Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari. Reja Kirish Asosiy qism


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 58,13 Kb.
bet2/5
Sana01.06.2022
Hajmi58,13 Kb.
#626609
1   2   3   4   5
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishimizning mavzusining maqsad va vazifalari agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari, yerning resurs sifatidagi oʻziga xosligi haqida o’rganib chiqib zarur kerakli xulosalarni berishdan iborat.
Kurs ishining hajmi: Ma'ruza matni ko’rsatilgan maqsad va vazifalarga muvofiq tuzilgan: 3 qism, kirish, xulosa va hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari.

Agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini qishloq xo’jaligi tashkil etadi. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlar aynan qishloq xo’jaligi bilan bog’langan. Ularning ayrimlari qishloq xo’jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarib, yetkazib bersa, boshqalri qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tayyorlaydi, ularni qayta ishlaydi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beradi. Ko’plab sohalar esa shu tarmoqlarning bir me’yorda ishlashi uchun xizmatlar ko’rsatadilar.


Agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadigan qishloq xo’jaligi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar boshqa tarmoqlardan qishloq xo’jaligini farqlab turadi va ishlab chiqarishni tashkil etishda o’z talablarini qo’yadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Qishloq xo’jaligi tabiiy omillarning ta’siri katta. Ular ishlab chiqarishning mavsumiyligidan kelib chiqaradi. Bu esa, ishlab chiqarishni tashkil etishda mavjud resurslardan yil davomida samarali foydalanishni hisobga olishni talab etadi. Qish oylarida aholining vaqtinchalik bekor qolishi ayrim ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bu masalalar olimlar, mutaxassis va ishbilarmonlar oldiga qator vazifalarni qo’yadi.
2. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlar qatnashadi. Bu, o’z navbvatida, mutaxassislardan faqatgina iqtisodiy qonuniyatlarnigina emas, balki bioligik qonunlarni ham bilishni va ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni hisobga olishni talab qiladi. Qishloq xo’jaligida sarflanayotgan mehnatning samarasi ko’p jixatdan o’simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bog’liq.
3. Yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, undan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki yetarlicha hisobga olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi.
4. Qishloq xo’jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan faoliyat natjasida olinayotgan daromadlarning olinish davri o’rtasida farq katta. Boshqacha qilib aytganda, yil davomida faqat xarajatlar qilinadi. CHunki yerni ekishga tayyorlash, urug’lik, o’g’itlar, yoqilg’i-moylash materiallari xarid qilish va sarflash, mehnatga haq to’lab borish kabi xarajatlar har oyda qilinadi. Ekin turlari hosili esa ma’lum davrlada pishadi. Yetishtirilgan hosil sotiladi va undan keyin pul darmodlari kelib tushadi. Albatta, amaliyatda shartnomalar asosida qishloq xo’jalik korxonalariga avanslar berish, kreditlardan foydalanish yoki ayrim xizmatlarni tashkil etish natijasida ma’lum miqdoridagi pul tushumlari bo’lishi mumkin. Lekin, umuman olganda, yil davomida xarajat sarflanishi, daromadlarning esa ayrim davrlardagina tushishi o’ziga xos ob’ektiv talablarni keltirib chiqaradi. Agrar siyosat bu xususiyatni hisobga olgan holda yuritilish zarur.
5. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib boriladi. Bu, o’z navbatida, ishlab chiqarishni, aholi punktlarini joylashtirishda ma’lum talablarni keltirib chiqaradi, qishloq xo’jaligining moddiy – texnika bazasini shakllantirishda hisobga olishni talab qiladi.
6. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarining bir qismni o’zi urug’lik, yem – xashak, oziq – ovqat sifatida imte’mol qiladi.
7. Qishloq xo’jaligi maxulotlarining ko’p turlarini uzoq saqlash mumkin emas. Bu muammo qishloq xo’jaligi mahsulotlarning deyarli bir davrda pishib yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu, o’z navbatida, yetishtirilgan mahsulotni tayrlovchi, qayta ishlovchi tashkilotlarning bir me’yorda tinmasdan ishlashini, bk esa ayrim davrlarda juda katta quvvatlarning bo’lishini talab qiladi. Yilning qolgan darvlarida esa bu quvvatlarning nisbatan bo’sh qolishi kuzatiladi. Bu xolat qayta ishlash tarmoqlarining katta omborxonalari bo’lishini talab etadi. Bunday holat, o’z navbatida, mahsulotning tannarxiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bu kabi o’zga xosliklarni, albatta, chuqur o’rganish va doimo hisobga olgan holda ishlab chiqarishni tashkil etish qishloq xo’jaligining samarali ishlashini ta’minlaydi. SHubhasiz, fan, texnika taraqqiyoti o’sgan borgan sari qishloq xo’jaligining bu xususiyatlari ta’siri nisbatan kamayib boradi, lekin butunlay yo’q bo’lib ketmaydi.
Agrar siyosat- umumiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo’lib, qishloq xo’jaligi tarmog’i oldiga qo’yilgan vazifalarga erishishni ta’minlashga qaratilgan yer bilan bog’liq munosabatlarni isloh qilish asosida agrar munosabatlarni shakllantirish hamda shu munosabatlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan agrotexnologik, tashkiliy va iqtisodiy tamoyil hamda vositalar majmui hisoblanadi.
Agrar siyosat - iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlaridan biribo’lib, u qishloq xo’jaligi va unga bog’liq xo’jalik sohalarini qamraboladi. Agrar siyosatni davlatning agrar iqtisodiyot doirasida harakatga keltiriladigan jarayonlar shakli va metodlari ko’rinishidagi faoliyati deb ham tushunish mumkin. Agrar siyosat o’zida qishloq aholisini moddiy,ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. Agrar siyosatning asosiy sohalari quyidagilardir:
- agrar bozor;
- investitsiya;
- kredit;
- moliya;
- ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat;
- soliqlar va soliqqa tortish;
- ijtimoiy muhit;
- maqsadli va tarkibiy qayta shakllanish.
Agrar siyosat bazasida agrar qonunchilik va agrar tarkib shakllanadi. Agrar qonunchilik - qishloq xo’jaligida va qishloq aholisi hayoti bilan bog’liq holda amalga oshayotgan jarayonlarga ta’sir o’tkazadigan huquqiy me’yorlardir. Agrar qonunchilikning muhim sohalariga quyidagilar kiradi:
- yerga egalik munosabatlari;
- mehnat munosabatlari;
- agrar kredit;
- soliqqa tortish;
- huquq va meros masalalari;
- qishloq xo’jaligi mahsulotlari tovar oboroti;
- o’qitish va yo’l-yo’riq berish shartlari;
- ijtimoiy ta’minot va boshqalar.
Agrar siyosatning asosiy vazifalaridan biri sifatida agrar qonunchilikka ta’sir o’tkazish, u orqali yer va yer bilan ishlovchilarning manfaatini ko’zlab ish olib borish hisoblanadi.
Agrar tarkib - mamlakat rivojlanishi bilan bog’liq holda qishloq xo’jaligini tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining natijasidir. Agrar tarkib - agrar qonunchilikka asoslangan, qishloq xo’jaligi rivojlanishi, aholining yashash va ishlash sharoiti xususiyatlari hisobga olingan, ishlab chiqarish omillariga bog’liq yig’indisidir. U mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi.
Qishloq xo’jalik bozorlari - qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan tovar va xizmatlar, mahsulotlarni ayirboshlash bilan bog’liq jarayonlar borasidagi iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.Qishloq xo’jalik bozorlari quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
Birinchi funktsiya: Iste’molchilarni kerakli miqdordagi va sifatdagi qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan barcha vujudga keladigan ehtiyojlarini qondirgan holda ta’minlash. Hozirgi kunda mamlakatimiz agrar siyosatida yetarlicha shart-sharoitlar va mexanizmlarning to’la amal qilmayotganligi natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini to’la talabga javob bera oladi deb aytolmaymiz. Bozor esa ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarni o’rgangan holda kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarish lozimligini talab qiladi, aks holda ichki bozor import tovarlari bilan to’lib ketishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o’z
bozorlarini yo’qotib qo’yishi mumkin.
Ikkinchi funktsiya: Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bahosini barqarorlashtirish. Bu funktsiya bozorda haqqoniy baho amal qilishini ta’minlashi lozim, bu baho ishlab chiqaruvchiga foyda olishga iste’molchiga ya’ni to’lov qobiliyatini ta’minlashni xizmat qiladi.
Uchinchi funktsiya. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini o’sishiga erishish. Bu funktsiya resurslarni tejash qonunining amal qilish natijasi bo’lib, qonunlar bazasida amal qiladi. Bu funktsiyaning ta’sir qilish doirasiga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining foyda olishlari, ilmiy-texnik taraqqiyotini rivojlantirish.
To’rtinchi funktsiya. Tarmoqlararo aloqalarni takomillashtirish va rivojlantirish. Bu funktsiyaning amal qilishi ham ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’naltirilgan. Uning alohida funktsiya qilib ajratilishi esa, uning amal qilishi bitta qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonasining o’zi bilan cheklanib qolmasdan, butun agrosanoat majmui ishlab chiqarish, (qayta ishlash va sotish) va halq xo’jaligining boshqa tarmoqlari (umumiy ovqatlanish, mashinasozlik, transport, aloqa va boshqalar) bilan aloqadorlikni ta’minlashga qaratilgan.
Beshinchi funktsiya. Qishloqda ijtimoiy infrastrukturani rivojlanishini ta’minlash va ijtimoiy muammolarni hal qilish. Bu funktsiya ham ishlab chiqarish samaradorligini oshirish funktsiyasi va qishloq xo’jalik korxonasining foydaliligini ta’minlash bilan chambarchas bog’liqdir. Boshqa tomondan olganda, ijtimoiy muammolarni hal qilish takror ishlab chiqarishning muhim jarayonlaridan biri – “ish kuchi ” takror ishlab chiqarishni ta’minlaydi.



Download 58,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish