Agrar bozorlar va narxning shakllanishi


Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab va taklif muvozanati, unga ta’sir etuvchi omillar



Download 480,54 Kb.
bet2/2
Sana14.01.2022
Hajmi480,54 Kb.
#360552
1   2
Bog'liq
Agrar bozorlar va narxning shakllanishi
5410500-Қишло хўжалик маҳсулотларини сақлаш ва дастлабки ишлаш технологияси, лотинча , Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari Reja Atom molekulyar t, Agrar bozorlar va narxning shakllanishi, 1тема Понятие о частях речи Род имён существительных (3)
2.Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab va taklif muvozanati, unga ta’sir etuvchi omillar.

Agrar va oziq-ovqat bozori zamonaviy holati va rivojlanishini baholashda, qishloq xo’jalik mahsuloti, xom-ashyo va oziq-ovqat talabi o’zgarishi tendensiyalarining tahlilini grafiklar, turli diagrammalar va kartogrammalarni qo’llagan holda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Aniqlangan tendensiyalar asosida, talabning qisqa muddatli davrdagi o’zgarishlari ekstrapolyasiya uslubi, funksiyalarni tanlash uslubi, tartibga solinadigan trend bilan eksponensial tekislash uslubi va boshqa uslublarni qo’llagan holda aniqlanadi, mavsumiy tebranishlar ta’sirini hisobga olish esa mavsumiylikning hisob indekslari yordamida amalga oshiriladi.

Eng umumiy ko’rinishda talab, asosan, daromadlar va narxlar o’zgarishi ta’siri ostida shakllanadi, shuning uchun ham talab o’zgarishining 1% omil o’zgarishiga tavsifi maqsadida, elastiklik koeffisiyentlarini quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:

Aholi daromadlari differensiasiyasining kuchayishida, masalan, iqtisodiyot tushkunligi davrlarida, aholi daromadlarining differensiasiyasi va aholining turli guruhlari bo’yicha oziq-ovqat tovarlariga xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlar asosida barpo etilgan regression modelni qo’llash tavsiya etiladi. Ushbu vaziyatda xarajatlar tuzilmasini shakllantirishning yagona omili sifatida aholi daromadlari ko’riladi.

Shuni ta’kidlab o’tish joizki, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining o’rtacha ko’rsatkichlari mamlakat aholisi uchun oziq-ovqatga iqtisodiy ega bo’lishning umumiy tendensiyasini aks etishiga qaramasdan, yetarlicha obyektiv bo’lmasligi mumkin, chunki uning tengsizligi darajasi ko’rsatilmagan. Rasmiy statistika butun aholini daromadlar darajasi bo’yicha 10ta desilga bo’linadi va ular o’rtasidagi daromad darajasi farqi ancha katta. Tabiiyki, ushbu guruhlardagi iste’molchi xarajatlari tuzilmasi, iste’mol darajasi va uning tuzilmasi o’zaro farqlanadi. Ushbu munosabat bilan iste’mol qilinadigan mahsulotlar energetik qimmatining aholi xarid qobiliyatiga bog’liqligini (daromadning iste’mol savati qiymatiga nisbati) aniqlash zarur. Ushbu maqsadlar uchun quyidagi formulani qo’llash mumkin:

Oziq-ovqatga iqtisodiy ega bo’lishning shahar va qishloq aholisi uchun turlicha darajasi, uni baholash uchun o’ziga xos yondashuvni talab qiladi. Qishloq aholisi oziq-ovqatning muayyan ulushini shaxsiy tomorqa xo’jaligidan olishi va aholi jon boshiga nisbatan past daromadlarga ega bo’lishiga qaramasdan, uning uchun, davlat statistikasi ma’lumotlari bo’yicha, unga iste’mol xarajatlari va oziq-ovqatning muhim turlarin iste’mol qilishning nisbatan kuchli differensiasiyasi tavsifiydir. Respublika ayrim vilolyatlari misolida ham o’xshash vaziyatni kuzatish mumkin.

Agrar va oziq-ovqat bozorining zamonaviy holati va rivojlanishini baholashda, ko’pchilik nooziq-ovqat tovarlari talabidan farqli ravishda, oziq-ovqat talabi nafaqat pul mablag’larining mavjudligi, balki fiziologik ehtiyojlar bilan ham cheklangandir. Qishloq xo’jalik mahsulotlari talabi o’lchami ko’rsatkichlari quyidagilarga ajratiladi: aholining oziq-ovqat talabi; tovar ishlab chiqaruvchi oziq-ovqat va qayta ishlash korxonalarining – xom-ashyoga bo’lgan talabi; qishloq xo’jaligining urug’ va yemga bo’lgan talabi.

Agrar va oziq-ovqat bozorining zamonaviy holati va rivojlanishini o’rganishda, ichki oziq-ovqat bozorida talab va taklif proporsionalligini ushlab turish qobiliyatiga ega bo’lgan, qishloq xo’jalik mahsuloti, xom-ashyo va oziq-ovqat zaxiralariga alohida e’tibor qaratish zarur.

Shuning uchun ham zaxiralar o’lchamini farqlash zarur: ishlab chiqarish, tovar, zaxira (davlat zaxiralari). Shunday ekan, ishlab chiqarish zaxiralarida xususan, ishlab chiqarish va, odatda, qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilarida yaratiladigan sug’urta zaxiralari ajratiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralarining muayyan qismi, tegishli me’yorlar bo’yicha, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatida, ulgurji va chakana savdoda yaratiladi.

Tadqiqotlarning ko’pchiligida ekspertlarning baholari keltirilgan bo’lib, ularga muvofiq tariflarning 2% qisqarishi + eksport subsidiyalari + ichki qo’llab-quvvatlash rivojlanayotgan mamlakatlarda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini 1%ga kamayishiga olib keladi.

Mamlakat aholisining oziq-ovqat ta’minoti agrar ishlab chiqarish sohasidagi oqilona mehnat taqsimoti va ASM xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishga, taklifda mahalliy va import mahsuloti birikmasiga, oziq-ovqat mahsulotlarining xususiy savdosida hyech qanday to’siqlar yo’qligiga, hamda samarali tashqi savdo siyosatiga asoslangan bo’lishi lozim.

Jahon oziq-ovqat bozori barqarorsizligining asosiy sabablari ichidan quyidagilarni alohida ajratish mumkin:

-qishloq xo’jaligi rivojlanishining ekologik-iqlim sharoitlari yomonlashuvi;

-Xitoy, Hindiston va boshqa nisbatan yuqori aholi soniga ega bo’lgan mamlakatlar tomonidan oziq-ovqatga bo’lgan talabning keskin oshishi;



-qishloq xo’jalik ekinlarining ayrim turlaridan bioyonilg’i olish uchun foydalanishning kengayishi va b.

Ekspertlar fikricha yaqin 2-3 yil mobaynida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi yuqori darajada qolishini prognoz qilmoqda. Bug’doy, guruch, shakar jahon narxlari darajasi 2015 yilda ham, ularning 2005 yildagi darajasidan yuqori bo’lib qoldi.
Download 480,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti