Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati
Reja:
Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosatining mazmuni va maqsadi.
Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosatini amaga oshirish vositalari va unsurlari.
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari xarajatlarini moliyaviy ta’minlash tizimi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarini kreditlash xususiyatlari va muammolari.
Davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri moliyaviy siyosat hisoblanadi. Moliyaviy siyosat – davlatning o’z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar majmui.
Moliyaviy siyosat diskresion va o’z-o’zidan tartiblanuvchi tavsifdagi siyosatlarga bo’linadi. Diskresion moliyaviy siyosat iqtisodiyotga ta’sir o’tkazish maqsadida soliq va davlat sarflarini o’zgartirib turish bilan bog’liq. O’z-o’zidan tartiblanuvchi moliyaviy siyosat esa iqtisodiyotdagi holat o’zgarishiga muvofiq tarzda tartiblovchi mexanizmlarni o’zining ishga tushishiga asoslanadi.
Bundan ko’rinadiki, milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga turli iqtisodiy subyektlarni soliqqa tortish hamda tushgan mablag’larni davlat byudjeti orqali qayta taqsimlash jarayonlari ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o’zgartirish bo’yicha qo’llaniluvchi chora-tadbirlar fiskal yoki soliq-byudjet siyosati deb ataladi.
Fiskal siyosat, bir tomondan, iqtisodiyotning tanazzul davrida davlat sarflarini oshirish yoki soliqlarni pasaytirish orqali xo’jalik hayotini rag’batlantirishni, boshqa tomondan esa, iqtisodiy rivojlanishning yuqori darjasida davlat sarflarini qisqartirish yoki soliqlarni ko’paytirish orqali yuz berishi mumkin bo’lgan inflyasiya va ishsizlikning oldini olishni ko’zda tutadi.
Moliya – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash hamda davlatning o’z oldiga qo’sgan maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul jamg’armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiruvchi tizim. Markazlashtirilgan moliya deganda davlat byudjeti tizimi va hukumatning byudjetdan tashqari jamg’armalarida jamlanadigan pul mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tushinilsa, markazlashtirilmagan moliya korxonalar pul jamg’armalarining doiraviy aylanishi bilan bog’liq munosabatlarni o’z ichiga oladi.
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi va shu tufayli uning iqtisodiy tizimdagi roli va ahamiyati pul munosabatlarining shakllanish darajasiga bog’liq bo’ladi. O’zining moddiy mazmuniga ko’ra, moliya mamlakatning moliyaviy resurslarni tashkil etuvchi maqsadli pul mablag’lari jamg’armasini ifoda etadi.
Moliya:
tovar, iqtisodiy resurslarni xarid etish, mahsulot, ish va xizmatlarni realizasiya qilish jarayonida korxonalar o’rtasida;
markazlashgan pul mablag’lari jamg’armalarini shallantirish va ulardan foydalanish yuzasidan korxonalar bilan yuqori tashkilotlar o’rtasida;
byudjet tizimiga soliqlar to’lash va xarajatlarni moliyalashtirish jarayonida korxonalar bilan davlat o’rtasida;
to’lovlarni amalda oshirish va resurslar xarid etishda korxonalar, uy xo’jaligi va byudjetdan tashqari jamg’armalar o’rtasida;
byudjet tizimining alohida bo’g’inlari o’rtasida;
sug’urta xolatlari vujudga kelganda zararlarni qoplash va sug’urta to’lovlarini amalga oshirishda korxonalar, uy xo’jaligi va sug’urta organlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini aks ettiradi;
Moliya va kredit o’zaro bog’langan kategoriyalar bo’lib, ular yordamida korxonalarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida pul jamg’armalari doiraviy aylanishi ta’minlanadi.
Kredit bank tizimi va ixtisoslashgan moliya-kredit muassasalari orqali ssuda jamg’armasining harakatini ifodalaydi. Moliya-kredit tizimining taqsimlovchi, nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi va barqarorlashtiruvchi funksiyalari mavjud.
Qishloq xo’jaligi korxonalari moliyasining mohiyati birinchi navbatda, qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligida yer, chorva mollari va boshqa tabiiy boyliklar ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilgan bo’lib, bu uning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farqlanishiga sabab bo’ladi. Xususan, qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer boshqa asosiy vositalar singari eskirmaydi (amortizasiya qilinmaydi) va shu tufayli mahsulot tannarxini shakllantirishda ishtirok etmaydi. Shu bilan bir vaqtda yer uchastkalarining tabiiy unumdorlik darajasi va joylashgan o’rni qishloq xo’jaligi korxonalari differensial daromad (renta) hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahamiyatli qismini mahsulotlar va ishchi hayvonlar tashkil etadi. Ammo, ularni takror ishlab chiqarish jarayoni bevosita qishloq xo’jaligining o’zida amalga oshiradi. Yer singari mahsulodor chorva mollariga nisbatan ham amortizasiya hisoblanmaydi va u mahsulot tannarxi shakllanishida ishtirok etmaydi.
Qishloq xo’jaligda ishlatiladigan ko’pgina xomashyo va materiallar bevosita korxonaning o’zida yaratiladi. Yaratilgan mahsulotning ma’lum bir qismi (podani to’ldirish uchun yosh mollar, urug’lik, chorva mollari uchun oziqa, mahalliy o’g’it sifatida go’ng va boshqa.) realizasiya qilinmay, korxonaning o’zida takror ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun olib qolinadi.
Chorva mollarini boqish va o’simliklarni parvarishlash ishlab chiqarish jarayoniga avanslangan aylanma mablag’larning uzoq vaqt davomida aylanishini talab etadi. O’simlikchilikda u bir yilgacha, chorvachilikda esa 9 oygacha davom etadi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy qismi yil oxirida (asosan chorakda) realizasiya qilinadi va pul tushumining bir maromda aylanishiga imkon bermaydi. Bu esa xo’jalikning yakuniy moliyaviy natijalarini faqatgina yil yakuniga ko’ra aniqlashni taqoza etadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining tabiiy – iqlimiy shart – sharoitlarga bog’liqligi hosilsizlik, suv toshqini, qurg’oqchilik va boshqa tabiiy ofatlar ta’siriga qarshi korxonalarning moddiy va pul zahira fondlarini yaratishni taqazo qiladi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini moliyalashtirishda o’z mablag’lari yetarli bo’lmagan xolatlarda chetdan qarzga mablag’ jalb etishga to’g’ri keladi. Chetdan jalb etiladigan qarz mablag’lari quyidagi manbalar evaziga bo’lishi mumkin:
1. Tijorat banklarining kreditlari;
2. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning kreditlari;
3. Halqaro moliya tashkilotlarining mablag’lari (tijorat banklari loyihalari orqali);
4. Davlat byudjetining mablag’lari hisobidan kreditlar;
5. Kredit ittifoqlari va boshqa kredit beruvchi subyektlar kreditlari.
Tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligi korxonalarini kreditlash ular faoliyatini moliyalashtirishning eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. U qishloq xo’jaligi korxonasi va kredit tashkiloti o’rtasida tegishli shartnomaviy munosabatlarni shakllantirish orqali o’rnatiladigan moliyaviy munosabatdir. Bu munosabatlarning markaziy bo’g’ini kredit shartnomasi bo’lib, u ssudaning ta’minlanganligi, kreditlar o’z vaqtida foizi bilan qaytarilishining huquqiy asoslarini ta’minlaydi.
Tijorat banklari tomonidan kredit berish muddatlilik, qaytarishlik, to’lovlilik va ta’minlanganlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Soliq siyosati-bu davlatning soliq borasidagi qonun farmon, va qarorlari ijrosini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan tadbir-choralar va faoliyatlar yig’indisidir.
Bu siyesatni Davlat soliq qo’mitasi va uning joylaridagi tashkilotlari amalga oshiradi.
Soliq siyosati iqtisodiy siyosatning ajralmas va bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur qismidir. Davlat tomonidan yuritiladigan soliq siyosati to’g’ri va aniq bo’lishi uchun umumiy jixatdan asoslangan bo’lishi lozim. Ya’ni soliq tizimi dastlab to’liq o’rganilib, so’ngra undan ilmiy asoslangan xulosalar chiqarilishi mumkin. Aks xolda soliq siyosati ko’zlangan muvaffaqiyatga erishmaydi.
Xozirgi sharoitda soliq siyosati iqtisodiyotni barqarorlashtirish va uni rivojlantirishning quyidagi ustivor yo’nalishlariga qaratilmog’i lozim.
1. Respublika axamiyatiga molik bo’lgan vazifalarni amalga oshirish uchun ularni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
2. Mulkchilik shakllaridan qa’tiy nazar korxona, muassasa va tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishiga sharoit yaratish, ya’ni ularni bozor munosabatlariga kirib borishiga ko’maklashish.
3. Respublika iqtisodiyotidagi inqiroz va inflyasiyani to’xtatish yo’li bo’lgan ishlab chiqarishni, ya’ni bozorni tovar bilan to’ldirishni iqtisodiy rag’batlantirish. Zaruriy xalq iste’mol mollarini ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlarga yengilliklar berish, zaruriyat bo’lsa, vaqtinchalik soliqdan ozod qilish.
4. Bozor infrastrukturasini tarkib toptirish, bozorni boshqarishda ishtirok etish va axolining soliqlar bo’yicha manfaatlarini ifoda etish.
5. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlarning oshib ketishi va boshqa xolatlar ta’siridan axolini ximoya qilishga ko’maklashish aloxida turmush darajasini zarur holatda saqlab turi.
Soliq siyosati yurgizishining tashkilotchisi va ijrochisi davlatdir. Davlat soliq siyosatini yurgizish uchun ijro etuvchi organlariga, ya’ni soliq qo’mitasi, moliya vazirligi va boshqa maxkamalarga ega. Davlat ushbu idoralar ishini soliq siyosati orqali muvofiqlashtirib turadi. Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat aniq ishlab chiqilgan soliq konsepsiyasiga tayanadi va bu siyosat ijrosini ta’minlashda soliq strategiyasi va soliq taktikasidan foydalanadi.
Soliqlar xar qanday davlat, jamiyat va fuqorolar xayotida juda katta rol o’ynaydi. Soliqlarni o’z vaqtida va to’g’ri to’lash-bozor iqtisodiyoti xukm surgan mamlakatlardagi tadbirkorlar, barcha fuqarolarning goyat muhim vazifalaridan biridir.
O’zbekiston jaxondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslanib va o’zining olg’a borish yo’li xususiyatlarini xisobga olib, mustaxkam xuquqiy negizga, barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan demokratik jamiyat ko’rishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Soliq va bojxona qonunlariga rioya etilishi, fuqarolarning iqtisodiy va mulkiy xuquqlarini ximoya qilish soxasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi markaziy idora bo’lgan Respublika Davlat soliq qo’mitasiga soliq tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga oid qonun loyixalarini taklif etish xuquqi berilgan.
Xuquq-davlat tomonidan joriy etilgan, respublikaning barcha fuqorolari uchun majburiy bo’lgan qoidalar tizimidir.
Soliq va boj xaqidagi qonunlar rivojida xam komplekslik alomatlari mavjud bo’lib, ular bir vaqtning o’zida ma’muriy moliyaviy, mexnat, fuqarolik va jinoyat qonunlarining qoidalarini o’z ichiga oladi.
Xuquq me’yorlari xamma vaqt umumiy tusda bo’ladi, ya’ni ular aloxida olingan aniq bir xolga emas, balki munosabat yoki xatti-xaraktning u yoki bu turiga (mehnat munosabatlari, uy-joy binosini ijaraga olish, olish-sotish, yerdan foydalanish, va shu kabilar) taluqli bo’ladi. Me’yor ana shunisi bilan aloxida xuquqiy buyruqlar yoki xujjatlardan ancha farq qiladi.
Soliq to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun soliq to’lovchilar, xam davlat soliq organlari xam soliq to’lovchilar, xam davlat soliq organlari xam xuquqiy javobgar bo’lishlari mumkin. Bu xol O’zbekiston Respublikasining Davlat soliq organlari to’g’risidagi Nizomda, Uzbekiston Respublikasini Davlat soliq qo’mitasi to’g’risidagi qonunlarda nazarda tutilgan.
Soliq to’g’risidagi qonunlar buzilishi munosabati bilan intizomiy, moddiy va fuqaroviy-xuquqiy javobgarlik masalasini xal qilish chog’ida tegishli O’zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksi, O’zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi, ba’zi boshqa qonun xujjatlari joriy qilgan umumiy xuquqiy tartibot amal qilishni nazarda tutish kerak. Xususan, O’zbekiston Respublikasining davlat soliq organlari to’g’risidagi Nizomning 6-bandi “1” kichik bandiga muvofiq mazkur organlarga korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar qonunsiz bitimlardan va qonunda belgilanmagan asoslar bo’yicha olgan mablag’larini davlat daromadidan undirish xaqida tegishli sudlarga da’vo bilan murojat qilish xuquqi berilgan.
Soliq solishdan yashiriladigan summaning miqdori aloxida axamiyatga ega, chunki agar bu summa eng kam ish xaqining o’n baravaridan oshmasa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida soliq tizimining takomillashtirishi makroiqtisodiy boshqarishni mukammallashtirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar faolligi oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatishi ma’lum bo’lmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliqlar bilan tartibga solish mexanizmi to’la shakllanib ulgurmagan. Amaldagi soliq tizimi iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va barqaror rivojlantirish, real ishlab chiqarishni rag’batlantirish kabi iqtisodiy vazifasini to’la bajarmayapti.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida makroiqtisodiy siyosatni boshqarish byudjet va davlat xarajatlarini tartibga solishning ahamiyati keskin o’sdi va yetakchi o’rniga chiqdi. (1-chizma)
Xozirgi sharoitda soliq islohotini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, birinchidan, mamlakatda soliq munosabatlari amalga oshirilishining amaliy tajribasi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, ommaning soliqlarga nisbatan munosabati bilan belgilanadi. Bunday vaziyatda qabul qilinadigan iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni qa’tiy xisobga olish zarurligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |