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo’jalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida respublikada yer munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998 yil aprel; 1998 yilning 1 iyulidan amalga kiritilgan) bilan tartibga solinadi.
Mustakillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo’jaligini isloh qilishga qaratilgan ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan muhim iqtisodiy islohotlar allaqachon ijobiy natijalar bermoqda, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bozor tamoyillari asosida shakllanmoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasida olib borilgan agrar islohotlar natijasida bugungi kunda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi asosiy uchta turdagi korxonalar shakllanib bormoqda.



Download 21,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish