2. Agrar huquqi tamoyillarini tushuntirib bering? Agrar huquqining asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini bozor iqtisodi talablariga muvofiqligini
ta‘minlash tamoyili; mamlakatimiz xalq xo’jaligida qishloq xo'jaligining ustuvorlik
tamoyili; qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining turli xil mulkchilik va turli xil
xo’jalik yuritish shaklini joriy etishni ta‘minlash tamoyili; qishloq xo’jalik
korxonalarining ishlab chiqarishni tashkil etishdagi mustaqilligini ta‘minlash
tamoyili; qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi natijalaridan manfaatdorlikni ta‘minlash
tamoyili; davlat rahbarligi tamoyili; qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga fan va
texnika yutuqlarini keng joriy qilish tamoyili; qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan
yerlarga nisbatan davlat mulkchiligini saqlab qolish tamoyili; qishloq xo’jaligida yer
va suvdan oqilona va samarali foydalanishni ta‘minlash tamoyili; sug’oriladigan
yerlardan foydalanishning ustuvorligi tamoyili; qishloq xo’jalik korxonalarini
boshqarishda demokratiya va qonunchilikni ta‘minlash tamoyili.