Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari. Reja Kirish Asosiy qism


Yerga mulkchilik va xoʻjalik yuritish obyekti



Download 58,13 Kb.
bet4/5
Sana01.06.2022
Hajmi58,13 Kb.
#626609
1   2   3   4   5
3. Yerga mulkchilik va xoʻjalik yuritish obyekti.

Tadqiqotlar ko’rsatishicha, qishloq xo’jalik korxonalarida hozirgi kunda a’zolarga yer qiymati baholanib taqsimlanganiga qaramasdan ularning hech qanday rag’batlantirish yoki manfaatdorlik xususiyatlari namoyon bo’lmayapti. SHuning uchun ham, yil yakunidan olingan foydadan yer qiymati bo’yicha xam divident ajratishni ko’zda tutish maqsadga muvofiq. Bunday xolatda, yer qiymati hisobidan ulushga ega lekin bevosita yerda ishlamayotgan a’zolar ham ushbu mulkiy paylardan moddiy manfaatdorlik sezishadi.


Erga mulkchilik ob’ekti sifatidagi egalik masalasida, shuni qayd etish lozimki, ijaraga beriladigan har qanday yer uchun renta masalasini xal etish zarur.
Ma’lumki, renta quyidagi turlari bilan tavsiflanadi. Masalan, yomon yerlarni ijaraga berishdan olinadigan renta mutloq renta bo’ladi. Bozor munosabatlari uning ta’sirini oshirish - mutloq ravishda barcha yer uchastkalaridan olish zaruratini talab qiladi.
Differentsial renta I ning iqtisodiy ahamiyati unumdorligi yaxshi va o’rtacha bo’lgan yerlarga nisbatan oshib boradi; diferentsial renta II tamoyilga ko’ra, har qanday yer uchastkasiga - yaxshi, o’rtacha, yomon bo’lishdan qat’iy nazar xo’jalik foydalanayotgan yerga qo’shimcha mablag’ va mehnat sarflash asosida qo’llaniladi.
Uslubiy jihatdan rentani o’zlashtirishning barcha ko’rinishlarida yagona yondashuv renta miqdoridan qattiy nazar yerdan maqsadli foydalanishga rioya qilishni, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, ASMning barcha tarmoqlarini samarali va barqaror rivojlantirish manfaatlari hamda qishloqning ijtimoiy rivojlanishni, ekologik muvozanatni ta’minlash uchun foydalanishni taqozo etadi.
Differentsial renta I to’lovlarini respublika miqyosida tartibga solish va jamlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda yerdan foydalanganlik uchun xaq to’lash tamoyilining amal qilishi asosida, iqtisodiy tadbirlar vositasida barcha viloyatlar va ulardagi xo’jalik yurituvchilar uchun nisbatan teng imkoniyatlar yaratib berilishi zarur (tabiy-iqlim zonalari bo’yicha).
Viloyatlar darajasida rentaning iqtisodiy ahamiyatini uning mutloq shaklida quyidagi yo’l bilan sezilarli darajada orttirish mumkin: daromadning ana shu qismini viloyatlar uchun qoldirish va uni mazkur hududda yashovchi aholining yerga egaligini qat’iy maqsadli amalga oshirishlishining shakli deb qarash.
Ma’muriy tumanlar miqyosida ham renta to’lovlarining amal qilishini differentsial renta II ni mehnat jamoalariga, mahalliy aholi va o’z-o’zini boshqaruvchi xo’jalik sub’ektlariga haydaladigan yerlardan, qishloq xo’jalik ekinzorlaridan va xo’jalik yuritishning barcha shakllaridagi boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanganligi uchun rahbatlantirish omili sifatida berish hisobiga kuchaytirish mumkin.
Takomillashtirilayotgan renta to’lovlarining barcha turlarini mahsus yer fondlarida jamlashtirish muhim deb hisoblaymiz. Bu ulardan maqsadli dehqonchilikni rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, infratuzilmani, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadlari yo’lida foydalanish uchun zarurdir.
Differentsial renta turli usullar yordamida aniqlanishi mumkin. Jumladan, yalpi mahsulotni baholash va qilingan sarflarning qoplanishi ko’rsatkichlari asosida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Dp = YaM - Mr * S
Bunda,
Dp - 1 ga. qishloq xo’jalik ekinzorlaridan olinadigan differentsial renta, so’m;
YaM - 1 ga. yerdan olinadigan yalpi mahsulot qiymati, so’m;
Mr - rentabellikning me’yoriy darajasi koeffitsienti, birlik;
S - 1 ga. qishloq xo’jalik ekinlariga sarflangan mablag’, so’m;
Differentsial renta I qishloq xo’jaligi yerlari sifatining yuqoriligi, joylashgan o’rnining yaxshiligi tufayli xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi va tovar mahsulot xajmini ko’paytirishi natijasida olinadigan qo’shimcha daromad sifatida ta’riflanishi mumkin.
Renta miqdorlarining hisob-kitobini tovar ishlab chiqarishning yomon sharoitlariga nisbatan olgan holda o’tkazish maqsadga muvofiq. O’rtacha mintaqaviy (viloyat, tuman va xo’jaliklar bo’yicha o’rtacha) sharoitlarga nisbatan ham hisoblash mumkin.
Tuman miqyosida va har bir qishloq xo’jalik korxonasi bo’yicha bir gektar yer maydoniga to’hri keladigan differentsial renta hajmini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Dp = (TMbir - T bir * Mp) ind - (TM bir - T bir * Mp)urt.
Bunda,
Dp - differentsial renta, so’m/ga.,
TMbir - maydon birligidan olinadigan tovar mahsulot, sotuv baholari bo’yicha, so’m/ga.,
Tbir - maydon birligidan olinadigan tovar mahsulot tannarxi, so’m/ga.,
Mp - takror ishlab chiqarishni ta’minlovchi, rentabellikning me’yoriy darajasini tavsiflovchi koeffitsient.,
(TMbir - T bir * Mp) ind - tumandagi barcha qishloq xo’jalik korxonalariga tegishli ko’rsatkichlar (agar differentsial renta butun tuman bo’yicha hisoblansa) yoki ayrim olingan korxona ko’rsatkichlari (agar renta ayrim xo’jalik bo’yicha hisoblanadigan bo’lsa),
(TM bir - T bir * Mp)urt. - viloyat bo’yicha o’rtacha tegishli ko’rsatkichlar (renta butun tuman bo’yicha belgilanadigan hollarda) yoki tuman bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichlar (renta har bir qishloq xo’jaligi korxonasi uchun alohida hisoblanganda).
Differentsial rentani ikki xil usulda hisoblash lozim: aniq ma’lumotlar bo’yicha va me’eriy qiymatlar bo’yicha. Me’yoriy sifatida hosildorlikning asoslangan qiymatlari, moddiy-texnik resurs sarfi, mehnat sarfi va unga haq to’lash darajasi qabul qilinadi.
Differentsial renta yer narxini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Yer narxi kapitallashgan rentadan iborat bo’lib, ikki xil usul bilan aniqlanishi mumkin.
N = (Dr / Ns) * 100
Bunda,
N - yer uchastkasi bahosi, so’mda;
Ns- ssuda foizining miqdori, % da.
Ushbu usulning mohiyati shundaki yer bahosi shunday pul summasiki, uni bankka qo’yilganda yer egasiga muayyan davr uchun (bir yil uchun) mazkur uchastkadan olinadigan differentsial yer rentasining miqdoriga teng bo’lgan daromadni ta’minlaydi.
Erning me’yoriy va bozor baholari farqlanadi. Mazkur usul bo’yicha yerning me’yoriy bahosi ushbu formula bo’yicha hisoblanadi:
N = Dr * Kk
Bunda,
N - yer bahosi, so’m/ga,
Kk - kapitallashtirish muddati, yil.
Xo’jaliklarda muayyan yer uchastkalari bahosini bevosita belgilashda quyidagicha tartib taklif etiladi.
Avvalo, yerning xo’jalik bo’yicha o’rtacha me’yoriy bahosi hisoblab chiqiladi. Keyin har bir yer uchastkasining sifati aniqlanadi, bunda bir gektar yerda tuproq ball bahosining butun xo’jalik bo’yicha o’rtacha xisoblangan qiymati olinadi.
So’ngra bir ball-gektarning xo’jalik bo’yicha o’rtacha bahosi hisoblab chiqiladi.
SHundan keyin yer uchastkasining joylashgan o’rni aniqlanadi va uning yer bahosiga ko’rsatadigan ta’sirini hisobga oluvchi ko’rsatkich hisoblanadi.
Mazkur ma’lumotlar har bir yer uchastkasi yoki xududdagi maydon birligining bahosini aniqlashga imkon beradi.
N m = Nb / ga * P + CH max
Bunda,
N m - bir ga. aniq yer uchastkasining me’yoriy bahosi, so’m;
Nb/ga - bir ball - gektarning xo’jalik bo’yicha o’rtacha me’yoriy bahosi, so’m;
P - mazkur yer uchastkasi bir gektarining ball bahosi;
-CH max - yer uchastkasining joylashgan o’rni tufayli tashish xarajatlarining kamayishi;
+CH max - yer uchastkasining joylashgan o’rni tufayli tashish xarajatlarining ortishi;
Har bir yer uchastkasi unumdorligining ballardagi bahosi tuproqni tekshirish bo’yicha oxirgi ma’lumotlar yoki «UzErqo’mitasi» muassasi tomonidan bajarilgan yer tuzish ma’lumotlaridan olinadi. Ularda har bir uchastkaning tuproq ballaridagi hamda mahsuldorlik ballaridagi bahosi keltirilgan va uning maydoni ko’rsatilgan bo’ladi.
Ko’rsatkichlar tizimi yerdan foydalanishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha majmuaviy tahlilni amalga oshirish imkonini beradi: har-xil sharoitlarga ko’ra (omillar bilan bohliq ko’rsatkichlar), tarkibiga ko’ra (tuzilmaviy) va natijalarga ko’ra (natija ko’rsatkichlari).
I. Omillar bilan bohliq ko’rsatkichlar, o’sib boruvchi tarzda ko’rsatilib yerdan foydalanish sharoitlarining yaxshilanishi yoki yomonlashuvi darajasini baholash imkonini beradi hamda ko’p jihatdan ularning tabiatini yoki ularga xos ayrim xususiyatlarni belgilab beradi.
II. Tarkibiy ko’rsatkichlar, o’sib boruvchi tarzda ko’rsatilib, yerdan foydalanish jarayonining o’zini, uning texnologiyasi va tashkil etilishini, ma’lum davrdagi o’zgarishlarini hamda ma’lum darajada rivojlanish yo’nalishini ham baholashga imkon yaratadi.
III. Natija ko’rsatkichlari, o’sib boruvchi tarzda taqdim etilib, birinchidan, yerdan yoki suvdan foydalanish natijalarini, ya’ni yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini va kapital sarfi samaradorligini; ikkinchidan, rivojlanish yo’nalishini (entensiv yoki intensiv yo’l), uchinchidan, samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini baholash imkonini beradi.
SHunday qilib, dehqonchilikning eng qulay tashkiliy-xo’jalik hamda hududiy shart-sharoitlarini yaratish yer resurslari salohiyatidan foydalanishni yaxshilashda va uni muhofaza qilishda hamda yuz berayotgan jarayonlarni boshqarish tizimini takomillashtirishda aniq imkoniyatlar yuzaga keladi.
Bugun O’zbekistonda erga egalik kilishning jamoa, kooperativ, aktsiyadorlik, oilaviy fermerlik xujaliklari kabi shakllari amal kilmokda. 1992 yildan boshlab utkan davr mobaynida 1137 davlat xujaligidan 110 tasi mulkchilikning aktsiyadorlik, jamoa, ijaradagi korxona shakllariga aylantirildi. Uning negizidagi 530 jamoa xujaligi 350 ga yakin kooperativ, 100 ortik ijara korxonasi, shuningdek mulkchilikning boshka shakllariga mansub korxonalar Tashqil etildi. Bundan tashkari 1516 koramolchilik fermasi mexnat jamolarining mulki kilib berildi. Natijada kishlok xujalik ishlab chiqarishning tarkibi mulkchilik shakllari bo’yicha ancha uzgardi. Kishlokda davlatga karashli bulmagan sektor sezilarli darajada mustaxkamlandi. Agar 1991 yilda kishlok xujalik ishlab chiqarishi butun xajmining 37 % davlat sektor xissasiga shundan 63% davlatga karashli bulmagan sektor xissasiga tugri kelgan bulsa, 1995 yilda davlatga karashli bulmagan sektor butun maxsulotning deyarli 95% ini ishlab chiqardi.

XULOSA
Fikrimizcha, dexkonlar bugungi kunda iktisodiy uzgarish- larga, kishlokdagi ijtimoiy-iktisodiy isloxotlarga, xujalik yuritishning yangi shakllarining rivojlanishiga Uz munosabat- larini bildirishlari, unda faol ishtirok etishlari uchun ularga barcha darajadagi tula erkinlik berilishi lozim. Bundan tashkari, dastlabki tashkil topgan fermer xujaliklarning erishayotgan yutuklari ulardagi ruxiy tusiklarni bartaraf etishning eng ishonchli kafolatidir.
Umuman olganda, mamlakatimizdagi fermerlik xarakatiga salbiy ta’sir kursatayotgan omillarni urganish, taxlil kilish, tarkibini aniklash ularni bartaraf etish uchun bulgan sa’y- xarakatlarni yanada kuchaytirish imkonini beradi. SHuningdek, yukorida kursatib utilgan chora-tadbirlar bilan bir katorda, yana kuyidagi masalalarga xam e’tibor berish maksadga muvofikdir:
-fermer xujaliklari rivojlanishi borasida kabul kilingan karorlarning bajarilishi buyicha nazoratni kuchaytirish;
-fermer xujaliklarining faoliyat yuritishini tartibga so- lib turuvchi konunchilikni, ularning ijtimoiy-iktisodiy ximoya- sini yanada takomillashtirish;
-fermer xujaliklari tarkibida turli xil (ishlab chikarish, maxsulotlarni kayta ishlash, sotish va iste’mol yeoxdsidagi) kichik korxonalarni tashkil etish;
-kishlok axolisi urgasidagi fermerlik faoliyati tugrisi- dagi ma’lumotlarni kengyoritib borish.
Bozor munosabatlari sharoitida yukoridagi mavjud muammo va salbiy xolatlarni ijobiy xal kilish asosida fermer xuja­liklarini istikbolli rivojlantirish ga erishish mumkin. Bu esa uz navbatida, arzon va sifatli kishlok xujalik maxsulotlarini ishlab chikilishini keigayiijga, bozorlarda gukinchilik paydo bulishiga va albatta fermerlarning iktisodiy axvoli yaxshi- lanishiga asos bulib, pirovard natijada mamlakat iktisodiyoti- ning asosiy soxasi xisoblangan kishlok xujaligi ishlab chikari- shi samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Kishlokda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni shaklla- nishida fermer xujaliklari bilan birga dexkon xujaliklari xam muxim axamiyat kasb etmokda.
Dexkon xujaliklariga uzok muddatli meros kilib koldirish xukuki bilan va kiska muddatli kishlok xujalik maxsulotlari yetishtirish uchun berilayotgan yer maydonlarining kupayishi ular tomonidan yetishtirilayotgan maxsulotlarning tovar (sotishga chikarilayotgan) kisminyng kupayishiga olib kelmovda.


Download 58,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish